Abdulla qodiriy



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə40/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

Savol va topshiriqlar.
1. XVII-XIX asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvol nimadan iborat edi?
2 XVII-XIX asrlarda yaratilgan adabiy manbalarda Alisher Navoiy ak’anasining davom etirilishini nimalarda ko’rish mumkin?
3. Bu davrning dialektal murakkabligi nimalardan iborat?
4. Bu davr adabiy tiyaining demokratlashuvi, so’z o’zlashtirishning yangi bosqichi haqida gapirib bering.
5. Ijodkorlar asarlarining til xususiyatlarida nimalarni ko’rish mumkin?
Tayanch tushunchalar.
1. Umummilliy tilni yaratish yaratish sohasidagi urinishlar: panturkizm, panislomizm deganda nimani tushunasiz?
2. Bu davr ijodkorlari asarlarini sanab ko’rsating va til xususiyatlari, uslublari haqida gapiring.
Tayanch tushunchalar:
Panislomizm - XIX asrning ikkinchi yarmida yaqin Sharkda paydo bo’ldi va musulmon mehnatkashlarining sinfiy kurashini so’ndirish maqsadida islom dinidagi barcha xalqlarni bir davlat qilib birlashtirishni targ’ib qilib kelgan reaksion diniy-siyosiy oqim bo’lib, Panislamizm g’oyalari Sharq mamalakatlaridagi reaksion feodallar hamda yuqori tabaqa musulmon ruhoniylarining manfaatlariga xizmat qiladi.
Panturkizm - XX asr boshlarida paydo bo’lgan va turkiy tillarda gaplashuvchi barcha xalqlarni Turkiya hukmronligiga bo’ysindirish, yagona turk davlatiga birlashtirish ideyasini targ’ib qiluvchi reaksion shovinistik oqim.
10-mavzu
MILLIY O’ZBEK ADABIY TILI
Reja:
1. Milliy til haqida tushuncha.
2. Milliy til shaklida Hamza Haqimzoda Niyoziy asarlarining tili.
3. 1920-yillar o’zbek adabiyotida imlo qoidalar.
4. «Chig’atoy gurungi» tashkiloti, tayanch dialekti masalasi.
5. 1930-yillar o’zbek adabiyotida rus tilining qo’llanishi.
6. 1920-30 yillarda o’zbek adabiyotini o’rgatishda ijodkorlar asarining ahamiyati.
O’zbek milliy tili hozirgi o’zbek millatiga mansub bo’lgan hamma kishilarning umumiy va yagona tilidir. Bu til o’zbek xalqlning o’zaro aloqa va fikr almashuv quroli, shu xalqning hamma a’zolari uchun umumiy bo’lgan tildir.
O’zbek milliy tilining shakllanishi o’zbek millatining shakllanish prosessi bilan bog’likdir. O’zbek millati shakllanguniga qadar u urug’ tili va elat tili tarzida yashab, rivojlanib kelgan. Ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi bilan birga millatlar ham tashkil topa boshlaydi. Ana shu millatlarning tashkil topishida uning asosiy elementi bo’lgan til birligi - milliy til xam yuzaga keladi. O’zbek milliy tili XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida shakllana boshladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilining boyishi, rivojlanishi va mukammallashuvida eski o’zbek adabiy tili an’analari, ќalq, tili, mahalliy dialektlar va xalq shevalarining materiallari bilan bir qatordagi tilning ta’siri ham kuchli bo’ldi.
Bu o’rinda shuni alohida qayd etish kerakki, jonli tilda oddiy tushunchalarni ifoda qiluvchi minglab so’zlar asta-sekin terminlik vazifasini bajara boshladi. Masalan, matematikaga oid to’rtburchak, qo’shish, ayirish, bo’lish; tilshunoslikka oid ega, ot, gap, sifat, ravish, qo’shimcha, yordamchi so’z, bog’lovchi, aniqlovchi, o’zak; geografiyaga oid burun, qo’ltiq va boshqalar shunday so’zlar jumlasiga kiradi.
O’zbek adabiy tilining so’z yasash imkoniyatlari ham kengaydi. Familiya yasovi -ov, -ova, --yev, -yeva affikslari o’zlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan yoki familiyaga asos bo’lgan nomdan erlar uchun -ovich (yevich), ayollar uchun -ovna (yevna) affikslarini qo’shishi bilan yasaladi: Rustamov Yo’ldosh Mahmudovich, Aliyev Erkin Rustamovich, Karimova Zulfiya Sultonovna, Shodiyeva Manzura Shodiyevna kabi.
Ruscha va internasional so’zlarga o’zbekcha -la, -lash, -lashtir kabi affikslarni qo’shib yangi so’z yasash usuli yuzaga keladi: rejalashtirish, sintezla, faollashtirish kabi. O’zbek adabiy tilda rus tili ta’sirida qisqartirish yo’li bilan so’z yasash usuli vujudga keldi. TDPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AQSh (Amerika Qo’shma Shtatlari).
O’zbek adabiy tilida yuz bergan o’zgarishlar uning grammatikasida ham ko’zga tashlanadi. Bu o’rinda, eng avval, uning normalasha borganligini, ayrim tipologik siljishlar yuz berayotganligini ko’rsatish kerak bo’ladi.
Uning morfologiyasida ko’plik affiksining funksiyasi kengaydi. Xususan, birikma holidagi atamalarning birinchi komponenti keyin kelib, yangi so’z-terminlar yasashda aktiv ishtirok qilmoqda: Bolalar bog’chasi. Jins tushunchasini ifoda qilish bir qolipga tushirildi: Zulfiya Hoshimovna Valiyeva. Egalik affikslari normaga tushdi, kelishiklarning funksiyasi kengaydi, har bir kelishik ma’no va funksiyalari formalari jihatidan qatiy ravishda ajaralib normaga tushdi. Kelishikli konstruksiyalar o’rnida ko’makchili konstrusiyalarning qo’llanishi keng tus ola boshladi: O’qishingni gapirmaysanmi? Hozirgi zamon fe’l formasi (-yapti) ning adabiy tilimizdagi ma’no va funksiyasi kengayib borib, barcha dialekt va sheva vakillari, ziyolilarimiz nutqida ancha o’zlashib koldi.
O’zbek milliy tili ko’p dialektli tillardan hisoblanadi. Bu hol uning o’ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o’zbek millatining o’tmishdagi xilma-xil etnik sostavi bilan izohlanadi.
O’zbek milliy tilining uchta katga ichki manbai - uchta dialektlar gruppasi bor. Bular: 1) qorluq-chigil-uyg’ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o’g’uz lahjasi.
Bularning har biri o’z navbatida bir qancha dialekt va shevalarga bo’linadi.
O’zbek tilining dialekt va shevalari uzoq o’tmishda o’zbek xalqining tarixiy sharoiti bilan bog’liq ravishda o’zaro umumiylik kasb etib, yagona o’zbek umumiy xalq tili bo’lib, birika borgan va uning ajralmas qismiga hamda kuyi formasiga aylanib qolgan. Lekin o’zbek tilining lahjalari va ayrim shevalari orasidagi ko’pgana farqlar hozirgi vaqtgacha ham saqlanib kelmoqda. Masalan, o’zbek tilining qipchoq shevalarida singarmonizm xususiyatining to’liq saqlanib qolganligi, 9 ta unli fonemaning mavjudligi, so’z boshida ko’pincha y tovushi o’rnida j tovushining qo’llanishi, f tovushining deyarli qo’llanmasligi, x tovushining ko’pchilik shevalarda q tarzida qo’llanishi, so’z o’rtasi va oxirida g’ tovushining ko’pincha v tovushiga o’tishi, ba’zi hollarda so’z oxirida g’, q, k tovushlarining tushib qolishi, ba’zan esa o tovushining a sifatida aytilishi (jay, chay, chach kabi), ba’zan l tovushining so’z o’rtasida tushib qolishi (bo’sa, kesa, osa) boshqa hollarda o yoki a tovushining i tovushi bilan almashinishi (masalan: qani >qana, bordimi>bordima kabi) morfologik jihatdan qaraganda oltita kelishik qo’shimchasining to’liq saqlanganligi ikki shaxs o’tgan zamon fe’lida oddiy va hurmat formalarining to’liq saqlanib qolganligi o’tgan zamon felining uchinchi shaxs ko’plik formasi (o’qiydilar)ning deyarli ishlatilmasligi; leksik tomondan qaraganda qipchoq shevalarida: checha (yanga), bo’la (xolavachcha), jelak (Xotin-qizlarning boshiga yopinadigan buyumi) singari ko’plab o’ziga xos qadimiy so’z va terminlarning saqlanib qolganligi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiklaydi.
Shunisi xarakterliki, bir qarashda o’zbek adabiy tilidan birmuncha uzoqroq turgandek ko’ringan qipchoq shevalari xam o’zbek adabiy tiliga juda ko’p leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa grammatik vositalari bilan hissa qo’shgan. Masalan, o’zbek adabiy tilidagi qaratqich kelishigining to’liq formasi qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Adabiy tilimizdagi hozirgi zamon fe’lining -yotir affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va o’g’uz dialektlariga xos formadir va hokazo.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin