Garmsel (tojikcha garm — issiq, sel— oqim) — O`rta Osiyo va Janubiy
Qozog`istonda yilning iliq davrida esadigan issiq, quruq shamol.
Geyzer (islandcha geyzir — otilmoq) — yer osti bo`shliq va yoriqlaridan
vaqt-vaqti bilan issiq suv va bug` otib turuvchi buloq. Vulkan harakatlari
so`nayotgan o`lkalarda bo`ladi.
Geografik qobiq (landshaft qobig`i)—Yerning litosfera, gidrosfera,
atmosferalar tutashib va bir-biriga ta`sir etib hosil qilgan bir butun qobig`i, inson
yashaydigan va faoliyat ko`rsatadigan muhit.
Geotektonika (geo — Yer, tektonika — qurilish) (Yerning qurilishi)
geologiyaning Yer po`sti (tuzilishi), harakati, o`zgarishi va rivojlanishini
o`rganuvchi tarmog`i.
Geofizika (yunoncha geo — Yer, fyuzis — tabiatshunoslik asosi) — Yerning
ichki tuzilishini, geografik qobiqlarda (atmosfera, gidrosfera, Yer po`sti, mantiya,
Yer mag`zida) ro`y beradigan jarayonlarni o`rganuvchi fanlar turkumi.
Geoekologiya — ekologiyaning yuqori bosqichdagi ekosistemalarni,
(geosistemalarni) shu jumladan biosferani ham tadqiq etuvchi bo`limi. G-ni
landshaft ekologiyasi, biogeotsenologiya deb ham yuritiladi.
Gertsin burmalanishi — paleozoy, erasining devon davri o`rtalaridan
mezozoy erasining trias davri o`rtalarigacha, davom etgan tog` hosil bo`lish
bosqichi.
Gidrosfera (yunoncha gidro — suv, sfera — shar)—Yer sharining okean va
dengizlar, daryo va ko`llar, qor va muzliklar, atmosferadagi suvlar va yer osti
suvlaridan iborat suv qobig`i. Gidrosferaning 96,5% i okean va dengizlarga, 17% i
yer osti suvlariga, 1,7%.i muz va qor suvlariga to`g`ri keladi. Bundan tashqari,
atmosfera va tirik organizmlar tarkibida oz miqdorda suv bor. Gidrosferaning
umumiy hajmi 1386 mln. kub km.
58
Globus (lotincha globus — shar)—Yer sharining modeli, kichik nusxasi.
Globus butun Yer yuzasini, uning geometrik shakllari o`xshashligini va
maydonlar nisbatini saqlagan holda tasvirlaydi.