A prezident maktabida chet ellik o'qituvchilar o'qitadi



Yüklə 22,68 Kb.
tarix13.03.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#87694
mantiqiy-tanqidiy savollar


1. Salima: "Prezident maktablarida o'qiydigan o'quvchilar tanqidiy fikrlashda juda mohir. Demak, Prezident maktablarida o'quvchining tanqidiy fikrlash qobilyati juda yaxshi rivojlanar ekan"❓ Quyidagilardan qaysi biri Salimaning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatadi?
A) Prezident maktabida chet ellik o'qituvchilar o'qitadi.
B) Prezident maktabida o'zlashtirishi past o'quvchilar a'lochi o'quvchilardan o'rganadilar.
C) Prezident maktablariga tanqidiy fikrlash qobilyati kuchli o'quvchilar qabul qilinadi.
D) Prezident maktabida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo'yicha maxsus fanlar o'qitiladi.
2. Uyda 5 nafar qiz bor. Ular o’z yoshiga qarab xonalarini tanlashadi. Qizlarning eng Yoshi kattasi birinchi bo’lib xona tanlay boshlaydi. Ular Sarvinoz, ra’no, Kumush, bahora va Anora.
• Sarvinoz Ra’nodan bir yoshga kichik.
• Kumush va Ra’no egizak.
• Bahora Sarvinozdan uch yoshga kattaroq.
• Kumush 23 yoshda.
• Anora Ra’nodan Yoshi kattaroq, ammo Sarvinozdan yoshroq.
❓ Qaysi qiz birinchi bo’lib xona tanlaydi?
A) Bahora
B) Anora
C) Sarvinoz
D) Kumush va Ra’no birgalikda
3. Hamida ustoz: "Mening sinfimda 10 nafar koʻrish qobilyati pastroq oʻquvchi bor. Bugun ertalab sinfimizda 7 nafar oʻquvchi ko'zoynak taqib yurgandi. Demak, bugun sinfimizda ba'zilar kontakt linza taqib yurgan bo'lishi kerak".
❓ Hamida ustoz bunday fikrlash orqali qanday xatolikka yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin?
A) U boshqa sinfdagi oʻquvchilarni hisobga olmadi.
B) U qaysi o'quvchi kontakt linza taqib yurganligini aytmadi.
C) Ba'zi ko'rish qobiliyati past o'quvchilar ko'zoynak ham, kontakt linza ham taqib yurmagan bo'lishi mumkin.
D) Hozirda ko'rish qobiliyati past oʻquvchilar kelajakda ko'z oynak taqib yurishga ehtiyojmand bo'lishi mumkin.

4. Asaloy soch turmaklovchining veb-saytiga kirib, har bir tur dagi soch turmagini yasash qancha vaqt olishini bilish imkoniyatiga ega.


Asaloy: "Oyim o'z soch turmagining 2 soatda tayyor bo'lishini aytdi. Men soch turmaklovchining veb-saytiga kirib, oyim qaysi soch turmagini tanlaganini bilib olishim mumkin".
❓ Quyidagi qaysi gap Asaloyning fikri xato ekanligini ko'rsatadi?
A) Bir xil soch turmagi sartaroshning mahoratiga qarab turlicha vaqt olishi mumkin.
B) Bir qancha turmaklarga ketadigan vaqt bir xil boʻlishi mumkin.
C) Sartarosh ba'zi yangi turmaklar yasashni o'rganib, saytiga qo'ymoqchi.
D) Ba'zi turmaklar 2 soatdan kamroq vaqtni olishi mumkin.
5. "Prezident maktabida o'qiydigan o'quvchilar tanqidiy fikrlashda juda mohir."
Bunyod: "Men tanqidiy fikrlash mashqlarini yaxshi yecha olmayman. Prezident maktabiga kirsam, shularni yaxshi o'rganib olaman".
❓ Bunyodning fikrlashida qanday xatolik bo'lishi mumkin?
A) Prezident maktabida chet ellik o'qituvchilar o'qitadi.
B) Prezident maktabida a'lochi o'quvchilar qolgan o'quvchilarga o'rgatadi.
C) Prezident maktabiga tanqidiy fikrlashi kuchli o'quvchilar qabul qilinadi.
D) Prezident maktabida tanqidiy fikrlashni kuchaytiradigan fanlar o'qitiladi.
6. Olchazor shahrida bu yil oldingi yilga qaraganda 200 ta kamroq jinoyat sodir boʻldi. Tutzor shahrida esa bu yil o'tgan yilgidan 100 ta kamroq jinoyat qayd qilindi.
Ali: "Men yangi shaharga koʻchib o'tmoqchiman. Olchazorga boradigan boʻldim, chunki u yerda jinoyatchilik kamroq ekan".
❓Alining fikrlashida qanday xatolik boʻlish mumkin?
A) Tutzor shahrida aksariyat jinoyatlar qayta sodir qilingan jinoyatdir.
B) Qotillik Olchazorda Tutzorga qaraganda ancha ko'proq.
C) O'tgan yili Olchazorda 600 ta, Tutzorda 200 ta jinoyat sodir boʻlgan.
D) Olchazorda Tutzorga qaraganda yaxshiroq qamoqxona tizimi bor.
7. Reklama: "Mening uyim" ko'p qavatli turarjoy majmuasidan xonadon sotib olsangiz, sizga garaj tekinga beriladi.
🗣 Aziza: "Men "Mening uyim" turarjoy majmuasidan uy sotib olmoqchiman. Chunki ular tekinga garaj ham qo'shib berar ekan. Bu uy menga arzonga tushadi".
❓Azizaning fikrlashida qanday xatolik bo'lish mumkin?
A) Garaj narxi allaqachon uy narxiga qo'shilgan.
B) Garaj boshqa uylarda sotilayotgan garajlardan ozgina ki chikroq.
C) "Mening uyim"dan uy sotib olganda hamma pulini oldindan toʻlash kerak.
D) "Mening uyim" majmuasi shaharning chekkarogʻida joylashgan.
8. Tabiatshunos: ,,Okeanlarda ulkan suv o'tlarini o'stirsak, suv o'tlari havodagi zaharli gazlarni tozalaydi. O'tlar qurisa yoqib yuboraveramiz."
❓Tabiatshunosning fikrlashida qanday xatolik bo'lishi mumkin?
A) Okeanning bazi joylarida suv o'tlarini o'stirib bo'lmaydi.
B) Suv o'tlarini yoqqanda juda katta miqdorda zaharli gaz chiqadi
C) Ko'p suv o'tlari faqat bir yil umr kechiradi.
D) Okeanda suv o'ti ekish oson bo'lmaydi.
9. Sanjar: Parashyutdan sakrash sportini taqiqlashmoqchi. Lekin o'tgan yili bu sportdan jami 50 nafar sportchi jiddiy jarohat olgan, futboldan esa jami 1000 nafar odam jiddiy shikastlangan. Buning o'rniga futbolni taqiqlash kerak.
❓ Sanjarning fikrlashidagi xatolikni ko'rsatadigan ma'lumotni toping.
A) Parashyutdan sakrash sporti bilan shug'ullanishga ko'proq harajat ketadi.
B) Parashyutdan sakrashdan olingan jarohat tuzalishi uchun futbolnikiga qaraganda ko'proq mablag' kerak.
C) O'tgan yili parashyutdan sakrash bilan 100 nafar odam shug'ullangan, futbolda esa bu raqam 60000 nafar.
D) Parashyutdan sakrashni o'rgatadigan murabbiylar juda kam.
9. Mahmud: ,,Maktab direktori sinfxonaga kirib, o'quvchilarning o'zlashtirishini bilmoqchi bo'ldi va ularga kitob o'qitib ko'rdi. Ahmad 40 ta so'z o'qidi, Gulnora bo'lsa 38 ta so'zni o'qiy oldi. Demak, Ahmadning o'zlashtirishi Gulnoranikidan yaxshiroq ekan.
❓ Quyidagi qaysi dalil Mahmudning xulosasi xato ekanligini ko'rsatadi?
A) Ahmadning oyisi shu maktabda dars beradi.
B) Gulnora yaqinda grippga chalinib, davolangan.
C) Direktor boshqa bolalarni sinab ko'rmadi.
D) Direktor o'qish uchun Ahmadga 2 daqiqa, Gulnoraga 1 daqiqa vaqt berdi.
10. Izzat: ,,Yoshlar kattalardan ko'proq telefon ishlatadi degan fikr xato. Chunki do'konda telefonlarni kattalar ko'proq sotib oladi."
❓ Izzatning fikrlashidagi xatoni ko'rsatadigan dalilni toping.
A) Katta yoshdagilar ishlashadi, o'spirinlar bo'lsa ishlashmaydi.
B) Kattalar telefonlarini ko'pincha farzandlari uchun olishadi.
C) Kattalar telefonda o'yin o'ynashmaydi.
D) Yoshlar telefonlarni tez buzib tashlashlari mumkin.
11. Vohid: ,, Bizda 10 nafar odam ishlaydi. Kecha ulardan 8 nafari koronovirus yuqtirib oldi. Qolgan 2 nafariga endi yuqsa kerak.
❓ Vohidning gapidagi xatolikni toping
A) Vohid qolgan 2 nafar odamga virus nega yuqishini aytmagan.
B) Qolgan 2 nafar odam virusga qarshi vaksina olib bo'lgan edi.
C) 8 nafar odam qolganlarga qanday yuqtirishi aytib o'tilmagan.
D) Qolgan 2 nafar odamga aynan qachon yuqishining aytmagan.
12. Kecha bizning maktabimizga bitta ayol mehmon bo'lib keldi va oshxonadagi o'quvchilarni ko'rib shunday dedi:
-Sizning maktablaringizda qiz bolalar o'g'il bolalardan ko'proq ekan.
❓ Ushbu ayolning fikrlashida qanday xatolik bor?
A) Bu ayol faqat oshxonadagi o'quvchilardan kelib chiqqan holda butun maktab o'quvchilari haqida xulosa chiqaryapti.
B) Bu ayol oshxonadagi pishiriqlar narxlarini boshqa maktablarniki bilan sinchkovlik bilan solishtirgan.
C) Bu ayol oshxonadagi o'quvchilar nima iste'mol qilayotganlarini inobatga olmayapti.
D) Bu ayol kecha maktabda katta festival o'tkazilganidan xabardor emas.
13. Dostonning faqatgina o'zbek tilidagina so'zlarni bemalol takrorlab ayta oladigan to'tiqushi bor.
🗣Doston: ,,Siz mening to'timga istagan so'zingizni aytishingiz mumkin. U sizning so'zingizni bemalol takrorlab aytib bera oladi."
❓ Quyidagi gaplardan qaysi biri Dostonning gapidagi xatolikni ko'rsatib bera oladi?
A) Doston to'tiqushiga gapirishni o'rgatish uchun kamida 3 yil vaqt sarfladi.
B) Dostonning do'sti o'zbek tilini tushunadi, lekin faqat rus tilida gapiradi.
C) Ba'zi to'tilar boshqalariga qaraganda ko'proq tillarda gaplasha oladi.
D) To'tiqushlarga ism tanlaganda ularning qaysi tilda gapira olishiga alohida e'tibor qaratish lozim.
14. Maktab direktori yozgi ta'til paytida oromgohlarga borishga imkoniyati bo'lmagan o'quvchilarning keyingi yil yozgi ta'tilda oromgohga borishlariga sharoit yaratishga va'da berdi.
🗣Komil: ,,Men bu yil yozgi ta'tilda oromgohga bordim. Demak, direktorimiz meni keyingi yil yozda oromgohga yubormasalar kerak."
❓ Quyidagi gaplardan qaysi biri Komilning gapidagi xatolikni ko'rsatadi?
A) Komil bu yil oromgohga bordi degani keyingi yil bora olmaydi degani emas.
B) Maktabda a'lo bahoga o'qiganlarning barchasi ham yozgi oromgohga borish imkoniyatiga ega bo'lmasligi mumkin.
C) Komilning bu yili oromgohga bora olganligi keyingi yil ham aniq oromgohga bora oladi degani emas.
D) Yozgi ta'tilda o'quvchilarning oromgohga bora olmaganligi ular borishni hohlamayotganliklarini anglatmaydi.
15. Tolib: ,, Maktabimizda shaxmat va rassomchilik to'garaklari bor. Sinfimizda 20 nafar o'quvchi bor. Barcha o'quvchilar to'garakka qatnashishadi. Ulardan 12 nafari shaxmat to'garagiga qatnashadi."
Botir: ,,Demak, rassomchilikka faqat 8 nafar o'quvchi borar ekan."
❓ Botirning gapi xato bo'lsa, bu qanday xatolik bo'lishi mumkin.
A) Ba'zilar maktabdan tashqaridagi to'garaklarga ham qatnashadi.
B) Maktabdagi boshqa sinf o'quvchilari qaysi to'garakka borishi aytilmagan.
C) Tolibning sinfidagi ba'zi o'quvchilar ikkala to'garakka ham qatnashadi.
D) To'garaklar nechta odamga mo'ljallanganligi aytilmagan.
16. Hamma fillar va sichqonlar kulrang. Shuning uchun hamma fillar sichqon ekanligi haqida xulosa qiladi.
❓ Nega yuqoridagicha fikrlash xato?
A) Muallif o'z xulosasini boshqa bir fikrlash asosida chiqarmoqda.
B) Muallif har xil narsalarni faqat bitta xususiyati o'xshash bo'lgani uchungina bir xil narsa deb o'ylamoqda.
C) Muallif ikkita turli xil narsani umuman bir-biriga o'xshamagan xususiyat bo'yicha solishtirishga harakat qilmoqda.
D) Muallif ikki narsa ularning aniqlash mumkin bo'lmagan xususiyati orqali o'xshash ekanligini aytmoqda.
17. Bek: ,, Bizning kompyuter dasturimiz shahardagi avtomobil harakatini haftalik ma'lumotlar asosida o'lchab beradi. Ba'zilar bu dasturning aniq ishlashiga shubha bilan qaramoqdalar. Ammo u berayotgan ko'rsatkichlar haftadan haftaga o'zgarmas, bir xil bo'lgani uchun biz uning aniqligiga amin bo'lishimiz mumkin."
❓ Bekning fikrida qanday xatolikni ko'rish mumkin?
A) U har haftada bir xil ma'lumot ko'rsatilishini aniqlikdan ham muhim xususiyat deb baholamoqda.
B) U dasturning aniq ishlashi boshqa vazifalarni bajarishda qay darajada ekanligini o'ylab ko'rmagan.
C) U dastur xatosini qanday mezon asosida aniqlashni aytib o'tmagan.
D) Bu dastur xato ma'lumotlar ko'rsatib ham har haftada bir xil ma'lumotlar uzatishda davom etishi mumkin.
18. Onaxon: ,, Qadimgi Rim faylasufi Elder kamalak quyosh pasayganda kattalashadi degan."
🗣 Vohid: ,, Unga ishonma. U boshi yo'q, ko'zi yelkalarida bo'lgan odamlar haqida ham yozgan. Bu qip-qizil yolg'onku!".
❓ Agar Elder kamalak haqida to'g'ri gapirgan bo'lsa, Vohidning e'tirozida qanday xatolik kuzatilgan?
A) U onaxonni yaxshi tushunmagan
B) Elder davrida shunday odamlar haqida boshqa hech kim yozmagan.
C) Vohid jahl bilan gapirgan.
D) U Elderning bitta yolg'on gapidan uning hamma gapini yolg'onga chiqaryapti.
19. Bekobod qishlog'ida 1850-yilda 800 ta erkin tomorqa yerlari bor edi. 1950-yillarga kelib tomorqalarning soni 400 taga kamaydi. 2020-yilga kelganda faqat 81 ta tomorqa dalalari qoldi. Demak, so'nggi 170 yil ichida Bekobod qishlog'ida tomorqa uchun ajratilgan yer maydoni o'n barobarga kamayib ketgan.
❓ Yuqoridagi xulosada jiddiy xatolik mavjud. Buning sababini aniqlang.
A) Tomorqa dalalarining soni faqatgina taxminiy hisoblanmoqda.
B) Tomorqalar qancha daromad keltirgani haqida ma'lumot keltirilmagan.
C) Hozirgacha har bir tomorqaning yer maydoni o'n marta ko'paygan.
D) Faqatgina so'nggi 170 yil ichidagi 3 ta yil haqida ma'lumot keltirilgan.
20. 1-maktabda deyarli 1500 nafar o'quvchi semiz. Lekin 1200 nafar o'quvchi maktabda tashkil qilinadigan sport to'garaklariga qatnashadi. Demak, maktabning sport to'garaklari yetarlicha samarali emas ekan.
❓ Yuqoridagi fikrlashda qanday xatolik bor?
A) Har bir sport mashg'ulotining o'z samarasi hisoblab chiqilmagan.
B) 1-maktab sport to'garaklari boshqalar bilan solishtirilmagan.
C) Maktabdagi semiz o'quvchilar sport to'garagiga qatnashmaydi.
D) Maktab oshxonasida qanday ovqat sotilishi kelishib olingan.
21. Kubada yiliga 10 million quti sigaret chekiladi.
🗣 Hose: ,, Agar har bir qutiga 1 dollar qo'shimcha soliq solinsa, davlat g'aznasiga 10 million dollor daromad kelar edi."
❓ Hosening gapidagi xatolikni ko'rsating.
A) Soliqlarni hamma o'z vaqtida to'laydi.
B) Sigaret qimmatlasa, chekish keskin kamayadi.
C) Sigaret Kubaga chetdan ham olib kelinadi.
D) Kubada erkaklar ayollardan ko'proq chekadi.
22. Davron: ,, Yaqindagi so'rovnomaga ko'ra, ko'pchilik oshxona jihozlarini erkaklar sotib olishi ma'lum bo'ldi. Aslida, erkaklar oshxonada ko'proq vaqt o'tkazar ekan-ku."
❓ Davronning gapidagi xatolikni ko'rsating.
A) Erkaklar taomni ayollarga qaraganda ko'proq yaxshi ko'rishadi.
B) Davron so'rovnoma qayerda o'tkazilganini aytmagan.
C) Erkaklar oshxona jihozlarini ayollar uchun sotib olishadi.
D) Davron qaysi oshxona jihozlari sotib olinganligini ko'rsatib o'tmagan.
23. Garchi piyodalar kesib o'tadigan yo'laklarda zebra chiziqlari chizilib, yoritgich chiroqlari o'rnatilgan bo'lsa-da, bu chorrahalarda oddiy piyodalar o'tish joylariga nisbatan ko'proq piyodalar avtohalokatga uchramoqda. Demak, chorrahalardagi qo'shimcha choralar befoyda ekan.
❓ Yuqoridagi fikrlashda nega xatolik mavjud deyish mumkin.
A) Maxsus belgilar bilan jihozlangan piyoda yo'laklari eng xavfli yo'laklardir.
B) Piyodalar o'tish joylaridagi samarasiz belgilar uchun ketgan pullar tekshiriladi.
C) Muhokamada aytib o'tilgan choralardan tashqari arzonroq choralar ham bor deb hisoblanmoqda.
D) Zebra chiziqlar va yoritgichlardan boshqa piyodalar xavfsizligini ta'minlaydigan yo'l yo'q deb hisoblangan.
17.07.2022 gacha
Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin