A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Texnologiyani o’zlashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   189
АУдит дарслик

Texnologiyani o’zlashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash. 
Tashkilot texnologiyalarni o’zlashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash 
ustidan nazorat amallarini tanlashi va shakllantirishi lozim. Ba’zi tashkilotlar 
texnologiyalarini biror uyda shakllantirishlari mumkin, boshqalari esa paketli 
dasturlar yoki kompaniyalarni jalb qilish orqali texnologiyalarni olishadi. Agar 
tashkilot dasturlar paketidan foydalanishni tanlasa, u ushbu paketlarni tanlash va 
joriy qilish siyosatlari bo’lishi lozim. Agar tashkilot o’zining texnologiyasani uyda 
shakllantirishsa va qo’llab quvvatlasa, tashkilot xujjatlashtirish talablari, maqullash 
talablari, o’zgartirish kiritish vakolatlari hamda munosib protokollar va 
o’zgarishlar to’g’ri bo’lgan bo’lmaganligini tekshirish siyosati bo’lishi lozim. 
Siyosatlar va jarayonlar orqali shay holatga keltirish (TKHTQ 12 
prinsipi) 
Nazorat amallarining muhim prinsipi bu tashkilotning nima kutilishini 
ko’rsatuvchi siyosati bo’lishi va ushbu siyosatlarni harakatga keltiruvchi 
bajariladigan ish tartibi bo’lishi lozimligidir. Misol uchun, siyosat naqd pulga 
kirish imkoniyati bo’lmagan ishchi orqali barcha bank hisob-raqamlarining oylik 
bitimini talab qilishi mumkin. Ish tartibi bitimni o’zi bo’lishi mumkin. Siyosatlar 
og’zaki yoki yozma tarzda bo’lishi mumkin, lekin har ikkala holatda ham ular aniq 
majburiyat va javobgarlik yuklashi lozim. Shundan so’ng ish tartibi tegishli va 
malakali ishchi tomonidan o’z vaqtida va doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. 
 
8.6. Ichki nazoratning ma’lumot va aloqa elementi tavsifi va uning prinsiplar 
TKHTQ elementi: Ma’lumot va aloqa
Tashkilot o’zining ichki nazorat majburiyatlarini olib borishi uchun ikkala 
ham ichki ham tashqi manbaalardan keladigan ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. 
Axborot bu ma’lumotlarni qabul qilish, ta’minlash va bo’lishish jarayonidir. 
Ma’lumotlar tashkilot bo’ylab ichki tarzda xabar qilinadi. Va shuningdek, tegishli 
tashqi qismlar bilan ikki tomonlama aloqa bo’lishi lozim. Ichki nazoratning 
tarkibiy qismlari hisoblangan ma’lumotlar va axborotlar tashkilotning 


173 
maqsadlariga erishilishi uchun ma’lumotlarni davriy oraliqda aniqlash, ushlash va 
almashishga xizmat qiladi. U o’z ichiga tashkilotning buxgalteriya tizimini va 
o’tkazmalarni qayd etib borish va hisobot berish metodlarini, shuningdek, boshqa 
aloqalarni jumladan, muhim siyosatlarni, aloqa kodini va strategiyalarni oladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin