2.
Korxonada biror sababga ko`ra katta miqdordagi halokatli chiqindilarni atrof-muhitga
tashlanish natijasida.
3.
Kimyoviy korxona mahsulotlarini qo`llash natijasida atrof-muhitga zarar keltirish.
Zamon va inson tafakkuri doimo rivojlanishda shuning uchun 1990 yillarga kelib tabiatni
ifloslovchi yirik korxonalar jamoatchilik fikriga asosan ishlayotganlari to`xtatilmoqda,
ekologik
nuqtai nazardan yondoshilmay qurishga muljallangan ishlab chiqarish loyihalari bekor
qilinmoqda.
Masalan, Rossiyada 1990-95 yillarda 1,2 mln mineral o`g’it ishlab chiqaradigan, 1,2 mln
tonna N
2
SO
4
va 1 mln tonna NN
3
ishlab chiqarish korxonalari to`xtatildi. Jumladan, shu yillari
ekologik holat keskinlashganligi tufayli Namangan shahridagi 4-paxta tozalash zavodi
Toshbuloqqa ko`chirildi.
Agar kimyoviy sanoat korxonalarida biror avariya sababiga ko`ra halokatli chiqindilarni
tabiatga keltirgan zarariga misol
keltirsak, 1986 yilda Olmaliq tog’-kon kombinati to`satdan
N
2
S0
4
tashlashi natijasida Piskent rayonida 140 gektar paxta maydoni, YAngi Qo`kon kimyo
zavodining halokatli chiqindi tashlashi natijasida 20 km radiusdagi paxtazor, 1987 yil
Samarqand kimyo zavodi halokatli chiqindilari natijasida ko`plab mevazor bog’lar nobud bo`ldi.
Xo`sh, bunday falokatlarni bo`lmasligi uchun nima qilish kerak?
Texnologik jarayolarning xavfsizligi kimyoviy ishlab chiqarish
yuqori ishonch bilan va
xavfsiz faoliyag ko`rsatishi, har tomonlama chuqur asoslangan to`g’ri loyiha echimlariga, yangi
texnologik jarayonlarni xavfsiz amalga oshirish usullariga bog’liq.
Shuningdek, qo`shimcha ximiyaviy reaktsiyalar va boshqa jarayonlar avariya holatlari
ro`y berishiga sabab bo`ladi, ular quyidagilar:
- texnologik reglamentta rioya qilmaslik ;
- jihozlar montaji va ekspluatatsiya texnik darajasining sifati va boshqa tadbirlarni bajarmasligi;
Kimyoviy texnologiyada ba`zi bir jarayonlar
rypyhini ajratish mumkinki, bu texnologik
reglament buzilgan paytda avariya holatiga o`tadi. Bunday jarayonlar potentsial xavfli jarayonlar
deyiladi. Bular 4 xil bo`ladi:
- toksik moddalarni olish
va qayta ishlash;
- portlovchi moddalarni olish va qayta ishlash;
- katta tezlik bilan boradigan jarayonlar;
-
aralash jarayonlar;
Shuning uchun texnologik jarayonlarga qo`yiladigan xavfsizlik talablarini bilish kerak
bo`ladi. Ular quyidagilar:
1. Ishlayotganlarni zaharli moddalar bilan kontaktda bo`lmasliklarini ta`minlash.
2. Xavfli va zararli texnologik operatsiyalarni xavfsizrog’iga almashgirish.
3. Texnologik jarayonlarni mexanizatsiya, avtomatizatsiya va distantsion boshqarishga o`tkazish
kerak.
Dostları ilə paylaş: