A. Milliy Respublikalar rahbar hodimlarga munosabatda



Yüklə 39,08 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü39,08 Kb.
#35485
  1   2
10- ozb 14-15-16mavzular





1. ovet rejimi va hokimiyatini mustahkamlab olgach uning xususiyatlari kimlarga bo’lgan munosabatlarida oshkora namoyon bo’la boshladi?

A. Milliy Respublikalar rahbar hodimlarga munosabatda

B. Milliy Respublika Ziyolilariga bo’lgan munosabatda

S. Milliy Respublikalar ishchi- dehqonlarga bo’lgan munosabatda

D. Milliy tub joy aholisiga bo’lgan munosabatda

2. Mamuriy buyruqbozlik tizimi va uning raxbar o’zagi hisoblangan butun ittifoq kommunistlar(bolsheviklar)partiyasi – VKP(B) qanday mavqeni egalladi?

A. “ Sotsializm asoslarini qurishga jiddiy kirishdi”

B. Jamiyatning barcha sohalari hukmronlik mavqeyini egalladi

S. Milliy Respublika aholisi hayotida katta rol o’ynadi

D. A va B javoblar

3. XX asrning 20-yillar ikkinchi yarmi 30-yillar boshida qanday siyosiy ishlar to’qildi?

1.O’n sakkizlar guruhi 2. Inog’omchilik 3. Qosimovchilik 4. Badriddinovchilik 5. Milliy Ittifoqchilar va milliy istiqlolchilar 6. Narkompros

7. Botir gapchilar 8. Vatanparvarlar 9. Istiqlolchilar 10. Muxtoriyat ishi

A. 1.2.3.4.5.6.7 B. 3.5.6.7.8.9

S. 4.5.6.7.8.9 D. 1.3.5.7.9.10

4. 20-30-yillardagi qatag’onlar va terror natijasida O’zbekiston Kommunistik partiyasi a’zolaridan qanchasi firqadan chiqarildi?

A. 25.5% B. 25.6 % S. 25.7 % D.25.8%

5. Sovet hokimiyati milliy raxbar hodimlarga nisbatan qanday siyosat olib bordi?

A. Raxbar xodimlarga shubxa bilan qarash

B. “Xalq dushmanlari” va “Burjua millatchilari” ni aniqlash va xibsga olish

S. Turli “Muxolifat” guruxlarini fosh qilish

D. Barcha javoblar

6. XX asr 20-yillari oxiriga kelib sovet rejimi qanday tus oldi?

A. Ma’naviy tor-mor etish

B. G’oyaviy siyosiy kurash

S. Iqtisodiy qamal qilish

D. Jismoniy yo’q qilish

7. Jazo mexanizmi qachon ishga tushirildi?

A. 1929-yil 17-fevral 2-martda O’zbekiston Kommunistik partiyasining IV syezdidan keyin

B. 1929-yil 2-fevral 17-martda O’zbekiston Kommunistik partiyasining IV syezdidan keyin

S. 1929-yil 15-fevral 1-martda O’zbekiston Kommunistik partiyasining V syezdidan keyin

D. 1930-yil 5-fevral 25-martda O’zbekiston Kommunistik partiyasining IV syezdidan keyin

8. O’zbekiston SSR Oliy Sudining raisi Sadulla Qosimov qachon qamoqqa olindi?

A. 1929-yil fevral B. 1929-yil mart

C.1929-yil aprel D.1929-yil may

9. S.Qosimov Sudiga kimlar ataylab siyosiy tus berishdi?

A. Sud raisi Vasilev-Yujin va prokuror Katanyan

B. Sud raisi Ivanov va prokuror Katanyan

C. Sud raisi Volkov va prokuror Ivanov

D. Sud raisi Kaplan va prokuror Vasilev

10. S.Qosimov va uning tarafdorlari qanday ish bilan ayblandi?

A. S. Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni qo’llab quvvatlashda

B. “Aksil inqilobchi millatchi tashkilotchilar” a’zolari bilan aloqa bog’laganlikda

S. Islom dinini himoya qilishda ayblanib ularga “Qosimovchilik yorlig’i” bosildi

D. Barcha javoblar

11. Sovet sudi kimlarni otib kimlarni otib o’ldirishga hukm qildi?

1.S.Qosimov 2. Mannon Ramziy 3. B.Sharipov

4. N.Alimov 5. Spiridonov

A.1.2.4.5 B.2.3.4.5 S. 1.3.4.5 D. 1.2.3.4.5

12. Shamsiddin Badriddinov va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni qachon o’tkazildi?

A. 1932-yil 5-15-may

B. 1932-yil 10-may-15-iyun

S. 1932-yil 5-may 15-iyun

D. 1932-yil 25-may 15-iyun

13. Sh.Badriddinov qanday lavozimda ishlagan?

A. O’zbekiston SSR Oliy Sudining sobiq Prokurori

B. O’zbekiston SSR oliy Sudining Sud Raisi

S. O’zbekiston SSR oliy Sudining Sud Raisi o’rinbosari

D) O’zbekiston SSR oliy Sudining Sud Prokurorining o’rinbosari

14. Badriddinovchilik ishini olib brogan prokuror kim edi?

A. Vasilev Yujin B. R.Katanyan

S. Kaplan D. A.Ivanov

15. Sh.Badriddinovga qanday ayblar qo’yildi?

A. “Milliy Ittihod” tashkiloti va “bosmachi”lar bilan aloqa bog’lagan

B. Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti bo’lgan

S. Cho’lpon va Fitratlarni oqlagan

D. A va B

16. Sovet rejimi Sud organlaridagi milliy raxbar hodimlarni qatag’on qilish bilan birga jazo qilichini kimlarga qarshi ko’targan edi?

A. Ishchilar raxbarlariga

B. Din axliga

S. Maorif soxasidagi ziyolilarga

D. Milliy savdogarlarga

17.Samarqand shaxrida O’zbekiston SSR Maorif xalq kommisarligida bir guruh raxbar xodimlar qachon xibsga olindi?

A.1926-yil avgust

B. 1929-yil avgust

S. 1928-yil avgust

D.1930-yil avgust

18. “Narkompross” ishida kimlar bor edi?

1.Mannon Ramziy-Mannon Abdullayev 2. Botu-Maxmud Xodiyev 3. B.Sharipov 4. Oltoy-Bois Qoriyev 5.Nodir Saidov

A. 1.2.3.4.5 B.1.2.4.5

S. 2.3.4.5 D. 1.3.4.5

19. “Narkompross” ishida ular qanday ayb bilan ayblandilar?

A. Maorif tizimini “millatchilik og’usi” bilan zaxarlaganlikda

B. Maorif frontida “Qosimovchilik” ning namoyon bo’lishi

S. Maorifda milliy qadriyatlarni aks ettirishga urinishda

D. A va B

20. Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligida 38 nafar kishi qachon qamoqqa olingan?

A. 1928-yil 5-noyabrda

B. 1929-yil 5-noyabrda

C. 1930-yil 5-noyabrda

D. 1931-yil 5-noyabrda

21. M.Qori Abdurashidxonov boshchiligida qamoqqa olinganlar soni qanchaga yetdi?

A. 87 kishi B. 88 kishi

S.75 kishi D. 78 kishi

22. Munavvar Qori boshchiligidagi milliy istiqlol a’zolari qachon otib o’ldirishga hukm qilindi?

A. 1930-yil 25-aprel

B.1931-yil 25-aprel

S. 1932-yil 25-aprel

D. 19929-yil 25-aprel

23. Munavvar Qori ishida necha kishi qamoq jazosiga hukm qilindi?

A. 72 kishi B. 73 kishi C. 70 kishi D. 69 kishi

24. Sovet Mustabid tuzumi butun mamlakatda bo’lgani singari O’zbekistonda ham ommaviy qatag’onlarni avj oldirdi, shu jumladan ……………………. qatag’on qilindi?

A. Yirik Davlat va Jamoat arboblari, partiya va xo’jalik raxbarlari

B . Ziyolilar, ruxoniylar, xarbiylar

S. Oddiy kishilar va kolxozchilar

D. Barcha javoblar

25. O’zbekistonda siyosiy qatag’onlik ….. ayniqsa avjiga chiqdi?

A. 1935-yilning yozida

B. 1936-yilning kuzida

S. 1937-yilning yozida

D. 1938-yilning kuzida

26. 1937-yil kimlar qamoqqa olinib, tergovdan so’ng otib tashlandi?

