A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə10/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Idoraviy arxivlar. Ular tashkilotlarda hujjatlar saqlanishini ta’minlash, hisobini olish, hujjatlardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish uchun tashkil qilinadi. Idoraviy arxiv o’z faoliyatida Respublika hukumatining qaror va farmoyishlariga, «O’zarxiv» agentligi nizomlari, yo’riqnomalari va qoidalariga amal qiladi. Idoraviy arxiv tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq ishlaydi va o’z faoliyati haqida unga hisobot berib turadi. Idoraviy arxiv tarkibiga tashkilot tarkibiy bo’limlari va unga bevosita bo’ysunadigan bo’linmalarning, agar ularga amaliy jihatdan arxiv tashkil etish ehtiyoji bo’lmasa, ish faoliyati jarayonida vujudga kelgan va ish yuritish davomida tugallangan hujjatlar kiradi. Mazkur tashkilotda yoki unga qarashli bo’lgan quyi tashkilotda ishlagan fan, texnika, madaniyat arboblari va ishlab chiqarish ilg’orlarining shaxsiy fondlari ham saqlanadi. Mazkur tashkilot tizimida bo’lib, tugatilgan hamda undan oldin faoliyat ko’rsatgan tashkilot hujjatlari ham idoraviy arxiv tarkibida saqlanadi.
Idoraviy arxivning asosiy vazifasi tashkilot hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat. Idoraviy arxiv arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatdorligini aniqlash uchun ekspertiza qilinishini tashkil etadi. Ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishda metodik yordam ko’rsatadi. Hujjatlarni davlat tomonidan saqlash uchun tayyorlaydi va O’zR MAF to’g’risidagi Nizomda belgilangan muddatlarda davlat arxiviga topshiradi.
Ayrim idoraviy arxivlar Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan o’z hujjatlarini doimiy saqlash huquqini olganlar. Ana shunday huquqni olgan vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari ro’yxati O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan. Ular quyidagilar: Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat geologiya fondi, Gidrometeoreologiya Bosh boshqarmasi, Davlat standartlari tarmoq fondi, Kartografiya-geodeziya fondi, Madaniyat ishlari vazirligining muzeylari va kutubxonalari qo’lyozma fondlari hisoblanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin