MAHMUD QOShG’ARIYNING «DEVONU LUG’ATIT TURK» ASARI HAMDA UNING TARIXIY VA ILMIY AHAMIYaTI XI asrda turkiy qabilalar orasidagi munosabat kuchaydi. Lekin tilda turli xil šabila va uruђ tiliga oid formalar qo’llanilar edi. Ana shu davrda turkiy tilda ma’lum normalarni yaratish ehtiyoji vujudga keladi. Ana shu talabni qondirish maqsadida M.Qoshg’ariy «Devonu lug’atit turk» asarini yaratdi va bu bilan turkiy xalqlarning tilshunosligiga hamda madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi.
Maxmud Qoshg’ariy «Devon»da o’sha davrdagi turkiy qabilalar leksikasi, fonetikasi va fammatik qurilishini yoritib berdi.
«Devon»da M.Qoshg’ariy iste’molda bor so’zlarni izoќlash bilan bir qatorda, har bir turkiy qabilaning o’ziga xos xususiyatini berish uchun alohida yo’l tanlaydi. Bu haqda shunday deydi: «Men har bir qabilaga mansub so’zlarni yasalish xususiyatlarini va qanday qo’llanishini qisqacha izohlab ko’rsatish uchun aloќida yo’l tutdim. Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo’llanib kelgan she’rlardan, shodlik va motam kunlarida qo’llaniladigan xikmatli so’zlaridan, maqollaridan keltirdim» (DLT, I, 47-bet) M.Qoshg’ariy so’z ma’nolarining kengayishi, etimologiyasi kabi hodisalar haqida ham to’xtalgan.
Muhimi shundaki, M.Qoshg’ariy tomonidan berilgan ma’lumotlar hozirgi turkiy tillarni o’rganishda va ularning qiyosiy tarixiy grammatikasini yaratishda qimmatli manba bo’lib šoldi.
«QUTADG’U BILIG» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI O’zbek adabiy tilining shakllanish davrini ko’rsatuvchi asarlar sirasiga Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarini kiritish mumkin.
«Qutadgu bilig» asari she’riy pandnoma bo’lib, podsho Kuntug’di, dono vazir Oyto’ldi, Oyto’ldining o’g’li O’gdilmish o’rtasidagi suhbatdan iboratdir.
Bu asarning uch qo’lyozma nusxasi fan ahliga ma’lum. Ulardan ikkitasi XV asrda ko’chirilgan, hozir Vena va Qohirada saqlanmokda. «Namangan nusxasi» deb nomlangan nusxa XSh-X1U asrlarda ko’chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu nusxa asosida K.Karimov asarni hozirgi o’zbek grafikasida nashrini tayyorlab, chop qildi.
«Qutadg’u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham yangi asardir. Janr nuqtai nazardan yangi asar bo’lgan bu kitob adib oldiga asar tili ustida ishlash uchun muxlm talab qo’ydi. Bu talab, dastavval, o’sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida mavjud bo’lgan til faktlarini hisobga olish va shu davrda ham savodli bo’lgan xalqning barchasi uchun tushunarli bo’lishini ta’minlashdan iborat edi. Bu sharafli vazifaning uddasidan chiqa olgan Yusuf Xos Hojib xalq ommasining so’z qo’llashdagi tajribasiga suyanib, stilistik sillišlikka erishdi. Shu nuqtai nazardan «Qutadg’u bilig» asarida Yusuf Xos Hojib o’sha davr tilini ma’lum bir sistemaga soldi va adabiy tilni rivojlantirishga o’zining xissasini qo’shdi.
Asarga asos bo’lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli qarashlar mavjud.
V.Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo’lsa-da, qatiy bir fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkripsiyasini beradi. Chunki u asar tilini oltoy tillaridan sayxon tiliga yaqin, deb hisoblagan edi.
V.Radlov «Oltoy nazariyasi» ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu nazariyaga ko’ra oltoy tilida so’z boshida va oxirida kelgan undoshlar fašat jarangsiz bo’ladi. Ammo intervokal pozisiyada undoshlar jarangli bo’lishi mumkin. O’zining shu nazariyasiga asoslanib, «Qutadg’u bilig»ni transkripsiya qilib chikdi.
Radlovning «Qutadg’u bilig» asariga berilgan trankripsiyasi asosida 1891 yilda nemischa tarjimasi e’lon qilindi. Radlovning bu qarashlari fanda ko’p e’tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar Daniya olimi V.Tomsen tarafidan ko’rsatilgan edi. V.Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga hozirgi zamon oltoy tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi. Balki, u «Qutadgu bilig» tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen «Qutadgu bilig» asarini tekshirar ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi.
S.Ye.Malov bu asarni bir o’rinda chig’atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga kiritsa, boshqa bir o’rinda uni uyg’ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning arabcha ko’chirilgan nusxalari XI asr uyg’ur tilini ravshan aks ettiradi deb ta’kidlaydi. Sharqshunos olim Z.Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) asarida bu asar tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.A.Valitova mazkur asarni qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e’tirof qildi.
Q.Karimov «Qutadgu bilig»ning kirish qismidagi «Mochin olimlari va haqimlari qamuq ittifoq bo’ldilarkim, mashriq viloyatida Turkiston ellarida Bo’g’raxon tilincha bu kitobdin yaxshiroq hargizkim orso tasnif qilmadi. Bu kitob qayu podshāqa yo qayu iqlimqa tekdi ersә goyat o’zlukindin nihāyatdin kichәkur kullu-kullu kindin... tәkmә biri bir turluk laqab urdilar»- degan jumlalarga qarab, bu asar tili Bug’roxon qo’l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy qabilalar uchun tushunarli bo’lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o’sha davr turk qabilalari tillari asosini o’zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg’u bilig»ni XI asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat’iy fikrga kelish qiyin. Shunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari ustunlikka ega edi. Asar tilining struktura xususiyatlari o’sha davr normalarini aks ettirgan.