Abdulla Qahhor. Anor (hikoya)



Yüklə 317,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.05.2022
ölçüsü317,58 Kb.
#57951
  1   2   3
abdulla qahhor. anor (hikoya)



Abdulla Qahhor. Anor (hikoya)

Uylar to‘la non, och-nahorim  bolam,

 Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim bolam.

  O’tmishdan  

Turobjon  eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib  tirsakkacha

yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini  uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib,

kelisopni kelining ustiga qo‘ya  chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga

to‘kildi.        Turobjon tugunchani orqasiga  bekitib, tegishdi:

—    Akajon, degin!

—    Akajon! Jo-on aka!..

—    Nima berasan?

—    Umrimning yarmini beraman!..

Turobjon  tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida, eshik oldida o‘tirib  tugunchani ochdi-da,

birdan bo‘shashib ketdi va sekin boshini ko‘tarib  eriga qaradi. O’z qilmishiga gerdayib turgan

Turobjon uning ko‘zini  jiqqa yosh ko‘rib:

— Nima ekanini bildingmi?—dedi.— Asalarining  uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana,

siqsang asal oqadi. Bunisi oq  mum, harom emas — shimsa ham bo‘ladi, chaynasa ham 

bo‘ladi.


Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi.

—    Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya!—dedi Turobjon

keltirgan matoini titkilab. — Mana, chaynab ko‘r! Ko‘rgin, bo‘lmasa innaykeyin degin...

Turobjon  qizardi. U bir zamon betob o‘rtog‘ini yo‘qlab eltgan tarvuzini, bemaza  chiqqan bo‘lsa

kerak, sigirning   oxurida ko‘rib   shunday   xijolat   bo‘lgan edi.

Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk to‘kilgan  jo‘xorini iskab ko‘rdi, ma’qul bo‘lmadi

shekilli, Turobjonga qarab   shikoyagomuz «myau» dedi.

—    Tur, jo‘xoringga qara! Uni ko‘r, mushuk tegdi.

Xotin turayotib baralla  yig‘lab yubordi.

—    Bu yer yutkur qanday balo ekan!.. Odamlarday

gulutaga, tuzga, kesakka boshqorong‘i bo‘lsam-chi!

Turobjon  do‘ppisini boshidan oldi va qoqmoqchi bo‘lganida ko‘zi yirtiq yengiga  tushdi, yuragi

achidi: endi uch-to‘rt suv yuvilgan yangigina yaktak edi!

—     Axir, boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-da!—dedi do‘ppisini  qoqmasdan   boshiga  kiyib. —

Anor,   anor...  Bir qadoq anor falon pul bo‘lsa!  Saharimardondan suv tashib, o‘tin yorib, o‘t

yoqib bir oyda oladiganim  o‘n sakkiz tanga  pul. Akam bo‘lmasa, ukam bo‘lmasa...

Er-xotin tek qolishdi. Xotin jo‘xorini tuyib bo‘ldi, uni kelidan togorachaga solayotib to‘ng‘illadi:

—    Havasga anor yeydi deysiz, shekilli...

—    Bilaman... Axir, nima qilay? Xo‘jayinimni o‘ldirib pulini olaymi, o‘zimni hindiga garov

qo‘yaymi? G’alatimisan o‘zing?

Xotin ovqatga unnadi, erining «boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-da», degani unga juda alam qildi,

xo‘rligi keldi, o‘pkasi to‘ldi.

Ovqat  pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan go‘jaga qatiq ham rang  kirgizolmadi. Turobjon

ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani  yarimlatolmas edi. Uning imillashini ko‘rib

Turobjonning ko‘ziga negadir  oqsoq mushuk ko‘rindi. Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi,

avzoyi  buzildi. Uning avzoyidan «esiz jo‘xori, qatiq, o‘tin» degan ma’noni  anglab xotin, ko‘ngli

 1 / 3




Yüklə 317,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin