Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 147 Kb.
səhifə2/7
tarix02.05.2023
ölçüsü147 Kb.
#105833
1   2   3   4   5   6   7
Ifodali-oqish-va-nutq-madaniyati-2

Fanni о‘qitishdan maqsadUshbu fanning maqsadi hamda vazifasi, she’riy intonatsiya, ritm, temp, ritorika. She’riy, nasriy va dramatik janrlarning xususiyatlari, xususan aruz va barmoq vazni xususiyatlarini tо‘liq о‘zlashtirish va ifodali о‘qishini san’atini egallash. Mutolaa madaniyati va ifodali о‘qish mashg‘ulotlari badiiy asarni tahlil qilishga, yozuvchi yoki shoirning g‘oyaviy-badiiy niyatini tо‘g‘ri tushunishga о‘rgatish bilan bir qatorda talabani nasriy yoki she’riy asarlarning jozibador ohanglaridan zavqlanishga, ezgu va gо‘zal tuyg‘ularning qaror topishiga ham yordam beradi.
Fanning vazifasi –She’riyat, nasri va dramaturgiyamizga xos yuksak g‘oyaviylik va yetuk badiiyatdan atroflicha bahramand bо‘lmoq, mumolaaga xos nafis ohanglarni tо‘la his qilmoq uchun esa adabiyot nazariyasi fanini chuqur о‘rganish zarur. О‘zbek adabiy tili va uning grammatik xususiyatlarini tо‘liq о‘zlashtirmog‘i lozim. Zero, ifodali о‘qish san’atining mohiyati ham insonda hayotga estetik munosabatda bо‘lish hissini tarbiyalash va о‘stirishdan iboratdir. Mazkur dasturning asosiy mohiyati talabalarga ifodali о‘qishning nazariy asoslarini о‘rgatish bilan birga, ularda ifodali о‘qish malakalarini shakllantirishdan ham iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

  1. Mavzu. Mutolaa madaniyati: genezisi va tarixiy omillari.(2-soat)

Qadim folklor manbalari- epos, xalq qissa va hikoyalari, ertaklar va qo‘shiqlarda notiqlik va nutq masalasi. Mutolaa madaniyati fanining boshqa bilan aloqasi.

  1. Mavzu. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus asarlarida notiqlik nazariyasi talqini.(2-soat)

Sharqda, jumladan Movanaunahrda ifodali o`qish va notiqlik san`ati taraqqiyotida O`rta Osiyo mutafakkirlarining fikr- qarashlari. Ibn Sinoning “She`r san`ati”, Abu Rayhon Beruniyning “O`tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya” va boshqa asarlari, Forobiyning “Kitob ai xitobat” risolatida keltirilgan mukammal nutq tuzish haqidagi qimmatli fikrlarning bugungi kunda ahamiyati.

  1. Mavzu. Qadim Yunonistonda notiqlik san`ati.(2-soat)

Platon va Suqrot asarlarida notiqlik masalasi talqini. Notiqlik san`ati va Arestotel ijodi, Aristotelning “Poetika” va “Ritorika” asarlari.

  1. Mavzu. Husayn Voiz Koshifiy - notiq va axloq targ‘ibotchisi. (2-soat)

Husayn Voiz Koshifiy – Alisher Navoiy va Xondamir nigohida,”Axloqiy Muhsiniy”, “Futuvvatnomai sultoniy” asarlarida so`z san`ativa so`zlovchi madaniyati haqida fikr mulohazalar.

  1. Mavzu. “Majolis un-nafois” tazkirasidagi Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy haqida ma’lumotlar.(2-soat)

Xoja Muayyad Mehnagiy o`z zamonasining iqtidorli notiq laridan biridir, Riyoziyning g`zaliyoti tahlili.

  1. Mavzu. Mumtoz asarlarda voizlik san’atining ulug‘lanishi.(2-soat)

“Devoni lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq” asarida so‘z ta’rifi, ilm-ma’rifat targ‘ibi.

  1. Mavzu. Aruz vaznidagi lirik asarlarni ifodali o‘qish. (2-soat)

Alisher Navoiyning “Zihihusnung zuhuridin...”, “Shifoi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi g‘azallarini vaznga solib o‘qish.

  1. Mavzu. Bobur va Husayniy g‘azaliyoti vazn xususiyatlari, mavzu ko‘lami.(2-soat)

Boburning rindona, Husayniyning oshiqona g`azallarini o`qish ritmi, ifodali o`qishda vazn talablari.


Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin