Agregirlash (o ‘Ichovni pasaytirish amali). Bu amal modelni pastroq o‘lchovli (X, Y, A) modelga olib keltirishdan iborat, masalan, matematik modeldagi tenglamaning fazo birligini pasaytirish.
Dekompozitsiyalash (ajratish) - masala tuzihnasidan foydalanib, murakkab masalani yechimini, o‘zaro bog'liq bo‘lsada, lekin nisbatan soddaroq bir qator masalalar yechishi bilan almashtirish imkonini beradigan ilmiy usuldir. Dekompozitsiyalash, jarayoni sifatida, ixtiyoriy tadqiq qilinayotgan murakkab tizimni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tizim- ostilar sifatida qarash imkonini beradi. 0‘z navbatida, tizim-ostilar ham boiaklarga bo‘linishi mumkin. Tizimlar sifatida nafaqat moddiy obyektlar, balki jarayonlar, hodisalar va tushunchalar ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Yig‘ish Bu amal qo‘yilgan maqsadni amalga oshiradigan tizim, modelni berilgan yoki aniqlanadigan model-ostilardan (tuzilmaviy bog‘langan va turg‘un) qaytadan tuzish (yig‘ish)dan iborat.
Maketlashtirish. Bu amal funksional qismi soddalashtirilgan (lekin model-osti kirish va chiqishlari saqlangan holda) soddalashtirilgan maketlar yoki model-ostilar asosida modelni sinash, tarkibiy ulanishlar, murakkablik va turg£unligini sozlashdan iborat.
Ekspertiza, ekspert baholash. Tadqiqot qilinayotgan yoki modellashtirilayotgan tizim-ostilar murakkab tuzulmaviy, toMiq tomrnllashtirilmagan bo'lgan holda ekspertlar tajriba, bilim,sezgi Va tafakkuridan foydalanish amali yoki jarayoni.