A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Samyayev

Alp burmalanishi — Yer tarixining kaynozoy erasida ro`y bergan 
burmalanish. Nomi shu burmalanishda vujudga kelgan Al`p tog`lari nomidan 
olingai. A. b. davrida hozirgi mavjud ko`p yosh tog` tizmalari hosil bo`lgan. Bular 
ikki tog` mintaqasini tashkil etadi: Al`p-Himolay (Pireneya, Andalusiya, Atlas, 
Apennin, Al`p, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindikush, Himolay, 
Birma) va Tinch okean (Koryak, Kamchatka, Saxalin, YApon, YAngi Gvineya, 
Yangi Zelandiya, Antarktida yarim oroli, And, Kordil`era) tog`lari mintaqalari. 


55 
Antekliza (yunoncha anti — qarshi va klisis— og`ish)—platformalarda yer 
po`stining salgina ko`tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar. 
Kengligi bir necha yuz km ga etishi mumkin. Yer po`stining uzoq vaqt davomida 
asta-sekin ko`tarilishi natijasida hosil bo`ladi. 
Antitsiklon (yunoncha anti - qarshi, syklon - aylanuvchi)— atmosferada ro`y 
beradigan katta girdob. Havo bosimidagi farqlar ta`sirida shamollar A. markazdan 
chekkaga tomon yo`naladi. Lekin Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi ta`sirida 
shamol Shimoliy yarimsharda o`z yo`nalishini o`zgartirib, soat mili xarakati 
yo`nalishida, Janubiy yarimsharda teskari yo`nalishda esadi. A. soatiga o`rtacha 30 
km –tezlikda siljiydi. O`rta Osiyoda tezroq — yozda soatiga 49 km, qishda 60— 65 
km tezlikda g`arbdan sharqqa tomon siljib boradi. A-da ko`pincha havo ochiq, 
kechasi salqin, kunduzi iliq bo`ladi. 
Ariq — daryo, soy, kanal va boshqalardan sug`orish, suv bilan ta`minlash va 
boshqa maqsadlarda inson kuchi bilan chiqarilgan shoxobcha. Ba`zi qadimgi 
kanallar hozir ham A. deyiladi. Chunonchi, Zaxariq, Jilvonariq, Kaykovus arig`i, 
Damariq va hokazo. Ekinlarni sug`orish uchun tortilgan jo`yaklar ham ba`zan A. 
deyiladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin