e) Xamma raqamlari bir xil juftlikka ega bo’lgan chiptalar soni nechta?
f) Hech bo’lmaganda bitta toq raqami bor bo’lgan chiptalar soni nechta?
g) 7 raqami qatnashgan chiptalar soni nechta?
h) 7 va 0 raqamlari qatnashmagan chiptalar soni nechta?
i) 7 raqami qatnashgan va 0 raqami qatnashmagan chiptalar soni nechta?
4. Yozuvida 4 va 5 raqamlari ketma-ket keladigan va hamma raqamlari turlicha
bo’lgan o’n xonali sonlar nechta?
5. Birinchi va oxirgi uchta raqamlarining yig’indisi 15 ga teng bo’ladigan avtobus
chiptalarining soni nechta?
6. Ixtiyoriy 2 ta raqami ketma-ket kelgan sonlarda iborat bo’lgan o’n xonali sonlar
nechta?
7. Sinfda 35 o’quvchi bor. Ulardan 20 tasi matematika to’garagiga, 11 tasi
biologiya to’garagiga qatnashadi. 10 tasi esa hech qaysi to’garakga
qatnashmaydi. Nechta o’quvchi ham biologiya, ham matematika to’garagiga
qatnashadi?
8. Quyidagi
shartni qanoatlantiruvchi, 100 dan kichik butun musbat sonlar nechta?
a) 2 ga ham, 3 ga ham bo’linadi;
b) 2 ga bo’linadi, lekin 3 ga bo’linmaydi;
c) 3 ga bo’linadi, lekin 2 ga bo’linmaydi;
d) yoki 3 ga, yoki 2 ga bo’linadi;
e) 2 ga ham, 3 ga ham bo’linmaydi.
9. Uchta ishyoqmas 24 kv.m pol yuzini bo’yadi. Dastlab, birinchisi 10 kv.m polni,
2-si 8 kv.m polni qizil rangga bo’yadi va nihoyat 3-si 6 kv.m polni sariqqa
bo’yadi. Natijada ixtiyoriy 2 rang bilan ustma-ust 3 kv.m, uchchala rang bilan
ustma-ust 1 kv.m pol bo’yaldi. Polning necha kv.m qismi bo’yalmay qoldi?
Qizil rangga bo’yalgan polning yuzini toping.
.
2
2
8
, 14
м
м
21
10. Sayyohlar guruhi chet ellar bo’ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi
ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi
nemis tilini, 8 kishi ingliz va
fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki
kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi
uchta tildan hech birini
bilmaydi. Sayyohlarning umumiy sonini toping.
11. a) 100 dan kichik butun musbat sonlar orasida 2 ga ham, 3 ga ham, 5 ga ham
bo’linmaydiganlar nechta?
b) 1000 dan kichik butun musbat sonlar orasida 3 ga ham, 5 ga ham, 7 ga ham
bo’linmaydiganlar nechta?
12. Asliddin amaki 90 kunlik ta’tilini qishloqda o’tkazdi. Bunda u quyidagi
qoidalarga qat’iy amal qildi: xar ikkinchi kun (kun ora) cho’milishga, har
uchinchi kun do’kondan mahsulotlar sotib olishga bordi,
har beshinchi kun esa
bog’da ishladi. Birinchi kun Asliddin amaki hammasi bilan birdaniga
shug’ullandi va juda charchadi. Ta’til davomida nechta kun
a) “ yoqimli ” (bu kun u faqat cho’miladi);
b) “ zerikarli ” (hech qanday ish qilmaydigan kun.);
c) og’ir ( uchta ishni qilishi kerak bo’lgan kunlar) bo’ladi?
13. a) 200 dan kichik, yozuvida 1 va 2 raqamlarining ikkalasi xam qatnashadigan
nechta natural son mavjud. b)
Milliondan kichik, yozuvida 1, 2 va 3
raqamlarining uchalasi xam qatnashadigan nechta natural son mavjud.
14. Oltinchi sinf o’quvchilari 2 ta masala yechishdi. Dars oxirida Shokir
Qosimovich to’rtta ro’yxat tuzdi: 1 – birinchi masalani yechganlar, 2 – faqat
bitta masala yechganlar, 3 –
kamida bitta masala yechganlar, 4 – ikkala
masalani yechganlar. Ro’yxatlardan eng uzuni qaysi? Ikkita ro’yxat tarkibi
bo’yicha ustma-ust tushishi mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, qaysilari?
15. Shaxmat taxtasida 8 ta ruhni hamma katakalar hujum ostida qoladigan qilib,
nechta usulda joylashtirish mumkin?
16. a) 7 kishi; b)
n kishi nechta xil usul bilan navbatga turish mumkin.
22
17. 12 kishilik guruhdan a) sardor va o’rinbosarni; b) ikkita navbatchini nechta xil
usul bilan tanlash mumkin.
18. a) Raqamlari kamayish tartibida bo’lmagan nechta ikki xonali son bor?
b) Raqamlari o’sish tartibida bo’lganlari-chi?
c) Raqamlari kamayish tartibida bo’lgan nechta uch xonali son bor?
19. Raqamlari kamayish tartibida bo’lgan nechta sakkiz xonali son bor?
Raqamlari
o’sish tartibida bo’lganlari-chi?
20. Quyidagi raqamlardan ko’pi bilan bir martadan foydalanib nechta turli sonlar
yozish mumkin:
A) 1, 2, 3. B) 2, 3, 4, 5. C) 3, 4, 5, 6, 7?
21. 20 kishini necha xil usul bilan juftliklarga ajratish mumkin?
22. 28 ta qalamni necha xil usul bilan 4 qutiga 7 tadan joylash mumkin? 7 qutiga 4
tadan joylansa-chi?
23