A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


-bob. Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

1-bob. Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati
1.1. Investitsiya haqida tushuncha
O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan
boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha,
“investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy
natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar,
paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar
asbob-uskunalar,
litsenziyalar
va
samara
beradigan
boshqa
har
qanday
boyliklardir”
2
.Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos
kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan,
investitsiyaning
o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan,
2
Ўзбекистон Республикасининг «Чет эл инвестициялари тўғрисида»ги Қонуни, 30.04.1998 й.
11


investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi
ta’kidlab o’tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib
berilgan ta’rifning o’zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni
jamg’armalar (resurslar), qo’yilma mablag’lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad,
foyda) aniq va ravshan ko’rsatib o’tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya
faoliyatning bozor munosabatlariga o’tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy
moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan
bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. Keng
ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda
ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib
daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya
kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
- investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustaqilligi va tashabbuskorligining
ta’minlanishi;
- kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqarolarning
o’zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun sotib olgan buyumlari investitsiya bo’la
olmaydi);
- qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati
yaratilishi zarur bo’lib hisoblanadi.
Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat
sifatida ham ta’rif berish o’rinli. Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga,
mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan
xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasining mazmunini to’liq ochib berish uchun unga berilgan
ta’riflarni keltirish joiz. Investitsiyalar – bu hali mahsulot ko’rinishiga keltirilmagan,
lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga
ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa,
iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat
ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma
kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va
uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatli qog’ozlarga (masalan,
aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. Investitsiyaga ketgan xarajatning
miqdori ikki omilga bog’liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me’yori, qaysiki
uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan xarajatlaridan olishni mo’ljallaydi; ikkinchisi –
foiz stavkasi. Agarda, kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa,
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me’yoridan
yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas,
12


balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar darajasining
o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko’rinishida
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) ni tashkil etadi.
Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo’lsa, investitsiya
xarajatlari o’sib boradi.
Investitsiya talabining egri chizig’i istalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz
stavkasi miqdori (r) o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul
kapitalini qarzga olish narxi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiyalashni xohlovchilar
shuncha kam bo’ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo’lsa, foyda
keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham
investitsiya funktsiyasi grafigi pasayuvchan ko’rinishda bo’ladi (1.1.1-chizma).
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o’rtasidagi
mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi.
Foiz stavkasining
miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o’zgartirish
orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasini ko’tarilishi
pulning qimmatlashuvi va unga bo’lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak,
investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi. O’z navbatida, investitsiya xarajatlarining
qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin