A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta


 – mavzu Meyordagi va patologik rivojlanish nazariyasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix03.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
NUTNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI FANIDAN MAJMUA (1)

2 – mavzu Meyordagi va patologik rivojlanish nazariyasi 
Reja
1. Rivojlanish tushunchasi. Bosqich va davrlar.
2. Senzitiv davr hususiyatlari.
3. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari. 
Adabiyotlar 
1. Mamedov K.K., SHoumarov E.B. Akli zaif bolalar psixologiyasi. Ukuv 
kullanma. T.: Ukituvchi, 1994. 
2. Petrova V.G., Belyakova I.V. Psixologiya umstvenno otstalыx 
shkolьnikov. -M.: ASAMEDIA, 2004. 
3. Mo‗minova L., Amirsaidova Sh. va boshqalar. Maxsus psixologiya. - T.: 
O‗zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2013. 
Patologiya (yun. pathos — kasallik va..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot 
sohasi; kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va 
oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari 
umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada 
oʻrganiladi. 
Me‘yor - jamiyat a‘zolari tomonidan qabul qilingan, ma‘qullangan va ularga 
tushunarli bo`lgan til birliklari-ning nutq jarayonida qo`llanish holati va 
imkoniyatidir.
Norma (me‘yor) tushunchasi tilshunoslikda ko‘pincha ikki ma‟noda
tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va
mustahkamlangan, ikkinchidan, norma deb grammatikalarda, lug‘atlarda, 
qo‘llanmalarda tavsiya qilingan yetakchi yozuvchi va shoirlar asarlaridan 
keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingan va mustahkamlangan qoida 
tushuniladi.
Psixik rivojlanish va bu o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan kuchlar o‘rtasidagi 
munosabat qonunlarini o‘rganish yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik 
psixologiya fanining muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Rivoj termini 
ostida inson tanasi va xulqni organizimning biologik kelib chiqihi vaqt o‘tishi bilan 
bog‘liq xoldagi o‘zgarishi tushinilani. Inson xayoti yo‘liga e‘tibor qaratadigan 
bo‘lsak, inson rivoji uning individual biologik rivojlanishi xususiyatiga bog‘liq
bo‘lib u quydagicha davirlashtirilgan. 
Prenetal davri – chatishtirilgandan to tug‘ilganiga qadar davr 
Chaqaloqlik – tug‘ilganidan to 18 – 24 oygacha 
Ilk ikki yillik xayot (todlerlar davri) – 12 – 15 oydan 2 – 3 


17 
yoshgachan 
Ilk bolalik – 2- 3 yoshdan 5 – 6 yoshgachan 
O‘rta bolalik – 6 yoshdan taxminan 12 yoshgachan 
O‘smirlik va o‘spirinlik davri - taxminan 12 yoshdan 18- 21 
yoshgachan
Erta katta yoshlik – 18 – 21 yoshdan 40 yoshgachan
O‘rta katta yoshlik – 40 dan to 60 – 65 yoshgachan 
Kechki katta yoshlik – 60 – 65 yoshdan vafotiga qadar 
Rivojlanish bizning xayotimizda Urug‘langan xujayralik davridan boshlanib 
xayotimiz mobaynida davom etadi. Ayniqsa unga bog‘liq xoldagi o‘zgarishlar 
o‘smirlik davri yaqol nomoyon bo‘ladi. Bu yuqoridagi jadival rivojlanish 
davirlarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va u ma‘lum muddatgacha 
chegaralangan. Birinchi davirlarda qisqaroq va rivojlanish davomiyligiga qarab 
keyingi davirlarda davomiyli. Shuni xisobga olish joyizki, jadivalda keltirilgan 
davirlar asosan industirial madaniyatli insonlarga xosdir. Masalan, jadvalda qayd 
etilishicha o‘smirlik va o‘spirinlik davri bundan xam kvproq davrni qamrob olishi 
mumkin. Biroq ba‘zi jamoaalarda agar uzoq ta‘lim davriga extiyoj bo‘lsa, yoki 
davlat qashshoq bo‘lsa, o‘smirlik davri qisqarib ketishi mumkin, puperdat davriga 
kirish bilan 2 – 4 yilda tugashi mumkin. Shuning uchun biz keltirgan davriy rivoj 
jadvalini unversal deb aytib bo‘lmaydi.
Xar bir davrda kuzatiladigan o‘zgarishlarni 4 asosiy yo‘nalishlarga ajiratish 
mumkin: 1. jismoniy rivoj. 2. Kognitiv va nutqiy rivoj. 3. Shaxs rivoji. 4. Ijtimoiy 
madaniy rivoj.
Jismoniy rivojga - tanatuzulishi, miya strukturalari, sensorli qobilyatlar va 
motorldi ko‘nikmalar kiradi. 
Kongtiv rivojlanishga – bilish, tafakkur, masalalar yechish, va sh.k shuningdek til 
bilishdek qiyin jarayonlarni qamrab oladi.
Shaxsiy xarakteristikalarni rivoji – shaxsi unikallik xisini va barqaror qirralarga 
ega ‗o‘lishi bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy madaniy – tomoni ijtimoiylashuv, masalan yosh bolaga, kattalarga salom 
berish jarayonini o‘rgatish, ya‘ni jamiat talabiga ko‘ra faoliyat yurgizishni 
o‘rgatishda iborat. 
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g‘oyalar bilan 
yo‘g‘rilgandir. 
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy usishi o‘zining ichki qonunlari asosida 
rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Ta‘lim - bu aqliy etilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki 
syokinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan etilish jarayoniga hech qanday 


18 
jiddiy ta‘sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta‘lim rivojlanish qonunlariga buysunishi 
kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr 
yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Ta‘limning turli bosqichlari bolaning tegishli 
psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshidan qat‘iy nazar 
bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi. 
Ta‘kidlash joizki, ta‘lim etakchi rol‘ni bajaradi, ta‘lim va rivojlanish esa o‘zaro bir-
biriga bog‘liqdir; ular alohida sodir bo‘ladigan ikki jarayon bo‘lmay, balki bir 
butun jarayondir Ta‘limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta‘lim 
rivojlanishga turtki bo‘ladi, rivojlanishni o‘z ortidan ergashtirib boradi. Zarur 
sharoit tug‘ilganda ta‘lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli 
aqliy rivojlanish uchun zamin bo‘ladi, lekin, ta‘lim rivojlanishga turtki bo‘lish 
bilan bir vaqtda o‘zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining 
xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini albatta, inobatga oladi. 
Ta‘limining imkoniyatlari juda keng bo‘lsa-da, biroq cheksiz emas. Yirik rus 
psixologi L.S.Vigotskiy ta‘lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon 
nuqtai-nazaridan 
yondashib, bilimlarni o‘zlashtirish insoniyatning tarixi 
taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta‘kidlaydi. U 
olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko‘ra, 
psixik faoliyat taraqqiyot uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli 
alomatlar bilan avval tashqi, so‘ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» 
shaklini egallash tushuniladi, 
Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan «psixik 
taraqqiyotning eng yaqin zonasi‖ tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning 
asl mohiyati, bolaning mustaqil faoliyat kattalar bilan hamkorlikda, uning 
rahbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan «psixik 
taraqqiyotning eng yaqin zonasi» tushunchasi «ta‘lim taraqqiyotdan oldinda 
boradi» degan umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat 
yaratadi, 
E.Torndayk va J.Piajening ta‘lim bilan taraqqietni ayni bir narsa deb 
tushuntirishiga qaramay L.S.Vigotskiy: «.Bola taraqqiyotinn hech mahal maktab 
ta‘limidan tashqaridagi soya deb hisoblash mumkin emas», - deb ta‘kidlaydi. 
Bundan tashqari, ta‘lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo‘lmagan jarayonlardir, 
degan yunalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy 
ta‘limning bola taraqqiyotidagi o‘rniga alohida ahamiyat beradi, shuning uchun 
o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi tug‘ridan-to‘g‘ri maktab dasturi mazmuniga 
bog‘liq ekanligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha-ta‘lim jarayonida bolalar ma‘lum 
qoida asosida faoliyat qilishga odatlanadilar. Ta‘lim ta‘siri natijasida o‘quvchilarda 
o‘z-o‘zini va o‘zining aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi. Psixolog-


19 
olimlardan V.V.Davidov, P.YA.Gal‘perin, D.B.El‘konin, N.A.Menchinskaya, 
A.A.Lyublinskaya, E.G.G‘oziyevaar o‘z tadqiqotlarida ta‘limning taraqqiyotdagi 
etakchi rol‘ini ta‘kidlashadi. 
Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda ham, 
psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarning manbalari, psixik rivojlanishni 
harakatta keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat, degan savolning tugilishi, 
tabiiydir. 
Bolaning psixik rivojlanishini harakatlar keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-
tumandir. Rivojlanishning mohiyatini qarama-qarshiliklar ko‘rashidan, ichki 
ziddiyatlar bolaning, psixik rivojlanishini bevosita harakatta keltiruvchi kuchlar, 
ta‘lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik 
va yangilik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, 
masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni 
qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o‘sib borayotgan jismoniy 
va ruhni imkoniyatlari bilan esa, tarkib topgan o‘zaro munosabat shakllari va 
faoliyat turlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan 
kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur 
darajasi o‘rtasidagi ziddiyatlar qiradi. 
Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga 
nisbatan bo‘lgan tayyorlik bilan xatti-harakatlarning mavjud vaziyatga yoki 
bevosita ichki kechinmalarga bog‘liqligi o‘rtasida ziddiyat mavjuddir o‘smirlarda 
esa eng kuchli ziddiyatlar bir tomondan, uning o‘ziga, o‘zi baho berishi va o‘z 
talablari darajasi va ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo‘lgan 
munosabatlari haqidagi ichki kechinmasi o‘rtasida.Shuningdek,o‘zining jamoadagi 
real mavqei tug‘risidagi ichki kechinmasi o‘qishsida; katta odamlar hayotida to‘la 
huquqli a‘zo sifatida qatnashiti ehtieji bilan bunga o‘z imkoniyatlarining mos 
kelmasligi o‘qishsida paydo bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik faoliyatlarni 
tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Natijada bola psixik rivojlanishning yanada 
yuksakroq bosqichiga ko‘tariladi. Ehtiyoj qondiriladi - ziddiyat yo‘qoladi. Biroq 
qondirilgan ehtiyoj, yangi ehtiyojni tug‘diradi. Bu ziddiyat boshqa bir ziddiyat 
bilan almashinadi, taraqqiyot davom etadi. 
Rivojlanish faqat sof miqdor o‘zgarishlari jarayonidan, ya‘ni qandaydir psixik 
hodisalarning, xususiyat va sifatlarning kupayishi yoki kamayishidan iborat bo‘lib 
qolmay, balki sifat jihatdan yangi xususiyatlarning, ya‘ni yangidan hosil qilingan 
sifatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘likdir. 
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib 
ko‘rsatmoqdalar. Biroq muhit ta‘siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, 


20 
chunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va 
tarbiyaga bog‘liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda 
psixik rivojlanishning notekisligi qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har 
qanday sharoitda, hatto ta‘lim va tarbiyaning eng qo‘lay sharoitlarida ham 
shaxsning turli psixik belgilari, funktsiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta 
darajasida to‘xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu 
yo‘nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda qulay sharoitlar paydo bo‘ladi va bu 
sharoitlarning ba‘zilari vaqtinchalik, o‘tkinchi xarakterda bo‘ladi. U yoki bu psixik 
xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo‘lgan ana 
shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (L.S.Vigotskiy, A.N.Leont‘ev). 
Bunday senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan etilgan 
qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham 
sabab bo‘ladi. 
Shunday qilib, bolaning, maktab o‘quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab 
taraqqiyot jarayonidir. 
Shveytsariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funktsiyalari 
hamda uning davrlari haqidagi ta‘limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy 
vazifalari, moslashish va ko‘nikishdan iborat bo‘lib, bu uning doimiy vazifalar 
turkumini tashkil etadi. 
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
1.sensomotor intellekti-tug‘ilgandan 2 yoshgacha; 
2.operatsiyagacha tafakkur-davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; 
3.aniq operatsiyalar davri-7,8 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
4.rasmiy operatsiyalar davri. 
Frantsuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga. ajratadi:
1) homilaning ona qornidagi davri;
2) impul‘siv harakat davri - tug‘ilgandan 6 oylikkacha;
3) his-tuyg‘u davri (emotsional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha; 
4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg‘unlashuvi) davri 1 yoshdan 3 
yoshgacha; 
5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; 
6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha;
7) jinsiy etilish va o‘spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. 
Rus 
psixologiyasidagi 
yosh 
davrlarini 
tabaqalash 
muammosi 
dastlab 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Anan‘ev singari yirik psixologlarning asarlarida 
o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi 
ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o‘zining kelib chiqishi, 


21 
Ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan 
keskin farq qiladi, Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza 
yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning 
mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. 
L-S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy 
tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga 
tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; 
1. Chaqaloqlik davri inqirozm. 
2. Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz. 
3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. 
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 
6. Pubertat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz. 
L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, 
ta‘riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida Ilmiy va amaliy 
ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha 
munozarali, bahodi o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh 
davrlarini tabaqalash nazariyasi Ilmiy garixiy ahamiya-1ta ega, uning rivojlanishni 
amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olga surgan g‘oyalari 
hozirgi kunning talablariga mosdir. 
D.B.El‘koninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leont‘ev) nazariyasiga, har qaysi 
rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi, 
Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi rol‘i, nazariyaning 
asosiy mohiyatini tashkil qiladi. 
D.B.El‘konin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi: 
1. Go‘daklik davri - tug‘ilgandan 1 yoshgacha - etakchi faoliyat -bevosita 
emotsional muloqot; 
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - etakchi faoliyat -predmetlar bilan 
nozik harakatlar qilish; 
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rol‘li o‘yinlar; 
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o‘qish; 
5. Kichik o‘smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, 
samimiy) muloqot; 
6. Katta usmirlik yoki ilk uspirimli davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - 
etakchi faoliyat - o‘qish, kasb tanlash davri. 
D.B.El‘konin tasnifini ko‘pchilik psixologlar tomonidan e‘tirof etilsa-da, biroq 
uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.El‘koninning 


22 
mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida 
muhim urin to‘tadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson 
kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi 
davrlarni atroflicha ifodalaydi; 
1. Chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan bir oylikkacha; 
2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 
4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 
5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
6. O‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha: 
7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha. 
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutetskiy insoning 
ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta‘kidlaydi: 
1. Chaqaloqlik (tug‘ilgandan 10 kunlikkacha); 
2. Go‘daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 
4. Bog‘chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 
5. Bog‘cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 
7. O‘smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 
8. Ilk o‘spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi
har ikkala tasnif puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan 
yondashilganligidan qat‘iy nazar inson kamolotini to‘la ifodalab berishga ojizlik 
qiladi. 
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida 
ko‘proq ma‘lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, Yetuklik qarilik davrlarining 
xususiyatlari, qonuniyatlari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma‘lumotlar etishmaydi. 
Shunga qaramay ular o‘qish maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, 
shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, 
shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta‘kidlaydi: 
1, Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oyadingi davr) -
tug‘ilganidan 3 yoshgacha. 
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, 
4. O‘rta maktab yoshi (usmirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha- 


23 
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo‘lsa-da, kamolotning oraliq bosqichlarini, 
ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Baholanki, usish ijtimoiy 
qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar, har ikkala 
yo‘nalishning ham oraliq jabhalari bo‘lishy ehtimoldan holi emas. 
Ma‘lumki, har bir yosh davr, o‘ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bo‘larga: 
oilada va maktabda bola holatining o‘zgarishi, ta‘lim va tarbiya shakllarining 
o‘zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim 
xususiyatlarning etilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin. 
Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuhtai nazardan tabaqalash 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Ilk bolalik davri -tug‘ilgandan 3 yoshgacha; 
2. Bog‘cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha; 
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha; 
4. O‘rta maktab yoshi (usmirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha; 
5. Ilk o‘spirinlik (kollej va litsey o‘quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha. 
Umuman, psixologlar tomonidan esh davrlarini 
tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan qator 
nazariyallari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni 
yoritishga katta hissa qo‘shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda 
muhim o‘rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo‘lsada, hozir ontogenezni to‘la 
yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir. 
Ma‘lumki psixikaning irratsional tarkibiy qisimlari mavjud. Ematsiya mayl 
yordamida shaxsni xulqini tahlil qiluvchi nazariyalar psixodinamika deyiladi. Bu 
nazariyalarning yirik nomoyondalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. 
uning inson umrini o‘ziga xos betakror xususiyatilariga molik 8 ta davrga ajiratadi:
1 davr. Go‘daklikda tashqi dunyoga ongsiz «ishonch» tuyg‘usi vujudga keladi. 
Buning bosh sababi ota – onaning mexr muxabbati, g‘amxorligi
va jonkuyarligidir. 
2 davr. Bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadir - qimmat tuyg‘uchi 
shakillanadi yoki aksincha ularning teskarisi uyat va shubxa
xosil bo‘ladi. 
3 davr. O‘yin yoshi deb ataladi va unga 5 – 7 yoshli bolalar kiradi. Bu davrda 
tashabus tuyg‘usi qandaydir ishlarni amalga oshirish ajralish mayli tarkib topadi. 
Mabodo boladagi xoxish istakni ro‘yobga chiqarish yo‘li to‘sib qo‘yilsa buning 
uchun u o‘zini aybdor deb 
xisoblaydi. 


24 
4 davr. Maktab yoshidagi boladagi asosiy o‘zgarishlar ko‘zlagan mAqsadiga 
erishishi uchun intilish, udaburonlik va tirishqoqlik Bilan ajiralib turadi. Uning eng 
muxim qadriyati omilkorlik va 
maxsuldorlikdan iborat. 
5 davr. O‘spirinlik betakror xislatlar, o‘ziga xosligi boshqa odamlardan keskin 
farqlanishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, o‘spirinlik shaxs sifatida noaniqligi 
muayan ro‘lni uddalamasligi, qattiyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. 
6 davr. Yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuvi qobilyati va extiyoji 
vujudga kelishi bilan ajiralib turadi. Bunda
ayniqsa jinsiy mayl aloxida o‘rin tutadi.
7 davr. Yetuklik davrida xayotiy faoliyatni barcha soxalaridan maxsuldorlik 
tuyg‘usi uzluksiz xamrlx bo‘ladi va ezgu niyatlarning
amalga oshishida turtki bo‘ladi.
8 davr. qarilik o‘inson sifatida o‘z burchini uddalay olganidan, qanoatlanish 
tuyg‘ulari bilan xarakterlanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa xayot faoliyatidan 
noumidlik, ko‘ngil sovush tuyg‘ularni
aytish mumkin. 
E.Shpranger o‘spirinlik davri psixologiyasi nomli asarida bu davrga 19 – 13 yoshli 
qizlarni, 14 – 22 yoshli yigitlarni kiritishni
tavsiya qilgan.
E.Shpranger, 
A.Maslou 
va 
boshqalar 
personologik 
nazariyaning 
yirik 
nomoyondalaridan xisoblanadilar. Kongnetivistik yo‘nalishining asoschilari 
qatorida J.Piadje, J.Kelli va boshqalarni keltirish mumkin. J.Birren yosh davrlarni 
quyidagicha 
tassavur etadi. 
1.Go‘daklik tug‘ilganida 2 yoshgacha 
2. Maktabgacha 2 yoshdan 5 yoshgacha 
3. Bolalik 5 yoshdan 12 yoshgacha 
4. O‘spirinlik davri 12 yoshdan 17 yoshgacha 
5. Ilk yyetuklik 17 – 20 yoshgacha 
6. Yetuklik 20 – 50 yoshgacha
7. Yetuklikni oxiri 50 – 75 yoshgacha
8. qarilik 76 yoshdan yuqorisi 
L.S.Vigotiskiy psixologdarning yosh davrlarni tabaqalash nazariyalarni tanqidiy 
taxlil qilib muayan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib 
yosh davrlarni quyidagicha
bosqichlarga ajiratadi.
1. Chaqaloqlik davri inqirozi 


25 
2. Go‘daklik davri 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz 
3. Ilk bolalik davri 1 – 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqiroz 
4. Maktabgacha davr 3 – 7 yoshgacha 7 yoshdagi inqiroz 
5. Maktab yoshi davri 8 – 12 yoshgacha 13 yoshdagi inqiroz 
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri 14 – 18 yoshgacha 17 yoshdagi inqiroz. 
Har qanday fanning ajralib chiqishi va mavjudligining majburiy sharti
undagi o‗z tushunchani darajalash apparatining mavjudligidir. Logopediyada 
nutq normalari va uning buzilish tushunchasini farqlash muhimdir. Nutq
normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul
qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning
psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo'ladi. Nutq buziiishlari gapiruvchi 
shaxsning ma‘luni til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda
ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlaming zaiflashuviga bog'liq holda til
normalaridan chetlashuvi bilan bclgilanadi. Kommunikativ nazariva nuqtayi
nazaridan qaraganda, nutq buzulishlari bu aloqa vositasiniilg buzilishidir.
Bunda individ bilan
jamiyat orasidagi nutqiy muomalada ko'zga tasblanadigan o'zaro
munosabatlaming buzilgaui ma‘lum bo'ladi. 
Nutq buzulishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
1) so'zlovchining yoshiga nomuvollqlik xususiyati; 
2) shevachilik, nutqiy savodsizlik. ti! bilmaslikning itbdasi bo'lmagan
xususivatlar; 
3) nutqning psixofiziologik mcxanizmlaridagi chetlashish bilan bog'liq
bo'lgan xususivatlar; 
4) o'z-o'zidan vo'qolmaydigan, balki mustahkanilahadigan barqaror
xususivatlar; 
5) nutq buzilishining xaraktcriga bog'liq holda aniq logopedik ta‘sir
etishni talab qiluvchi xususivatlar; 
6) bolaning keyingi psixik rivojlanishiga tez-tez salbiy ta‘sir
o‘tkazadigan xususivatlar. 
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shahsining 
shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-
irodaviy sohaning o‘ziga hos hususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning harakteridagi 
salbiy 
fazilatlar 
(tortinchoqlik, 
qat'iyatsizlik, 
odamovilik, 
salbiylik, 
nomukammallik tuyg‘usi) ning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin. 


26 
Bolarning barchasi savodhonlikni egallashga, umuman o‘zlashtirishga, kasb 
tanlashga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Demak, logopediyaning ahamiyati bolaning 
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama 
rivojlanishini ta'minlashdan iboratdir. 
Nutqiy sistema bosh miya a'zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri 
nutq faoliyatining o‘ziga hos vazifasini bajaradi. 
A.R.Luriya miya faoliyatini uchta funktsional blokka ajratadi. 
Birinchi blok bosh miya po‘stlog‘i osti (yuqori stvol va limbik oblast) 
haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va 
uning tetiklik holatini ta'minlaydi. 
Ikkinchi blok – orqa miya qatlami katta yarim sharlari bolaklarini o‘z ichiga 
oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi ahborotlarini qabo‘lqiladi, qayta ishlaydi va 
saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati 
hisoblanadi. 
Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. 
Birlamchi doira – miya qatlamining proektsion doiralaridir, uning neyronlari juda 
ham yuqori darajada o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi 
a'zolaridan sezgi ahborotlarini qabo‘lqilish hodisasi yuz beradi. 
Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar 
qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qo‘zg‘alishlarni tahlilqiladi. 
Ikkilamchi doiralar, birlamchi doiralar kabi, o‘zining ihtisosiy modalligi (ko‘rish, 
eshitish va boshqa doiralar) ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu 
analizator (ko‘rish, eshitish va boshqalar) ning bosh miya qatlami birikmasini 
o‘zida namoyon etadi. 
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bo‘linmalarini o‘zgartirish 
doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi ahborotlarini tahlil, 
sintez, integratsiyaqilish vazifasini o‘taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning 
beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e'tiborni qaratish munosabatlari, 
murakkab logik-grammatik so‘zlar qurilishi haqidagi bilimlar bilan ish ko‘rishga 
o‘tish sodir boladi. 
Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig‘ining oldingi bo‘limlari (motor, 
motor oldi va old frontal soha) doirani o‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini 
rejalashtirish, moslashtirish va nazoratqilishni ta'minlaydi. U shuningdek miya 
qobig‘i ostidati a'zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular 
faoliyati oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. 
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga 
keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, mahsus o‘ziga hos 
hususiyati bilan ishtirok etadi. 


27 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin