4. Differensiasiyalash prinsipi. Bu prinsipga asosan og’zaki nutkda yoki talaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o’zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so’zlar yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yoziladi.
Yozuv va imloni tartibga solish maksadida ilgari og’zaki nutkda deyarli bir xil aytilib kelingan ba’zi so’zlar, formalar yoki affikslarni yozuvda bir-biridan farqlash uchun odatda differensiasiyalash metodidan foydalaniladi. Boshqa tillardagi kabi o’zbek tilida ham bu metoddan kam foydalaniladi.
Bu prinsipning qo’llanishini quyidagi misollarda ko’rish mumkin. 1. Ma’lumki revolyusiyaga qadar arab yozuvi bilan ish ko’rgan davrda -lik va -li affikslari yozuvda deyarli differensiasiya qilinmay qo’llanar edi. Bu hol 1956 yilga qadar davom etib keldi. Masalan, -lik affiksi asosan shahar aholisi nutqida, -li affiksi esa qipchoq shevalari vakillari va umuman šishloq aholisi nutqida qo’llanardi. Bunda har ikki affiksning egalilik va tegishlilik ma’nolari farqlanmas edi. 1956 yildan boshlab adabiy orfografiyamizda ularni farqlab qo’llashga o’tildi: tegishlilik ma’nosini ifodalashda -lik affiksi (masalan: shaharlik, qishloklik, toshkentlik, andijonlik), ega ekanlik ma’nosida -li affiksi qo’llana boshlandi (otli, to’nli, uyli, joyli, savodli). Buning natijasida yozuvda va umuman imloda anchagina tartiblilik va saranjomlikka erishildi.
5. Etimologik yoki grafik prinsip.So’zlarni etimologik yoki grafik prinsip asosida yozish deyilganda ularning qaysi xalqling tilidan yoki grafikasidan olingan bo’lsa, o’sha qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish tushuniladi. Masalan, O’rta Osiyoning boshqa xalqlari kabi o’zbek xalqi ham arablar istilosidan keyin ming yilcha yozuv ishlarini arab grafikasi asosida yuritib keldi. Dastlabki davrlarda arab tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan, shuningdek, o’zbek tilining o’z so’zlari ham to’liq arabcha belgilar va qoidalar asosida yozilgan. Keyinchalik mahalliy tillarining xususiyatlari qisman hisobga olingan holda arab yozuvi ma’lum darajada isloh qilingan. Lekin shunda ham mahalliy xalqdan arab va fors tillaridan o’zlashgan so’zlarni aslan qanday yozilgan va talaffuz qilingan bo’lsa, xuddi shunday talffuz qilish va yozish ko’p hollarda talab qilingan. Bu hol imlo qoidalarini o’zlashtirish va savod chiqarishni juda og’irlashtirib yuborganligi ustiga mahalliy tillarning affiksasiya imkoniyatlarini ham kamaytirib yuborgan. Masalan, o’zbek tilining ayrim shevalarida til oldi va til orqa unlilarini farqlash imkoniyatlarining aralishib ketishi bilan birgalikda til oddi va til orka affikslarining variantlarini farqlash ham ko’p hollarda aralashtirib yuborilgan.
Hozirgi o’zbek yozma adabiy til va o’zbek imlosida ayrim arabcha va forscha so’zlarni ularning qadimgi, asl holatiga moslab yozish (masalan, A’zam, va’da, a’lo, she’r kabi) davom etib kelmokda. Arabcha so’zlarni yozishda esa revolyusiyaga šadar va undan keyingi davrlarda ham mahalliy xalqlar xuddi arab tilida bo’lgani singari sod va zodlarni bir-biridan farqlab yozishigan (holbuki, o’zbekcha so’zlarni yozishda til oldi o’, k, i ga o’xshash maxsus tovushlarni farqlash hisobga olinmagan). A’zam, she’r, Navoiy, Lutfiy singari so’zlarning yozilishi hozirgi o’zbek imlosida etimologik yoki grafik prinsipning amalda qisman qo’llanib kelayotganligidan dalolat beradi.