Boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari
O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonining mazmuni
O`quvchilarni darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shakli, vosita va usullari.
III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATİ
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlarning sodir bo`lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o`zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo`lishini talab etadi.
Ma’naviy sog`lomlik esa jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq.
Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va Prezidentimiz da’vatlarining mohiyatini ham ma’naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon-e’tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e’tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois, Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondoshish va ularni yot g`oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta’kidlaydilar: ―Takror aytishga to`g`ri keladi–ota-onalar, ustoz murabbiylar bu masalada xushyorlikni yo`qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo`lmasligimiz zarur‖1.
O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi (1997 yil, 29 avgust) Qonuni ta’limning barcha yo`nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratdi. Ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan vatanga e’tiqodni yosh avlodga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iborat.