Abdulla Qahhor



Yüklə 349,19 Kb.
səhifə28/35
tarix03.12.2023
ölçüsü349,19 Kb.
#172178
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Abdulla Qahhor. Anor [kitoblar pdf]

1936-yil


SAN’ATKOR


Konsert odatdagicha «navbatdagi nomerimizda... Kelgan- laringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi – san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist uni savodsizlikda aybladi. Traktorist tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoq- da-yu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorist qayoq- da-yu, ashulachi qayoqda!


San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo‘lmasa aytadigan ashulangni o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to‘g‘ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas, formalizm, naturalizmlardan o‘tdim – hech kim otvod
bergani yo‘q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorist tanqid qilar emish!..
San’atkor izvoshchini hayron qoldirib, o‘zidan-o‘zi g‘ul- dirab borar edi. Uyda xizmatchi ovqat qilib qo‘ygan ekan, san’atkorning tomog‘idan hech narsa o‘tmadi – ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib nasha qilar edi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo‘lsa nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg‘ulari kelipti... Amali traktorist... Obbo!..»

  • O‘qishga bordingizmi? – dedi xizmatchiga qovog‘ini solib.

  • Bordim... – Xizmatchi ikki haftadan beri savod mak- tabida o‘qir edi.

  • Xizmatchisi savod maktabida o‘qiyotgan bir kishini trak- torist savodsiz, desa alam qilmaydimi? – dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, – «labingdan bo‘lsa olsam, e, shakarlab», deganim u kishiga yoqmapti, «bo‘lsa» emas, «bo‘sa» emish! O‘zi bil- maydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar «bo‘sa, bo‘masa» deydi. Artist kulturniy odam – gapni adabiy qilib aytadi – «bo‘lsa, bo‘lmasa» deydi. Pojarni

«gugurtni yerga tashlamang», dedi, rejissorimiz esa «gugurtning yerga tashamang», dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, pojar- ningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta! Rejis- sorimiz juda kulturniy odam. Odam degan mana shunday bo‘lsa, urishsa ham xafa bo‘lmaydi kishi – ikki gapning birida
«ta’bir joyiz ko‘rilsa» deb turadi. Bu traktorist menga shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun bir marta «ta’bir joyiz ko‘rilsa», demadi.
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san’atkorning oldiga qo‘ydi.

  • «J» ning kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir kuni ko‘rsatgan edi, esimda qolmapti.

San’atkorning jahli chiqdi:

  • Endi «J»ga keldingizmi? Barjom deganda yoziladi. Kechagi barjom og‘zi ochiq qolipti, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. Siz ham dunyoga kelib kulturniy bo‘l- sangiz-chi!.. Burningiz terladi, arting, ta’bir joyiz ko‘rilsa!

San’atkor o‘rnidan turib yotoqqa kirib ketdi.

  • Yotasizmi? – dedi xizmatchi narigi uydan.

  • Nima edi?

    • «J»ning kattasini ko‘rsatib bermadingiz, ertaga domla so‘raydigan edilar. Qanaqa yoziladi?

    • Kichigini yozib qattiqroq o‘qing!

San’atkor yechinib ko‘rpaga kirdi. Xizmatchi chiroqni o‘chirib chiqdi. San’atkor ko‘zini yumdi, ko‘ziga g‘ira-shira qorong‘i zaldagi son-sanoqsiz kallalar ko‘rindi. Bular ichida eng kattasi traktoristning kallasi, u iljayar edi.

    • Afting qursin! – dedi san’atkor va narigi yonboshiga ag‘darildi.

Hayal o‘tmay uyquga ketib xurrak otdi. Uning xurragi ham nechukdir adabiyroq edi: «Pluq-qum-prr... pluq-qum-prr...»


1936-yil



Yüklə 349,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin