Nazorat uchun savollar:
1.Havoda qotuvchi oxak ishlab chiqarish uchun xom ashyo turlari.
2.Ohakni kuydirish jarayoni va pechlar.
3.Maydalangan, so’ndirilmagan oxak ishlab chiqarishi.
4.Ohak xamirini ishlab chiqarishi.
5.So’ndirish asboblar turi.
6.So’ndirish jarayonini mazmuni.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari
:
kompyuter texnologiyalari, laboratoriya
jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar);
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari:
190
-
Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
-
Ko’rgazmali qurol
-
Proyektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
FANNING AMALIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI
6-SEMESTR
1-AMALIY MASHG’ULOT:
Mavzu: Havoi qurilish ohagini ishlab chiqarish texnologiyasi
Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda
plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida sun’iy toshsimon
materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va gidravlik
bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar qotish jarayoni, mustahkamligining
o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga havoyi ohak, gips, magnezial
bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv yoki o‘ta
nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik bog‘lovchilar jumlasiga
gidravlik ohak, romansement, portlandsement va uning turlari, giltuproqli sement,
putssolanli va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan va kengayuvchan sement va
boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv mineral
qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej, vulqon tufi va kuli hamda toshko‘mir
kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik qorishmalari, beton
va temirbeton buyum va konstruksiyalar, armotsement konstruksiyalar, avtoklav buyumlar,
elimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Havoyi ohak
Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli karbonat
tog‘ jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va dolomitlarni kuydirib olingan
bog‘lovchi materialdir. Ohak bog‘lovchisi (kipelka) oq va kul rangida bo‘lib, bo‘lak-bo‘lak
holda hosil bo‘ladi. Havoyi ohak bog‘lovchisi quyidagi turlarda bo‘ladi: so‘ndirilmagan
maydalangan, so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti.
191
Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi SaO miqdoriga nisbatan kalsitli, magnezialli va
dolomitli bo‘lishi mumkin. Kukun ohak tayyorlash uchun so‘ndirilmagan ohak, domna
shlaki, elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga maxsus
tegirmonda tuyiladi.
Dostları ilə paylaş: |