86
ikki marta po’st tashlaydilar va ikkinchi hamda to’rtinchi yoshdagi lichinkalik
davriga o’tadi. Ulardan erkak va urg’ochi nematodalar rivojlanadi.
Urg’ochi bo’rtma nematoda ildiz ichida harakatlanmaydi. O’troq hayot
kechirganligi sababli uning harakatlanuvchi muskullari rivojlanmagan. Tuxum
qo’yishdan oldin urg’ochi nematoda jinsiy teshigi atrofiga bir oz yelimsimon
suyuqlik ishlab chiqaradi va unga tuxumlarini qo’yadi. Ana shu suyuqlik keyin
qotib tuxum xaltasini hosil qiladi. Tuxumdan chiqqan ikkinchi yoshdagi lichinkalar
tuxum xaltachasidan tashqariga chiqib yangi rivojlanayotgan ildizlarini yoki
yaqinroqdagi o’simliklarning ildizlarni zararlashi mumkin. Ildiz bo’rtma
nematodasi iqlim va tuproq sharoitiga qarab bir yil davomida 5-6 martagacha avlod
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: