8 sinf jahon tarixi umumiy eski darslikdan telegramdan olingan
A)hokimiyatning bir palatali parlamentning qo‘liga o‘tishi tufayli
B) aholining quyi tabaqalari manfaatlarini hisobga olmaslik hamda narx-navoning o‘sishi va ommaviy ishsizlikning kuchayishi sababli
C) Kromvelning yuritgan bosqinchilik siyosati sababli
D) ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengashning amalda hech qanday huquqqa ega bo‘lmasligi sababli
81. Ma’lumki, Kromvelning tashqi siyosati hukmron tabaqa manfaatiga to‘la mos keldi. Quyidagi ko‘rsatilganlardan qay biri buning yorqin dalillari bo‘ldi?
A) Gollandiyaning mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan g‘alaba qozonishi
B)chet el bilan savdoda savdo kompaniyalarning o‘rnini kengaytirilishi
C)tashqi savdoda burjuaziyaga keng imkoniyatlar berilishi
D)yangi mustamlakalarni egallashga rag‘batlantirilishi
82. Nima sababdan Angliya taxtiga Gollandiya hukmdori Vilgelm Oranskiyning o‘tirishi mamlakatda katolikning kuchayishi xavfini butunlay bartaraf etardi?
A) Vilgelm Oranskiy Genrix Giz bilan yaqin qarindosh bo‘lganligi
B) Vilgelm Oranskiy Styuartlarga qarindosh bo‘lgani
C) Vilgelm Oranskiy protestant bo‘lgan Germaniya knyazlari bilan mustahkam aloqada bo‘lganligi
D) Vilgelm Oranskiyning o‘zi protestant bo‘lgani
83. Vilgelm Oranskiy nimaning evaziga taxtga o‘tirdi?
A)vijdon erkinligini joriy etishga rozi bo‘lganligi
B)fuqarolar totuvligini ta’minlashga rozi bo‘lganligi
C)parlament shartlariga rozi bo‘lganligi
D)sobiq qirolning qiz tomonidan nabirasi bo‘lganligi
84. Ingliz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat.
l) mutlaq monarxiyani yo‘q qilindi; 2) Angliyada bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat – kapitalizmning to‘la qaror topishi uchun sharoit yaratildi; 3) sex va manufaktura sanoati gurkirab rivojlandi; 4) hunarmandlarning sex birlashmalari yo‘q qilindi; 5) mamlakatda qirol hokimiyati saqlangan bo‘lsada, uning vakolatlari protektor tomonidan cheklandi; 6) sanoat inqilobi uchun qulay sharoit yuzaga keldi; 7) aholi tarkibida yangi qatlam – sanoat burjuaziyasi va yollanma ishchilar sinfining shakllanishiga yo‘l ochildi; 8) qishloq xo‘jaligida ham bozor munosabatlarining tez rivojlanishini ta’minlandi.