144
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
maq sa dida amalga oshiriladi. Bunday duragaylash keyinchalik qat’iy tan
lash bilan qo‘shib olib borilganda zotning xususiyatlarini yaxshilashga im
kon yaratadi.
Hayvonlarning har xil zotlarini yoki o‘simliklarning navlari hamda
turlararo chatishtirishda hosil bo‘lgan birinchi
avlod duragayi hayotiy
xususi yat lari bir muncha yuqori bo‘lishi va kuchli rivojlanishi bilan farq
qiladi. Bu hodisa duragay kuchi yoki geterozis deyiladi. Bunda ko‘pchilik
genlar geterozigotali holatga o‘tadi va dominant genlarning qulay o‘zaro
ta’siri vujudga keladi. Hozirgi zamon seleksiyasining erishgan yutuqlaridan
biri — duragaylarning turlararo bepushtligini bartaraf qilish yo‘llarini
ishlab chiqish bo‘ldi. Dastlab bu usulni o‘tgan asrning 20
yillarida
rossiyalik olim G.D. Karpyechenko ka ram bilan turpni chatishtirishda
qo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Inson tomonidan yaratilgan bu yangi o‘simlik
karamga ham, turpga ham o‘xshamagan. Ularning mevasi 2
qismdan
iborat bo‘lib, yarmi karamga, yarmi turpga o‘xshardi.
Keyinchalik esa bug‘doy bilan bug‘doyiq
duragayini olishga muvaffaq
bo‘lindi. Bu duragay asosida bug‘doyning yangi donli yemxashak navi
yaratildi, u bir mavsumda 3—4 marta o‘rib olinadi, 300—450 s/ga yashil
massa beradi. Birbiridan uzoq turlarni duragaylash yo‘li bilan yana yangi
donli va yemxashakbop o‘simlik — bug‘doy bilan javdar duragayi olindi.
Bu dura gay
tritikale
deb ataladi. Bug‘doy va javdarning eng yaxshi xusu
siyatlarini to‘plagan bu o‘simlik
yuqori hosildor, ko‘p miqdorda yashil
massa to‘playdi va yuksak darajadagi oziqlik sifatiga ega. O‘simlikshunos
Dostları ilə paylaş: