A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

9.2.Xorijiy investitsiyalarni sug’urtalash
O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirishga katta e’tibor
qaratilib, investorlarga ko’maklashish va kafolatlar berish uchun ularga investitsiya,
soliq tizimida va bojxona to’lovlari sohalarida ma’lum imtiyozlar, sharoitlar va
kafolatlar tizimi shakllantirildi. Bunday tizimning tarkibiy qismi bo’lgan sug’urtaning
shakllantirilishi xorijiy investorlarga siyosiy va tijorat xatarlaridan sug’urta kafolatini
taqdim etish imkoniyatini yaratdi.
O’zbekiston hukumati tomonidan sug’urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor
berilib, sug’urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish amalga oshirilmoqda.
Hozirgi paytga kelib, sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi, umumiy,
maxsus qonunchilik hamda qonunga asoslangan va ma’muriy - me’yoriy hujjatlarni
o’z ichiga oluvchi qonunchilik tizimi yaratildi. Bunday sug’urtalash huquqiy
tizimining
mavjudligi
respublika
sug’urta
bozorini
rivojlantirishga
va
takomillashtirishga asos bo’ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekiston
108


Respublikasining sug’urta qonunchiligi O’zbekiston hududida xorijiy yuridik va
jismoniy shaxslarga sug’urta tashkilotlarini tashkil etishda investorlarning nizom
sarmoyasida qatnashish ulushini qattiq chegaralashni nazarda tutmaydi.
2000 yiilning oxiriga kelib respublikamizda 28 ta sug’urta tashkiloti faoliyat
ko’rsatdi. 2009 yilga kelib, ulardan 25 tasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 300
bo’linmasi, shu jumladan, chet el sug’urta bozori vakillari ishtirokida tuzilgan to’rtta
sug’urta va brokerlik kompaniyasi ish olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida
olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo’nalishlari amalga oshirilishi
investitsiya faoliyatini jadallashtirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga,
eksport salohiyatini kengaytirish va eksportning o’sishiga ko’maklashishga
qaratilgan. Bu esa, sug’urta kompaniyalari faoliyatini keng qamrovda rivojlantirishni
taqozo etadi.
Xususan, mahsulot va xizmatlar bozorlarida O’zbekiston eksportchilariga
sug’urta himoyasini taqdim etish maqsadida, «O’zbekinvest» eksport-import milliy
sug’urta kompaniyasi tashkil etildi. Bu sug’urta kompaniyasi milliy eksport
qiluvchilarning iqgisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy hamkorlar tomonidan
qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to’sqinlik qiluvchi siyosiy,
tijorat va tadbirkorlik xatarlaridan sug’urtaviy himoya qilishni hamda O’zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va
shaxsiy manfaatlarini kompleks sug’urtaviy himoya qilishni ta’minlaydi. Siyosiy
xatarlardan
sug’urtalash
bo’yicha
xalqaro
tamoyillarga
asoslangan
holda
«Uzbekinvest-interneyshnl» AJ xorijiy investitsiyalarni va savdoni sug’urtalash
sohalarida o’zining sug’urta xizmatlarini taqdim etadi. Bugungi kunda, bu kompaniya
xorijiy investitsiyalarni quyidagi siyosiy xatarlardan sug’urtalamoqda: mulkni
musodara qilishdan; ekspropriatsiyadan; mulkdan mahrum qilishdan yoki
milliylashtirishdan; qo’shimcha xatarlar sifatida - tanlovli kamsitishlardan;
aktivlardan majburiy mahrum etilishdan; eksport - import embargosidan; litsenziya
bekor qilinishidan; urush va fuqarolar g’alayonidan; hukumat shartnomasi bekor
qilinishidan hukumat kafolatlarining noqonuniy ravishda yo’q qilinishidan va
boshqalardan. Uzoq muddatli xatarlarni qoplash bo’yicha kompaniya jahon sug’urta
biznesining etakchi sug’urta va qayta sug’urtalash kompaniyalari, xalqaro moliyaviy
institutlari hamda davlat eksport - kredit agentliklari bilan, qisqa muddatli xatarlar
bo’yicha siyosiy xatarlarni sug’urtalovchi xususiy bozor kompaniyalari bilan faol
hamkorlikni rivojlantirmoqda. Yirik investitsiya loyihalarini qoplash bo’yicha
qo’shma korxonaning AIG (AQSh) sug’urta kompaniyasi va Lloyds bozoridagi
xususiy kompaniyalar bilan shartnomalari bor.
Kompaniya faoliyati davomida qayta sug’urtalashni keng yo’lga qo’ygan holda,
tashqi
savdo
shartnomalari
va
O’zbekiston
Respublikasi
iqtisodiyotiga
yo’naltirilayotgan investitsiyalar bo’yicha umumiy hisobda 884,76 mln AQSh dollari
miqdorida sug’urta himoyasi taqdim etildi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar va tashqi savdo
shartnomalarini xorijiy banklar tomonidan ushbu davlatlarning eksport-kredit
agentliklarining kafolatlarisiz moliyalashtirish uchun qulay sharoit yaratish bo’yicha
qo’shimcha tarzda kompaniya tomonidan maqsadli strategik reja amalga
oshirilmokda. Siyosiy bo’hronlardan imtiyozli shartlar asosida sug’urtalashning
109


takdim etilishi neft qazib olish va gaz-kimyo tarmoqlari, qishloq xo’jaligi
mashinasozligi, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya sohasi hamda paxta tolasi va
respublika metallurgiya sanoati mahsulotlarining eksport shartnomalari bo’yicha
avans to’lovlarini o’z vaqtida olish uchun ushbu banklar resurslarini jalb etish va
ulardan foydalanish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, respublikamizda xorijiy
investitsiyalarni,
umuman,
investitsiya
faoliyatini
sug’urtalash
mexanizmi
yaratildi.
Mavjud mexanizmni yanada takomillashtirish, xorijiy
investorlarga sifatli, arzon va qulay sug’urta xizmatlarini ko’rsatish milliy va
qo’shma sug’urta kompaniyalarimizning asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadlarni
amalga oshirish va jahon talablariga to’la javob bera oladigan sug’urtalash tizimini
yaratish uchun:
birinchidan, sug’urta bozorida ma’lumotlarning ochiq namoyon etilishi, ya’ni
sug’urtalanuvchi va sug’urta nazorati organlarining sug’urta kompaniyalarining
ishonchlilik darajasi to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi;
ikkinchidan, sug’urta kompaniyalari faoliyatini boshqarishni to’g’ri yo’lga
qo’yish, ya’ni samarali boshqaruvni tashkil etish;
uchinchidan, xorijiy sug’urta institutlari ustidan faol nazorat olib borilishi;
to’rtinchidan, xo’jalik-moliyaviy ahvoli yomon holatda bo’lgan yoki bankrotlik
ehtimoli yuqori bo’lgan sug’urta kompaniyalari bilan ishlash uslublarini yaratish;
beshinchidan, sug’urta sohasi bo’yicha etuk mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy
mamlakatlar tajribasini o’rganish muhimdir.
Chet el investorlari uchun zarur moliya-iqtisodiy kafolatlarni ta’minlash uchun
hukumat tomonidan chet el investorlarini himoyalashning Milliy sug’urta
jamg’armasini barpo etish to’g’risida qaror qabul qilingan. Bu jamg’arma respublika
hududida ta’sis etilgan chet el banklarida O’zbekiston Respublikasi, xorijiy
investitsiya ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari valyuta qadriyatlarining bir qismini
deponentlash yuli bilan hosil qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyasini himo yalash rasmiy davlat
sug’urta agentligi hisoblangan sug’urtalash tizimi va chet el sug’urta kompaniyalari
ishtirokidagi qo’shma sug’urta kompaniyalari orqali ta’minlanadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin