A. N. Sulaymanov arxivshunoslik (O’quv uslubiy qo’llanma) Guliston – 2016 y



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə12/53
tarix10.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#128081
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
portal.guldu.uz-ARXIVSHUNOSLIK

Nazorat savollari:
1. 1925 yildan boshlab arxiv ishlarini tashkil qilishda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
2. Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish ishlarini izohlab bering?
3. Milliy davlat chegaralashi o’tkazilgandan so’ng arxiv hujjatlari qanday tartibda bo’lindi?
4. O’zSSR hududida tashkil bo’lgan barcha arxivlar, viloyat arxiv jamg’armalari qaerga va nima maqsadda topshirildi.


Adabiyotlar:
1. Alimov I. A., Bo’taev A., Arxivshunoslik. T., 1997.
2.Центральный Государственный архив Узбекистана. Каталог. -Т, 1975.
3.Козлитин И. П. Государственные архивы республик Средней Азии. -М., 1961.
4.Телеукулов. Г. С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и культурной жизни республики (1918-80гг). – Т., 1995.
5. O’ljaeva Sh. Arxivshunoslik. O’quv qo’llanma.T.,2001.


2 - MAZU. IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA O’ZBEKISTONDA ARXIV ISHI
(1939-45 YILLAR)


Asosiy savollar:

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda arxiv ishi.

  2. Urushdan keyingi davrda O’zbekistonda arxiv ishi.



2.1 Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda arxiv ishi.

Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekistonda arxiv ishi tarixida eng og’ir yillardan biri bo’ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo’nab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g’alabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg’armasiga har oy o’z maoshlarining 2 foizini o’tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatib bordilar. Bayramlarda sovg’alar tashkil qilib, jangchilarga jo’natib turdilar.


1942 yil noyabrida Toshkent shahrida O’rta Osiyo va Qozog’iston res-publikalari arxiv xodimlarining kengashi bo’lib o’tdi. Qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralari hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yo’lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani e’tirof etildi. Shu bilan birga, O’zSSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi hamda shahar, tuman arxivlari birmuncha inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi va markaziy davlat arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, O’zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil etilmaganligi ko’rsatib o’tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini ko’rish, ilmiy va tashviqot maqsadlarida hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligini uqtirib o’tdi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O’zSSR XKS ning 1943 yil 18 fevral qarori bilan O’zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. 108 ta shahar, tumanlarda davlat arxivi ochilib, ularning mudirlarini oylik ish haqi miqdori oldingi 110 so’m o’rniga 300 so’m qilib belgilandi.
1941 yili O’zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxondaryo va keyinroq, 1943 yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat IIXK boshqarmasi qoshida arxiv bo’linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi.
Urush yillari mobaynida arxiv tashkilotlari birmuncha kadrlar bilan mustahkamlandi. 1941 yili respublika arxiv tashkilotlarida 113 kishi ishlagan bo’lsa, 1945 yili ularning soni 306 taga etdi. Bularniig ichida tarixchi-arxivchilar: Z.I.Agafonova, A.I.Belkova, N.G.Manin, L.M.Vays, L.M.Landa, Ya.N.Seriy, A.A.Xalfin va boshqa malakali mutaxassislar bor edi.
Arxiv xodimlari hujjatlarni ehtiyot qilish maqsadida tashkilotlar arxivlarini tartibga solish va ularni davlat arxivlariga qabul qilishga alohida e’tibor berdilar. 1941-1942 yillarda respublika davlat arxivlariga 0,5 (yarim) million saqlov birligida hujjatlar qabul qilindi. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy etishmas edi. 1944-1945 yillarda davlat arxivlariga bor-yo’g’i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi.
Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi 1944-1945 yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjat qabul qildi.
Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo’natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo’ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv fondlarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlaridan 1941 yili 100 ming, 1944-1945 yillarda esa 136 ming saqlov birligida hujjatlar tartibga solindi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida xam bir qator ishlar qilindi. Xalq xo’jaligi maqsadida foydalanish uchun ko’p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari «Frontdan xatlar» va boshqa bir necha hujjatlar to’plamlarini tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Masalan, 1944-1945 yillari 21 ta maqola, 9 ta radio eshittirish, 4 ta ko’rgazma tashkil etildi va ko’plab ma’ruzalar o’qildi. Arxiv qiroatxonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida «Universal o’nlik turkumi (klassifikatsiyasi)» tizimli kataloglar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlari tizimli kataloglar uchun turkum tarxi ishlab chiqilgan.
"Universal o’nlik turkumi"ning mohiyati shundaki, bitta umumiy tushunchaga bo’ysungan, bog’langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo’lingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma’lumotlar 10 sinfga (1dan 9 gacha, 0-umumiy) bo’lingan. Ular o’z navbatida yuzdan, mingdan bir qism va boshqa mayda bo’laklarga bo’linadi.
“Universal o’nlik turkumi”ning asosiy bo’limlari quyidagilardan iborat:
0.Umumiy bo’lim
1.Falsafa
2.Din
3.Ijtimoiy fanlar
4.Filologiya. Tilshunoslik
5.Matematika. Tabiiy fanlar
6.Amaliy bilimlar. Tibbiyot. Texnika
7.San’at. Fotografiya. Tomoshalar
8.Adabiyot. Adabiyotshunoslik
9.O’lkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix.
"Universal o’nlik turkumi" kutubxona kitoblari uchun ishlangan bo’lsada, undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash uchun ham foydalansa bo’ladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin