A21 Avezbayev S



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/133
tarix02.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#171144
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133
Avezbayev S, Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash

Yerlami muhofaza qilish — bu yerlarni"saqlashga, tiklashga va 
holatini yaxshilashga; yer resurslaridan nooqilona, asoslanmagan 
foydalanish va sarflashlarning, qishloq x jalik yerlarining unum-
dorligi pasayishining va maydoni kamayishining oldini olishga 
qaratilgan tashkiliy-hududiy, tashkiliy-xo
v
jalik, huquqiy, iqtisodiy, 
texnik va boshqa tadbirlar tizimidir. 
Yerni va atrof-muhitni muhofaza etish t ridan-t ri yer-
dan foydalanishni tashkil etishga bo liq. Shuning uchun ham 
yerni muhofaza etish b yicha tadbirlar yer tuzish jarayonida ish-
lanishi kerak. 
Bu masala yer tuzish loyihasining yoki chizmasining barcha 
tarkibiy qismlariga asosiy vazifalardan biri sifatida kiritilishi kerak. 
Yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish 
masalalarini eng t ri va t la yechish uchun ular yer egaliklari 
va yerdan foydalanishlar tizimidan iborat hududda k rib chiqi-
lishi kerak, bunday hudud hozirgi sharoitda, eng awalo, butun 
ma'muriy tumandir. Tuman hududiga yer tuzish chizmalari, 
x jaliklararo yer tuzish loyihalari va chizmalari, x jaliklarda 
ichki yer tuzish loyihalari ishlanadi. Bu hududda birinchi navbat-
da oldiniga chizmalarda, keyin esa loyihalarda x jaliklararo yer 
tuzish masalalari yechilishi kerak. 
Tabiiy resurslarni va atrof-muhitni tuman hududida muhofaza 
qilishni tashkil etishning asosi yer egaliklari va yerdan foydala-
nishlar hisoblanadi, ularda aniq ishlab chiqarish yoki boshqa 
faoliyat olib boriladi. Shuning uchun, atrof-muhit va tabiiy 
resurslar ularning atrofida ham muhofaza qilinishi kerak. 
Yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish rejalash 
va loyihalash jarayonida odamning not ri harakatlari, ayniqsa, 
biosferaning mahsuldorligi pasayishi keltirib chiqaradigan, har 
qanday zararlarga y l q ymaydigan va ularni maksimal cheklay-
digan vositalami maqsadli topishdan; yerdan foydalanish jarayoni-
da uning sifati yomonlashishiga hamda atrofdagi hududlarga 
zararli ta'siriga y l qo
(
ymaydigan usullardan foydalanishdan ibo-
rat b ladi. Yakuniy maqsad — yerdan va tabiiy resurslardan ish-
lab chiqarish va boshqa faoliyat jarayonida t ri foydalanish 
hisoblanadi. 
143 


