3. Barcha turkiy tillardagi singari so’zlar ko’p ma’nolidir: bosh, tosh, tish, uch. 4. Ayrim ko’makchilarni hisobga olmaganda, so’zining oxirgi bo’g’inida undoshlar šator kelmaydi: ostki, ustki. 5. Boshqa turkiy tillardagi kabi affikslar so’z oxiriga qo’shiladi. Bundan fors-tojik tilidan o’zlashgan prefikslar mustasno.
6. Barcha turkiy tillardagi singari o’zbek tilida agglyutinasiya qonunlari amal qiladi va h.o.
Yuqoridagi o’xshashliklar bilan bir qatorda o’zbek adabiy tili o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi.
Masalan; o’zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, ә, o, o’, u, i) qirg’iz tilida sakkizta (a, ә, o, ө, u, ү, i, ы), uyg’ur tilida ham sakkizta (a, e, o, ө, ye, u, ү, i), xakos tilida esa to’qqiztadir.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyatiga amal qilmaydi, boshqa turkiy tillar esa bu qonuniyatga amal qiladi.
Eski o’zbek tilida unlilar uyg’unligi bo’lgan, lekin u qattiq va yumshošlikka qarab faršlangan: kәlduk, kөrүң, bardы. O’zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo turkiy tillardan ba’zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi.
O’zbek va turkman tillarida so’z boshida keladigan y tovushi qipchoq guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan beriladi: yigit - jigit, yo’q –jo’q, yetti — jetti. O’zbek tilida k, t bilan boshlanadigan so’zlar o’g’uz guruxidagi turkiy tillarda d, g bilan beriladi: temir - demir, teve — deva, til - dil, ko’z — go’z, kun -gun kabi.
O’zbek tilida ayrim so’zlarda ch, sh undoshlari ishlatilgani holda, qoraqalpoq va qozoq tillarida s undoshlari ishlatiladi: kuch — kush, och - ash, tish — tis, bosh-baskabi.
O’zbek tilida g’ undoshi bilan tugagan so’zlar tatar, boshqird, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog’ – tav – tau, bog’ – bav – bau, sog’ – sav – sau kabilar.
O’rta Osiyo va Qozog’istondagi turkiy tillar grammatik šurilishida ham o’xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so’z turkumlari, so’z yasovchilar, so’z o’zgartiruvchilar, shakl yasovchilar bir-biriga o’xshaydi. Ammo affikslar har bir tilning o’z fonetik tuzilishiga ko’ra turlicha variantlarda keladi.
Masalan, o’zbek adabiy tilidagi ko’plik -lar afiksi bilan ifodalanadi. Boqsha turkiy tillarda ham -lar bilan beriladi. Lekin qozoš tilida oltita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr), qirgiz tilida o’n ikkita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr, - lor, - lәr, - dor, - dәr, - tor, - tәr) varianti bordir.
Ma’lumki, VI asrda turkiy kabilalar kuchayib, o’zlarining ko’chmanchi Tukyu imperiyasini tuzadi.Bu imperiyaning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistonga borib taqalar edi. O’zaro urushlar va arablar istilosi natijasida Tukyu davlati ikki qismga ajraladi. Biri markazi Yettisuv bo’lgan g’arbiy turklarga va ikkinchisi markazi Mo’g’iliston bo’lgan sharqiy turklarga ajraladi. Yettisuvdagi Tukyu davlati turgeshlarga o’tadi. VIII asrda o’ђiz va qarluqlarning sišuvi ostida bu davlat qarluqlarga o’tadi va Tukyu davlatiIX asrning boshigacha Yettisuvni egallab turganlar.
Uyg’urlar 745 yilda dastlab sharšiy tukyu yeriga, so’ng g’arbiy tukyu yeriga xujum qilib, butun Tukyu davlatini bosib oladi. 840 yilda qirg’izlar uyg’urlarga qarshi kurashib, ќokimiyatni qo’lga kiritadilar. Shundan so’ng uyg’urlarning bir qismi qarluqlar tomoniga va bir kismi Tibetga ketadi.
Xuddi ana shu davrda hozirgi vaštda amalda qo’llanib kelinayotgan turkiy tillardan birontasiga ham to’la mos kelmaydigan qadimgi turkiy adabiy tili paydo bo’ladi.
Qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari turk-runiy (O’rxun-Enasoy) va turk-uyg’ur yozuvi orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar orqali yetib kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bo’lmaydi. Chunki ularda O’rta Osiyo va Qozog’istonda yashovchi turkiy xalqlarga tegishli fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni uchratamiz.
Masalan: Kultәgin yoq, әrsәr, kөplөltari әrtigiz. Inim Kultegin kәrgәk boltы, өzim saqыntm; kөrүr kөzүm kөrmәztәg, bilir biligim bilmәztәg boltы, өzүm saqыntыm. Od tәңri yasar, kisi oglы kөp olg’әlы (yoki өlүgli) torumыs. Kultagin obidasidan keltirilgan bu parchada qariyib hamma so’zlar tushunarlidir: Kultegin bo’lmaganda edi, siz hammangiz o’lar zdingiz. Inim Kultagin kerak bo’ldi, o’zim soђindim, ko’rar ko’zim ko’rmasdek, bilgan bilimimni bilmagandek bo’ldim, o’zim sogindim. Oh, tangri, inson o’g’li o’lish uchun tug’iladimi? Ko’rinib turibdiki, qadimgi turkiy yozuv yodnomalari umumturkiy tillar uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Akademik V.V. Radlov birinchi marta kadimgi turkiy adabiy tilning o’ziga xos dialektlarini o’rganib chikdi va uni shimoliy, janubiy va aralash dialekt deb uch guruhga bo’ldi. Shimoliy turkiy adabiy tilga runiy yoki o’rxun-enasoy yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so’z boshida va so’z oxirida jarangli undoshlar o’rnida ko’proq jarangsiz undoshlar kelishidir. Lekin bundan b undoshi istisnodir, chunki so’zning oxiri n va ng tovushlari bilan tugagan so’zlarda so’z boshidagi jarangli b undoshi saqlanadi: bәn-men, bing-ming, bin-min kabi. MasalanTonyuquq bәnәg aydы - Toyo’quq menga aytdi (Tonyo’quq). Bagnu tash taqыtdыm-Mangu tosh tikdim (Kultagin).
Bundan tashqari, t tovushi so’z boshida ko’p ishlatiladi: Su barыn tidi -Qo’shin bilan bor dedi (Tonyo’quq).
Tushum kelishi uchun asosan -g’ (-g) / -ыg’ - ig - ug’ - үg affiskli shakl qo’llangan: sabыg’ - so’zni, yag’ыg’ - dushmanni (Tonyo’quq), on әrig - o’n erni (Kultagin).
Qaratqich kelishigi affiksi -ning/-ing shaklida ishlatilgan: Kultәginniң altunыn, kүmүshүn; Qag’anың sabы -Xoqonning so’zi; biziң sү - bizning askar (Kultagin).
O’rin-payt, chiqish kelishiklari uchun — da / - dә// - ta / tә affiksli shakl qo’llangan: Tүrgesh qag’anta kөrүg kәlti - Turgash xoqondan ayђoqchi keldi (Kultagin), Qыrqыzta yantы- miz — Qirg’izlardan qaytdik (Tonyo’quq). O’tgan zamon fe’li ma’nosida -dы / - di // - tы / - ti, - mыsh / - mish (- mыs / - mis) affikslaridan tashqari — duq / - dүk affiksli shakl ham qo’llangan. - duq / - duk affiksli shakl o’tgan zamon fe’li ma’nosida shaxs-son ko’rsatkichisiz uchala shaxsning birligi va ko’pligi uchun ishlatilavergan.
Œrxun-Enasoy yozuv yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so’zlar uchraydi: el (el), ben (men) ilig (qo’l), siz, og’lan, yash, at, tәңri, altmыsh kabi. Lekin semantik xususiyatlari bilan iste’moldan chiqib ketgan so’zlar ham mavjud: bodun (xalq), bag’ (ittifoqchshshk), sү (qo’shin), sabыm (so’zim) ыtы (yubordi), tosыq (to’ygan), ukush (ko’p) kabi.
Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg’ur yozuvi asosida paydo bo’lgan. Bularga Selenga, Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruxdagi tillar fonetik jihatdan shimoliy guruxdagi tillardan oxiri n, ng bilan uchraydigan so’zlar boshidagi b tovushining m tovushiga o’zgarishi bilan farqlanadi: baңu - maңu (mangu), ban - men, bың - miң kabi.
Qaratqich kelishigi -nың / -niң affiksi bilan, chiqish kelishigi - dыn / -din // - tыn / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe’lning o’tgan zamon shakli har bir shaxs va son uchun alohida affikslarga ega.
Aralash dialektning fonetik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari tovushining t tovushi bilan, ch tovushining z tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun -azun (dune), atun - adun (boshqa) kabi.