A. Fitrat, Cho’lpon

B. A.Qodiriy, Munavvar Qori

S. Usmon Nosir, Cho’lpon

D. F.Xo’jayev, A.Ikromov

27. O’zbekistondagi siyosiy elita nima uchun ayblandi?

A. Millatchilikda B. Sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borishda S. Qurolli qo’zg’olonni olib borishda D. barcha javoblar

28. XX asr o’zbek madaniyatining yorqin yulduzlari Fitrat, Cho’lpon va A.Qodiriylar qachon otib tashlandi?

A. 1937-yil 4-oktabrda

B. 1938-yil 4-oktabr

C. 1939-yil 4-oktabr

D. 1936-yil 4-oktabr

29. Usmon Nosir qayerda vafot etdi?

A. Qamoqxonada B. Surgunda

S. Sud majlisida D. Tergovda

30. …….. “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa “eh” deydigan yigit emasman” so’zlari kimga tegishli?

A. A.Fitrat B. A.Qodiriy

S. Usmon Nosir D. Cho’lpon

31. Mirkomil Mirsharopov qanday lavozimda ishlagan?

A. XXSR harbiy ishlar noziri

B. Alohida O’zbek otliq askarlar polkining komandiri va kommissari

S. 19-tog’li otliq O’zbek diviziyasi komandiri

D. Barcha javoblar

32. M.Mirsharopov qachon va qayerda qamoqqa olindi?

A. 1937-yil 28-oktabrda Maykopda

B. 1938-yil 28-oktabrda Moskvada

S. 1939-yil 28-oktabrda leningradda

D. 1937-yil 25-oktabrda Toshkentda

33. M.Mirsharopov va 18 nafar harbiy mirshablari qachon otib tashlangan?

A. 1937-yil 30-oktabrda

B. 1938-yil 10-oktabrda

S. 1939-yil 12-oktabrda

D. 1940-yil 10-oktabrda

34. 1937-1938-yillarda to’qib chiqilgan soxta ayblar bo’yicha O’zbekistonda qancha kishi xibsga olindi?

A. 39 ming B. 40 ming

S.41ming D. 42 ming

35. Qatag’on yillarida qancha kishi otib o’ldirishga hukm qilindi?

A. 6920 kishi B. 6900 kishi

S. 6930 kishi D. 6290 kishi

36. Davlat va jamoat arboblari yozuvchi,shoir va olimlardan 5758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan …. nafari otib tashlangan edi?

A. 4651 B. 4710

S.4810 D. 4811

37. Kimning tashabbusi bilan Toshkentda “Shaxidlar xotirasi yodgorlik majmuasi” va “Qatag’on qurbonlari xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi?

A. O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov

B. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

S. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

D. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi

38. ”Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi qachon ochildi?

A. 2000 yil 5-may B.2000 yil 12-may

S. 2001-yil 5-may D. 2002-yil 12-may

39. O’zbekiston Respublikasida har yili “Qatag’on qurbonlarini yod etish” kuni qaysi sanada o’tkaziladi?

A 31-avgust B. 1-sentabr

S. 18-noyabr D. 8-dekabr

40. “Qata’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qachon ochildi?

A. 2001-yil 31-avgust B. 2002-yil 31-avgust

S. 2002-yil 1-sentabr D. 2002-yil 9-may

41. Ikkinchi jahon urushining boshlanishida qaysi davlatlarning siyosiy yetakchilari zimmasida katta javobgarlik bor edi ?

a) Italiya, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va SSSR



b) fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyadan tashqari urushdan avvalgi Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va SSSR

c) Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya, AQSh, Angliya, Fransiya

d) SSSR va Germaniya

42. 1939-yil 23-avgustda kimning taklifi bilan Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim imzolandi?

a) A. Gitler b) I.V.Stalin

c) U. Cherchill d) B. Ribbentrop

43. 1939-yil 23-avgustda Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitim qanday nom bilan mashhur ?


Yüklə 39,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin