Masala 4.8 “Tong” OAJ muzlatuvchi uskunalar ishlab chiqaradi. Muzlatgichlarning xar hil rusumdagilari uchun bir necha turdagi dvigatellar sotib olinadi. Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra omborda A turidagi dvigateldan 100 dona borligi aniqlandi, bir donasining narxi 150000 sh.b., ilgari ulardan “Morozko” kameralari uchun foydalanilgan, xozirgi payta ishlab chiqarishdan olib tashlangan.
A turidagi dvigatellar qayta ishlanib B turdagi dvigatellarga aylantirish imkoniyati mavjud, so‘ngra ularni, talabi yuqori bo‘lgan, ishlab chiqarilayotgan “Miniakva” muzlatgich kameralariga ishlatish mumkin. A turidagi dvigatellarni qayta ishlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar: ishchilarga ish haqi — 700000 sh.b.; ustama xarajatlar — 550000 sh.b. B turidagi dvigatellarni chetdan sotib olish narxi 260000 sh.b.
A turidagi dvigatellarni ishlatishning yana bir varianti mavjud: ularni ehtiyot qismlarga bo‘lib tashlash va 1700000 sh.b. sotish mumkin. Dvigatellarni ehtiyot qismlarga bo‘lgan ishchilarga sarflanadigan ish haqi 450000 sh.b. tashkil etadi. Muqobil variantni tanlang va o‘z tanlovingizga izoh bering
Yechish 100*150000=15 000 000
260 000*100=26 000 000
700 000+550 000=1 250 000
1 700 000-450 000=1 250 000
15 000 000-1 250 000=13 750 000 zarar
26 000 000-15 000 000=11 000 000
11 000 000-1 250 000=9 750 0000 agar A turdagi dvigatelni B turdagi dvigatelga aylanterib sotsak 9 750 000 foyda ko`ramiz