H jaliklararo yer tuzish chizmalarini va loyihalarini ishlashda 
yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish bu vazifaning 
mazmuniga mos maxsus ishlar bilan amalga oshiriladi. Ularga 
quyidagilar kiradi: 
— yer egaiiklarini va yerdan foydalanishlarni tashkii etishda, 
ya'ni ularni joylashtirishda, lchamlarini, chegaralarini, infrati-
zimlarni va sh. . yer resurslarini va atrofdagi'tabiiy muhitni is-
honchli muhofaza qilishni ta'minlovchi belgilashda, barcha talab-
larga va shartlarga rioya qilish; 
— qishloq x jalik korxonalari hududida yerlarm va tabiatni 
muhofaza qilish b yicha zarur tadbirlar (tashkiliy-hududiy, tash-
kiliy-x jalik va boshq.) tizimini loyihalash; 
— himoyalanadigan yer egaliklari va yerdan foydalanishlar 
uchastkalarini, mintaqalarini, polosalarini hududlarini ajratish va 
ular ichida va atrofdagi yerlarda yerlardan oqilona foydalanish 
b yicha tadbirlarni ishlash. Bu harakatlarga mustaqil xarakterdagi 
yer tuzish turlaridan bin sifatida qarash mumkin. 
X jaliklararo yer tuzish masalalarini ma'muriy tuman hududi-
da yechishda, ya'ni yer egaliklari va yerdan foydalanishlar 
lchamlarini, ularning ichki tuzulishini, yer massivlarining joy-
lashishini, chegaralarini, qishloqlarini belgilashda atrof-muhitga 
ta'sir etadigan barcha sharoitlar va omillar hisobga olinishi kerak. 
Loyihada qilingan tavsiyatar quyidagilarni ta'miniashi kerak: 
— yerlarning mahsuldorligini va sifatini saqlashni; 
— har bir yer egaligini va yerdan foydalanishni rab turgan 
hududda yer va tabiiy resurslarni muhofaza qilishni; 
— hududni x jaliklarda oqilona ichki tashkil etish uchun op-
timal sharoit yaratishni; 
— hududni, atmosferani va suv manbalarini ishlab chiqarish va 
boshqa obyektlar chiqindilari bilan ifiosianishdan himoya qilishni; 
— yerlarni shamol va suv eroziyalaridan himoyalashni; 
— su oriladigan va melioratsiyalangan yerlarni himoyalashni; 
— yerlarni sh rlanishdan va sh. . himoyalashni. 
Yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni, ularning tizimlarini 
loyihalashda keyinchalik yerlarni va atrof-muhitni muhofaza qilish 
b yicha x jaliklarda ichki chegaralarni loyihalashni ta'minlovchi 
tadbirlar belgilanishi va sharoitlar yaratilishi kerak, shu jumladan: 
— yerdan t la va samarali foydalanishni ta'minlovchi yer ega-
liklarining (yerdan foydalanishlarning) oqilona lchamlari va joy-
lashishi, ulardagi yer turlarining nisbati; 
144 


— x jaliklar chegaralarini tuproq eroziyasiga va boshqa salbiy 
ta'sirlarga qarshi kurash talablaridan kelib chiqqan holda 
tkazish; 
— su oriladigan yerlarni samarali foydalanishga imkon 
yaratadigan, sh rlanish, eroziya va boshqa salbiy oqibatlarga olib 
kelmaydigan qilib joylashtirish; 
— x jalik markazlari, chorvachilik fermalari va sanoat kor-
xonalarini suv manbalariga, hosildor yerlarga va muhofaza qili-
nadigan hududlarga nisbatan ularning ifloslanishiga yoi q ymay-
digan qilib joylashtirish; 
— x jalik hududida oqova suvlar oqizilib su oriladigan max-
sus dalalarni qishloqlar va chorvachilik fermalaridan chiqadigan 
oqova suvlarni tozalash maqsadida t ri joylashtirish; 
— nafaqat qishloq x jaligi korxonasi hududida, balki ular 
atrofidagi yerlarda ham ekologik muvozanatni saqlash va tabiatni 
muhofaza qilish uchun zarur sharoitlar yaratish; 
— ishlab chiqarish manfaatlari uchun ekologik muvozanatni 
buzmasdan yerlarni zlashtirish va transformatsiyalash; 
— hududni x jaliklararo tashkil etishni ekologik asoslash. 
Ma'muriy tuman hududini x jaliklararo tashkil etishda uning 
butun hududida tabiatni muhofaza qilish ta'minlanishi va bir 
tomondan qishloq x jaligi yer egaliklari va yerdan foydalanishlari, 
ikkinchi tomondan mahsus q riqlanadigan hududlar orasidagi 
t ri zaro aloqa rnatilishi kerak boiadi. Bunday hududlarga 
q riqxonalar, tabiatning muhofaza qilinadigan manbaalari, qattiq 
muhofaza qilinadigan va suv muhofaza mintaqalari, muhofaza 
qilinadigan rmonlar va landshaftlar, shahar va qishloqlarning hi-
moya mintaqalari, hamda avtomobil yoilari atrofidagi muhofaza 
polosalari va boshqalar kiradi. 
Har bir muhofaza qilinadigan hudud, mintaqa, manbaa 
b yicha muhofaza mintaqasining rni, eni va maydoni, hudud-
dan foydalanish va uni muhofaza qilish tartibi belgilanadi. 
Qishloq x jalik yerlari kam sharoitlarda muhofaza qilinadigan 
hududlardagi qishloq x jalik yerlaridan foydalanish tartibini bel-
gilash katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishlarni bajarish natijasida 
loyiha chizmasiga muhofaza qilinadigan va belgilangan maxsus 
tartib asosida foydalaniladigan yerlar chegaralari tushiriladi. 
Bu hududlardan foydalanishni va muhofaza qilish tartibini 
aniqlaydigan ilmiy tavsiyalar, me'yorlar, qoidalar asosida loyihada 
(chizmada) quyidagi tadbirlar k zda tutiladi: 
145 


— muhofaza qilinadigan hududlardagi qishloq x jalik yerlari-
dan foydalanish b yicha; 
— haydalma yerlar, bo lar va boshqa daraxtzorlardan mineral 
itlar va zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish cheklangan 
sharoitda samarali foydalanish b yicha; 
— muhofaza qilinadigan hududlar bilan chegaradosh yerlardan 
foydalanish y Ilari; 
— atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish b yicha 
boshqa tadbirlar. 
Suv muhofazasi uchun ajratilgan yerlardan foydalanish tartibi 
inson ishlab chiqarish faoliyatining ayrim turlari taqiqlanganligi 
bilan tafsiflanadi. Suv manbalari qir oqlaridagi himoya polo-
salarida esa x jalik faoliyati keskin cheklanadi. Bu yerlarda: 
simliklar kasalliklariga, zararkunandalarga va yowoyi tlarga 
qarshi zaharli kimyoviy moddalarni q llash; madanli itlar va 
zaharli kimyoviy moddalarni saqlash uchun omborxonalarni, 
chorvachilik fermalarini, chiqindi suvlar oqadigan ariqlarni, 
qabristonlarni, ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirish, hamda 
samolyotlar uchish polosalarini qurish; yangi sanoat korxonalarini 
qurish va mavjudlarini kengaytirish; avtomobillar t xtash joylari, 
ularga yonil i quyish, yuvish va ta'mirlash joylarini qurish va 
shunga xshashlar umuman taqiqlanadi. 
Qir oq polosasi, odatda, daraxtlar va chakalakzorlar bilan 
qoplangan b lishi kerak. Bu polosada yerlarni shudgor qilish, 
mollarni boqish va ular uchun yozgi saqlash joylari tashkil etish, 
ma'danli itlar va zaharli kimyoviy moddalarni q llash, ishlab 
chiqarish obyektlarini qurish va mavjudlarini kengaytirish, dam 
olish joylarini tashkil etish umuman taqiqlanadi. 
Noqishloq x jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etishda yer-
larni va atrof-muhitni muhofaza qilish ziga xos katta xususiyat-
larga ega. 
Yer tuzish sanoat korxonalarini va boshqa noqishloq x jalik 
obyektlarini joylashtirish bilan shu ullanmaydi; shunga qaramasdan 
har qanday maqsadlar uchun beriladigan yer uchastkalarining may-
doni, shakli, joylashishi, hamda bu uchastkalardagi yerdan foy-
dalanuvchilarning va ularning boshqa yerdan foydalanuvchilarga 
nisbatan huquqlari va majburiyatlari — yer tuzishning elementidir. 
Shunday qilib, obyektning yakuniy joylashishi yer tuzish natijasida 
aniqlanadi. Loyiha ma'muriy organlar tomonidan tasdiqlanadi va u 
faqat malakali hamda asoslangan tarzda ishlangandagina barcha 
146 


zarur yerlarni va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini nazar-
da tutish imkoniyatiga ega boiadi. Bu masala yuqorida bayon etilgan 
usullar bilan amalga oshiriladi, bunda: 
-r- yer uchastkasi, obyektning tavsifmi va uning atrofdagi 
hududga va tabiiy muhitga ta'sirini hisobga olib, joylashtiriladi; 
— yerlami umuman tejash va ayniqsa, yer turlari mahsul-
dorligini saqlash asosiy vazifalardan biri sifatida ta'minlanadi; 
— loyihaning tarkibiy qismlarining biri sifatida atrof-muhitni 
va tabiiy resurslami (atmosfera, yer, suv, simliklar, yer osti va 
boshq.) muhofaza qilish, ularning nooqilona foydalanilishining, 
ifloslanishining, sifati yomonlashishining oldini olish b yicha tad-
birlarni z ichiga oladigan yerlarni berish shartlari ishlanadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin