A quchqorov, sh. Ismailov


-§. Qoldiqli bo’lish. Qoldiqlarning hossalari



Yüklə 289,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix02.05.2023
ölçüsü289,98 Kb.
#106177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mantiqiy masalalar 40

3-§. Qoldiqli bo’lish. Qoldiqlarning hossalari 
 
1. 5 ga bo’lganda qoladigan qoldiqlar uchun qushish va ko’paytirish jadvalini 
tuzing. 
2. a) Agar a soni 5 ga bo’lganda 3 qoldiq qolsa, 2a ni 5 ga bo’lgandagi qoldiqni 
toping. b) Agar a sonini 7 ga bo’lganda 5 qoldiq qolsa, 13a ni 7 ga bo’lgandagi 
qoldiqni toping. 
3. 2000·2001·2002·2003 – 24 sonining a) 1999 ga b) 2004 ga bo’linishini 
isbotlang. 
4. 2004·2005·2006+6 sonining 2007 ga bo’linishini isbotlang. 
5. To’la kvadratni (butun sonning kvadrati) 3 ga bo’lganda qanday qoldiq qolishi 
mumkin.  
6. Ikkita to’rt orasiga bir nechta uchlar va nollarni joylashtirib, to’la kvadrat hosil 
qilish mumkinmi?  
7. Ikkita butun sonning kvadratlari yig’indisi to’la kvadrat. Bu sonlardan kamida 
bittasi 3 ga bo’linishini isbotlang.  
8. To’la kvadratni 4 ga, 5 ga, 7 ga bo’lganda qanday qoldiq qolishi mumkin?
9. a) ikkita b) uchta toq sonlar kvadratlarining yig’indisi butun sonning kvadratiga 
teng bo’la oladimi?  
10. Ettita sondan ixtiyoriy 6 tasining yig’indisi 5 ga bo’linishi ma’lum. Ularning 
har biri 5 ga bo’linishini isbotlang. 
9


11. Sarvar o’yinchoq askarlarni o’ynayapti. Dastlab o’yinchoqlarni juft-juft qilib 
joylashtirishga urindi, ammo bitta ortib qoldi. So’ngra Sarvar o’yinchoqlarni 3 
tadan joylashtirmoqchi bo’ldi. Unda ham bitta o’yinchoq ortib qoladi. Agar u 4 
tadan, 5 tadan, 6 tadan joylashtirmoqchi bo’lsa ham bitta ortib qoladi. Oxiri 7 
tadan safga joylashtirishga erishdi. Agar Sarvardagi o’yinchoqlar soni 1000 
tadan kam bo’lsa, unda nechta o’yinchoq bo’lishi mumkin?  
12. a) Quyon o’rmonda aylanib yurib, bo’riga duch keldi. Bo’ri quyonga – agar, 1 
minut ichida ikkining bir xil raqam bilan tugaydigan ikkita darajasini aytsa
uni emasligini aytdi. Quyonga yordam bering. b) Bo’ri quyonga ikkining ikkita 
bir xil raqam bilan tugaydigan darajasini topsa uni qo’yib yuborishini, agar 
uchta bir xil raqam bilan tugaydigan darajasini topsa, uni umuman 
quvlamasligini aytdi. Quyon bunga erisha oladimi? 

Yüklə 289,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin