Aabb X aabb c Aabb X Aabb d AaBb X aabb e Aabb X Aabb f AaBb X Aabb



Yüklə 18,71 Kb.
tarix15.07.2022
ölçüsü18,71 Kb.
#62784

1.Otlar junining kulrang belgisi ikki xil noallel dominant gen ta`sirida rivojlanadi. Ularda B qora,
b malla junning rivojlanishiga sabab bo`ladi. Boshqa xromosomada joylashgan I geni esa B va b
genlar funksiyasini susaytiradi. Gomozigota kulrang biya bilan malla junli ayg`ir
chatishtirilganda F1 da kulrang otlar hosil bo`lgan. Ular o`zaro chatishtirilganda F2 da 12 ta
kulrang, 3 ta qora va 1 ta malla junli otlar hosil bo`lgan. Chatishtirishda ishtrok etgan biya va
ayg`irni, F1 va F2 duragay otlarni aniqlang.
2. Tovuqlar patining rangli bo`lishi C geniga bog`liq. Bu genning retsessiv c alleli oq rangni
yuzaga chiqaradi. Boshqa xromasomada joylashgan I geni, C ustidan ingibitorlik qilib, oq rangni
yuzaga chiqaradi. i geni esa, belgilarga ta`sir etmaydi. Quyidagicha genotipli tovuq va xo`rozlar
chatishtirilsa, F1 tovuqlarning pati qanday rangda bo`ladi? IiCc x iicc; IiCc x IiCc; IiCc x IICC
3. Qovoq mevasining oq rangi-A, sariq rangi-B, yashil rangi b genlari bilan belgilanadi. A gen
dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilsa
qanday fenotipli organizmlar hamda qanday fenotipik nisbat hosil bo`ladi? a) aaBB x aabb b)
AABb x aabb c) AaBB x Aabb d)AaBb x aabb e) Aabb x AaBB f)AaBb x Aabb
4. Qovoq mevasining oq rangi-A, sariq rangi-B, yashil rangi b genlari bilan belgilanadi. A gen
dominant ingibitor vazifasini bajaradi.Qanday chatishtirish natijasida 50% yashil, 50% sariq
o`simliklar hosil bo`ladi? Ikkita sariq rangli qovoqlar chatishtirilib, 3:1 nisbat olinganda qanday
genotiplilar chatishtirilgan?
5.Xirzutum turiga mansub bo`lgan go`za o`simligida chigitning tuksiz bo`lishi retsessiv holda
nasldan naslga o`tadi. Uning dominant alleli tukli chigit hosil bo`lishini ta`minlaydi. Boshqa
xromosomada joylashgan dominant ingibitor gen ta`sirida ham, tuksizlik yuzaga chiqadi.
Tajribada, tuksiz geterozigota go`za bilan, tukli digomozigota g`o`za chatishtirilgan. Olingan
avloddagi fenotipik nisbatni hamda keyinchalik ajralish kuzatilishi mumkin bo`lgan genotiplar
necha foizni tashkil etishini aniqlang.
6. Sachratqi mevasi rangining sariq bo’lishi to'q sariq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi.
Geterozigotalar mevasining rangi oraliq bo‘ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft
dominant genga bog'liq. Uning retsessiv alleli ingibitorlik vazifasini bajarib, meva rangining oq
bo’lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim tomonidan sachratqi mevasining rangi oraliq
bo‘lgan digeterozigota o'simliklar o‘zaro chatishtirilishi natijasida avlodda 960 ta o'simlik olingan
bo‘lsa, to‘q sariq mevali o‘simliklar sonini aniqlang.
D) 180
Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
28
7. Sachratqi mevasi rangining sariq bo’lishi to'q sariq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi.
Geterozigotalar mevasining rangi oraliq bo‘ladi. Meva rangining yuzaga chiqishi ikkinchi juft
dominant genga bog'liq. Uning retsessiv alleli ingibitorlik vazifasini bajarib, meva rangining oq
bo’lishiga olib keladi. Tajribada seleksioner olim tomonidan sachratqi mevasining rangi oraliq
bo‘lgan digeterozigota o'simliklar o‘zaro chatishtirilishi natijasida avlodda 960 ta o'simlik olingan
bo‘lsa, necha % o’simlik keying avlodda ajralish bermaydi.
A) 25%
1.Modifikator genlari geterozigota holda bo`lgan, sog`lom yigitga, Braxidaktiliya bilan
kasallangan digeterozigota qiz turmushga chiqdi. Oilada tug`iladigan farzandlar ichida
barmoqlari o`rtacha qisqargan farzandlar tug`ilish ehtimoli necha foiz? Barmoqlari kam
qisqarganlari-chi?
2. Barmoqlari kam qisqargan digomozigota yigit, sog`lom, modifikator genlari geterozigota
qizga uylandi, F1 ning genotipi va genotipik hamda fenotipik nisbatni aniqlang. J: fenotipik
nisbat 1:1
3.Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi.
Genotipda A va В genlari qizil, A va b genlari sariq, a va В genlari binafsha ranglarni, aabb
holatda tugunakni oq bo‘lishini ta’minlaydi. Rangning to‘liq yuzaga chiqishi DD modifikator
genga bog‘liq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota
holatda esa rangni yuzaga chiqarmaydi, tugunak oq bo‘ladi. Digeterozigotali tugunagi och sariq
va och binafsha rangda bo‘lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodlarning necha
%ida tugunak och qizil rangli bo‘ladi?
A) 12,5 % B) 6,25 % C) 18,75 % D) 56,25 %
4. Batat tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A
va В genlari qizil, A va b genlari sariq, a va В genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni
oq bo`linishini ta’minlaydi. Rangning toliq yuzaga chiqishi DD modifikator geniga bogliq.
Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa
rang yuzaga chiqmaydi tugunak oq bo`ladi. Digeterozigotali tugunagi och sariq va och binafsha
rangda bo`lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodlarni necha %ida tugunak och qizil
rangli bo`ladi?
A) 6,25 % B) 12,5 % C) 18,75 % D) 56,25 %
5.Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi.
Genotipda A va В genlari qizil, A va b genlari sariq, a va В genlari binafsha ranglarni, aabb
holatda tugunakni oq bo`lishini ta’minlaydi. Rangning to‘liq yuzaga chiqishi DD modifikator
genga bog‘liq. Modifikator genlar geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota
holatda esa rang yuzaga chiqmaydi tugunak oq bo‘ladi. Digeterozigota och sariq va och
binafsha tugunakli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda, olingan avlodlarning fenotipik
nisbatlarini aniqlang.
A) 1 qizil: 2 och-qizil: 2 binafsha: 1 ochbinafsha: 1 sariq: 2 och-sariq: 7 oq
B) 1 qizil: 2 och-qizil: 1 binafsha: 2 ochbinafsha: 1 sariq: 2 och-sariq: 7 oq
C) 1 qizil: 2 och-qizil: 1 binafsha: 2 ochbinafsha: 2 sariq: 1 och-sariq: 7 oq
D) 1 qizil: 2 och-qizil: 1 binafsha: 2 ochbinafsha: 1 sariq: 3 och-sariq: 6 oq
Yüklə 18,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin