Abdulla Qahhor. Anor (hikoya)
— Men sizga bir narsa deyapmanmi? Tikib qo‘yarman.
— Har narsaga ro‘zg‘or achchiq bo‘la bersa... qiyinroq bo‘lar,— dedi Turobjon yaktagini
kiyayotib, — kambag‘alchilik...
— Kambag‘alchilik o‘lsin!
Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjop buni ta’na deb tushundi.
— Nima, men seni olganimda kambag‘alligimni yashirganmidim? Erkaboyga o‘xshab
chimildiqqa birovning to‘ni, kavush-mahsisini kiyib kirganmidim? Bunday armoning bo‘lsa hali
ham serpulroq odamga teg.
— Ikkita anor uchun xotiniigizni serpul odamga oshirgani uyaling!
Bu gap Turobjonning hamiyatiga tegdi. «Jigarlaring ezilib ketsin» degani xotiniga qancha alam
qilgan bo‘lsa, bu gap Turobjonga shuncha alam qildi.
— E, hoy, anor olib bermadimmi? — dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo bu mayin
tovushdan qo‘rqqulik edi, — sira anor olib kelmadimmi?
— Yo‘q! — dedi xotini birdan boshini burib.
Turobjonnipg boshi g‘ovlab, ko‘zi tindi.
— O’tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?!
— O’ynashim olib kelgan edi!
Turobjon bilolmay qoldi: xotinining yelkasiga tepib, so‘ngra o‘rnidan turdimi, yo turib keyin
tepdimi; o‘zini obrezning oldida ko‘rdi. Xotin, rangi oppoq, ko‘zlarini katta-katta ochib unga
vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar edi:
— Qo‘ying... Qo‘ying...
Turobjon uydan chiqib ketdi. Birpasdan keyin ko‘cha eshigi ochilib-yopildi.
Xotin uzoq yig‘ladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon bo‘ldi, o‘zini qarg‘adi, o‘lim tiladi;
yig‘idan tolib tashqariga chiqdi. Qorong‘i, uzoq-yaqinda itlar hurar edi.
Ko‘cha eshigini ochib u yoq-bu yoqqa qaradi — jimjit. Guzar tomonda faqat bitta chiroq miltillar
edi. Samovarlar yotgan. Qaytib uyga kirdi.
Tom orqasida xo‘roz qanot qoqib qichqirdi. Ko‘cha eshigi ochildi. Xotin to burilib qaraguncha
Turobjon katta bir tugunni orqalab kirib keldi. U tugunni uyning o‘rtasiga tashladi. Bir choyshab
anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga tushdi. Turobjon xotiniga qaradi. Uning
rangini ko‘rib xotin qo‘rqib ketdi — bu qadar oqargan! Turobjon o‘tirib peshonasini ushladi.
Xotini yugurib oldiga keldi va yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
— Qayoqqa bordingiz? — dedi entikib. — Nima qildingiz?
Turobjon javob bermadi. Uning vujudi titrar edi.
1936
3 / 3