A yuldashev soliq va soliqqa



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/76
tarix15.10.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#155903
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

3 -§ . Soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daro­
madlari summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi (2007-yil 1- 
yanvardan boshlab).
t / i
Soliq solinadigan darom ad miqdori
Soliq summasi
1.
Eng kam ish haqining 5 barobar
Darom ad summasining
miqdorigacha
13 %
2.
Eng kam ish haqining 5 barobaridan 10
barobargacha
18 %
3.
Eng kam ish haqining 10 barobaridan
ortiq summadan
25 %
Bunda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
21-dekabrdagi «Fuqarolaming jamg'arib boriladigan pensiya ta’minoti
to ‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni amalga oshirish chora-
tadbirlari haqidagi 595-sonli qarori 2-bandiga ko'ra budjetga to'lanadigan,
amaldagi 
stavkalar 
bo'yicha 
hisoblab 
chiqarilgan 
soliq 
summasi
fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga
yo'naltiriladigan majburiy har oylik badallar (xodimning hisoblangan ish
haqi (daromad)ning 1 % miqdorida) summasiga kamaytiriladi.
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining 
miqdori yil 
boshidan e ’tiboran ortib beruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan 
e ’tiboran tegishli davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdori sum- 
asi).
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og'ir sha- 
roitli ishlarda band bo'lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, 
^shuningdek, tabiiyTqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bog'liq 
bo'lgan qo'shim cha to'lovlar bo'yicha imtiyozli darom ad solig'i stav- 
kalarini belgilashga haqli.
54


Jismoniy shaxslarga to'lanadigan dividendlar va foizlarga O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan stavkalar bo'yicha to'lov m an- 
basida soliq solinadi.
Noir/.idcnt jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog'liq b o 'l­
magan holda O'zbekiston Respublikasidagi manbada olingan daromadlar- 
ga ulami to'lash manbasida chegirmalarsiz quyidagi tartibdagi soliq 
stavkalari asosida soliq solinadi:
- dividend va foizlar - 15 
%
- O'zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o'rtasida harakat 
qilishda xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xiz- 
matlari (fraxtdan daromadlar) - 6 %
- royalti, ijaradan olingan darom adlar, xizmatlar ko'rsatish shu ju m ­
ladan, boshqaruv, maslahat xizmatlari ko'rsatishdan keladigan darom adlar 
va boshqa daromadlar, darom ad solig'i solingan darom adlar (foyda) bunga 
kirmaydi - 20 %.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin