A. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika universiteti,matematika va informatika fakulteti 116-22-guruh talabasi Bolbekov anorboyning umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan



Yüklə 479,02 Kb.
tarix20.12.2023
ölçüsü479,02 Kb.
#187425
Bolbekov Anorboy

A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika UNIVERSITETI ,MATEMATIKA va informatika FAKULTETI 116-22-guruh talabasi Bolbekov anorboyning umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan

      • A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika UNIVERSITETI ,MATEMATIKA va informatika FAKULTETI 116-22-guruh talabasi Bolbekov anorboyning umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan
  • TAQDIMOTI

Mavzu: Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
Reja:
  • Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha.
  • Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar.
  • Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi.

.Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi;
2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish
jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish;
4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.
Pedаgogik tаdqiqot metodlаri — bu ilmiy nаzаriyаlаrni qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir.
Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа, fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz.Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh, I nduksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish, modellаshtirish; sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik metodlаr: sotsiometriyа, test, trening; mаtemаtik metodlаr.
Pedаgogik tаdqiqot metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi.
Tаdqiqotning nаzаriy metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib, hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdiPedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar.
Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.
Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, ahloq, san‘at, ta‘lim- tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa.
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarining tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarining o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va ahloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.
4. Qarama-qarshi tomonlarni, an‘analarni, qarashlarni va fikrlarni aniqlash va ochish jarayonida tarbiya va ta‘limda turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.
"Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi. “Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin”.
1. Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi."
"Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari bor. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:
a) suhbat savollarini oldindan belgilash;
b) vaqti va joyini belgilash;
v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
d) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;
e) sergak va bachkana bo‘lmaslik;
j) suhbatdosh haqida biografik ma‘lumotga ega bo‘lish;
z) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish. Suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining amalda bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayotdagi faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas‘uliyatini oshirishga imkon beradi. Maktab hujjatlarini; rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta‘limga doir hisob va hisobot; dars jadvali; o‘quvchilar tarkibi soni; sifati; ta‘lim- tarbiya ishlarini taqsimlash; o‘quvchilarning delolari; sinf jurnallari; o‘quvchining kundalik daftarlari; buyruqlar daftarlari; pedagoglar kengashi qarorlari daftari; maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va hokazolar.Hujjatlarni tahlil qilishda o‘quvchilar kontingentining o‘sishi va kamayishi tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, rag‘batlantirish va jazolash choralarini to‘g‘ri tashkil qilinishiga, maktab pedagoglar tarkibiga va maktabning o‘quv - moddiy bazasiga alohida e‘tibor beriladi."
"Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi.
E’tiboringiz
    • Uchun

Raxmat!!!
    • Tahsakur

Yüklə 479,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin