23
o‘tgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etishlari kerak. Evropa Ittifoqining auditorlik
qoidalari alohida a’zo davlatlar tomonidan tekshirilishi kerak bo‘lgan barcha
kompaniyalar uchun qo‘llaniladi. Talablar davlatdan
davlatga qarab farq qilishi
mumkin. Misol uchun, Niderlandiyada 50 kishidan ortiq yoki aktivlari 3,1 million
evrodan ko‘p yoki sof foydasi 6,2 million evrodan ortiq bo‘lgan kompaniyalarda
audit o‘tkazilishi mumkin. Eng yirik fond birjalari (jumladan, NYSE, NASDAQ,
London fond birjasi, Tokio NIKKEI va Frankfurt DAX) barcha ro‘yxatdagi
kompaniyalarning yillik hisobotlarini tekshirishni talab qiluvchi listing qoidalariga
ega. Ayni vaqtda ko‘plab mamlakatlarda audit xizmatlarining taklifi ham tartibga
solingan. Evropa
Ittifoqida majburiy audit, ya’ni qonun tomonidan talab
qilinadigan audit faqat ma’lumotli va tajriba bo‘yicha maxsus texnik talablarga
javob beruvchi auditorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: