Ilmiy-pedagogik ishni baholashda va nazorat qilishda quyidagi tartibga amal qilinadi:
Magistrant har oy oxirida ilmiy-pedagogik amaliyot davomida olib borgan ishlari hakida amaliyot rahbariga xisobot beradi. Amaliyot rahbari shu asosda magistrantning yiqqan ballarini jamlaydi va kafedradagi maxsus daftarga qayd qilib boradi.
Har semestr oxirida (I-II- semestr) magistrantning semestr davomidagi faoliyati kafedra va bo‘limning qo‘shma yig‘ilishida tahlil qilinadi.
Magistrantlarning ilmiy-pedagogik amaliyoti o‘quv rejaga binoan 3-semestrda yakunlanadi va baholanadi. Bunda I-va II-semestrdagi yiqqan ballari ham qo‘shiladi.
O‘qitishning modul tizimiga o‘tilganda esa mazkur tadbirlar fakat bir semestr davomida olib boriladi.