4-mavzu O’zbek xalqi va uning nomlanish tarixi Reja: 1. O’zbek xalqi va tilining turli xil nomlanishining sabablari. 2. O’zbek adabiy tilining davrlashtirish masalasi. 3. O’zbek adabiy tilini davrlashtirishda olimlarning tasniflari va tamoyillari. 4. O’zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari: a) ilk davr (XI-XIV) asrlar va eski o’zbek tili. 5. Eski o’zbek tilining tayanch dialekti masalasi. 6. Eski o’zbek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining yanada kuchayibketishi. O’zbek xalqi va o’z tilining nomlanishi. O’zbek xalqi, millati nomini olgan xalq juda qadimiy tarixga ega bo’lgandek, ular tilining nomlanishi ham har xil davrlarda turlicha bo’lgan. «O’zbek» degan nomning mazkur millatga va uning tiliga nisbatan qo’llanishi Oktyabr inqilobidan keyin boshlandi. Ungacha Yevropa turkshunoslari O’zbekistonning o’troq aholisiga nisbatan sart so’zini qo’llaganlar. «Sart» so’zining lug’aviy ma’nosi hali munozaralidir. M.Qoshg’ariy uni «Savdogar» ma’nosida qo’llanganligani bildiradi. U.Tursunov va B.O’rinboyevlar sanskritcha sartavan (karvonboshi) so’zidan olinganligini aytadilar.
Sart so’zi har holda etnik nom emas. Bu nom shahar aholisiga ko’chmanchilar va sahroyilar tomonidan qo’yilgandir. Shuning uchun sart Navoiy va Bobur sart atamasini tojik-forslarga nisbatan qo’llaganlar. Umuman, XVI asrgacha O’rta Osiyo shaharlarida yashovchi tojik aholini sart deyilgan. Shayboniyxon istilosidan keyin bu yerlardagi o’troš turkiy aholi ham ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan sart deb yuritilgani ma’lum.
Navoiy «Chor devon»ida Chig’atoy, Jo’ji atamalari uruђ, qabila nomlarini bildirgani haqida ma’lumot berilgan: «Turk krvmlari Jo’jidur, Inoq, Chig’atoy». Adabiyotshunoslikda chiђatoy adabiyoti va chig’atoy tili, chig’atoy turkiysi atamalari uchraydi. Bunda, ya’ni chig’atoy adabiyoti atamasi qo’llansa, o’zbek mumtoz adabiyoti deb tushunmoq kerak. Chig’atoy tili, chig’atoy turkiysi atamasi uchrab kolsa, uning eski o’zbek adabiy tili o’rnida ishlatilaganini anglaymiz.
O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, uning nomlanish tarixi xususida S. P. Tolstov, A.Yu. Yakubovskiy, Ya. G’. G’ulomov, L.V. Oshanin, M. Vahobov, A.Asqarov, B.Ahmedov, I. Jabborov kabi olimlarning har xil tarzdagi tadqiqotlari mavjud. O’zbek atamasi garchi «o’zi-bek» -o’ziga bek, mustaqil beglik kabi ma’nolarni bildirgan so’z deb yuritila boshlagan bo’lsa ham, qadim bu so’z nimani anglatgani aniq emas.
O’zbek so’zining kelib chikishi va qo’llanishi haqida hozircha eng so’nggi ma’lumot professor X.Doniyorov maqolasida ancha batafsil beriladi. Maqolada biz uchun yangi fikr muallifning o’zbek atamasining XI asrda ham ishlatilgani haqidagi aniq manbalarga suyanib keltirgan mulohazasidir. Shuningdek, bu nom bilan ataluvchi qavmlarning hozirgi O’zbekiston, O’rta Osiyo va hatto arab mamlakatlari xududida ham ancha ilgaridan beri yashab kelayotganligiga quyidagi misollar juda yoršin dalil bo’la oladi. Masalan, XI asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Isoma ibn Munqizning «Kitob-al e’tibor» («Ibratli kitob») degan asarida yozilishicha, «o’zbek» qavmiga mansub bo’lgan kishilar o’sha vaqtdayoq Arabistonda ancha mavke egallaganlar va yevropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar tomonida turib jang qilganlar.