IV.2. Mustaqil ta’limni o‘zlashtirish tartibi. Ushbu mustaqil ish shakllariga o‘qituvchi tomonidan hech qanday ko‘rsatma berilmaydi va baholanmaydi, balki talabaning o‘zi qiziqishlaridan kelib chiqib ularni amalga oshiradi.
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilgan, fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
5.
Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalar.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Jahonda yuz bergan tarixiy voqea va jarayonlar, tarixiy rivojlanish omillari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lish;
Jahon svilizasiyalar tarixning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy tarqqiyoti, tarixiy tushunchalar, tarixiy jarayonlarning xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Talaba tarixiy voqea va hodisalarni, rivojlanish jarayonlarini manba va boshqa adabiyotlar yordamida tahlil qilish usullarini qo‘llash, tarixiy rivijlanish muammolari bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.