Abdulla qodiriy


«HIBATUL XAQOYIQ» ASARINING TILI



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə7/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

«HIBATUL XAQOYIQ» ASARINING TILI
Ulug’ adib Axmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» yoki «Ajabatul-haqoyiš» asari badiiy so’z san’ati va o’zbek adabiy tilining juda šimmatli yodgorligi hisoblanadi. Mazkur asarning yaratilish davri haqida turli qarashlar mavjud. S.Ye.Malov asar tilidagi arxaik elementlarga qarab, uni X asrga tegishli desa, N.A.Baskakov, Aziz Qayumovlar uni XII asrga, V.M.Nosilov esa XIII asrning I yarmida yaratilgan deb ko’rsatadilar. Ilmiy jamoatchilik aќliga asarning 3 ta qo’lyozma nusxasi ma’lum.
1-nusxani 1444 yilda xorazmlik Zaynal Obid binni Sulton Baxshi Jurjoniy Husayniy origanaldan ko’chirgan bo’lib, Stambulda Aya Sofiya kutubxonasida saqlanadi (Uyg’ur yozuvida).
2-nusxa 1480 yilda Shayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko’chirilgan bo’lib, yuqoridagi kutubxonada saqlanadi (bu ham uyg’ur yozuvida)
3-nusxa arab yozuvida ko’chirilgan bo’lib, Stambuldagi To’p-qabi kutubxonasida saqlanmokda. Bu uch nusxa asosida turkiyalik Rashid Raxmat Arat yuqoridagi yodgorlikning saylanma tekstini va tarjimasini yaratdi. V.M.Nosilovning fikricha, bu tekstning tarjimasi u qadar muvaffaqiyatli chišqan emas.
«Hibatul haqoyiq» asarining tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va grammatik šurilishi, bir tomondan, «Qutadg’u bilig» asariga yaqinlashsa, ikkinchi tomondan, «Qisas-ul anbiyo»ga (XIII-XIV asrlar) o’xshab ketadi. Bu asarni chuqur o’rgangan Ye.E.Bertels qadimgi o’zbek adabiy tilidan (aniqroђi eski turkiy adabiy tildan) klassik o’zbek adabiy tiliga o’tishda «Hibatul haqoyiq» ko’prik vazifasini bajargan deb ko’rsatadi. Darhaqiqat, asar tiliga xos lug’aviy qatlamlar, fonetik va grammatik xususiyatlarning qarluq, chigil, yag’mo, uyg’ur tillari negizida tashkil topgan adabiy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda bitilgan asarlar tiliga yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o’zbek adabiy tiliga o’tishda «Hibatul haqoyiq»ning ko’prik bo’lganligidan dalolat beradi.
Asar o’zining leksik xususiyatlari bilan o’sha davrdagi eski turkiy adabiy tilining lug’aviy boyligini aks ettiradi. Moddiy-madaniy hayotning turli sohalariga oid tushunchalarni ifodalovchi, hamma uchun tushunarli, sodda, yasama va qo’shma turkiy so’zlar asar lug’atining asosini tashkil qiladi: ata, ana, arjsiz (foydassh), ezgu, bash, bezek, berim (berish), boz, ntn, yazug (gunoh), yuz, yigig, kichik, konul, negu, sevunch, tamag’, ulug’ kabi. Shu bilan birga, arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan so’zlar ham uchraydi: saadat, saxavat, muruvvat, ma’ni, mehruban, karam, insaf, do’st, zamon, zoxid, dad, gul, vafa baxil, bina, aqsh, amanat, aziz kabi.
Asarning tili o’z fonetik xususiyatlari jihatidan X1-XSh asrlarda yaratilgan yodgorliklar bilan umumiylikka ega. Shu bilan birga, eski o’zbek adabiy tili uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlarning ham vujudga kela boshlaganligini ko’rish mumkin. «Hibatul xaqoyik» asarining tilini o’rganish unda 9 ta unli mavjud ekanligini ko’rsatadi. Ko’p hollarda singarmonizmning lab ohangdoshligi buzilgan.
O’sha davrdagi boshqa yodgorliklarda bo’lganidek, asar tilida z undoshining saqlanganligini, uning birmuncha ustunligini ko’rish mumkin. Ayni zamonda, bu tovushning y ga o’ta boshlaganligi ham ko’rinadi: kezingi - keyingi, kezim - kiyim, qazgu - kayђu, qozn - kuyi, qozub - qo’yib.
Alisher Navoiy «Nasoyimul muhabbat»da adib Axmad Yugnakiy haqida bunday deydi: «Va aning tili turk alfozi bila mavoiz va nasoikka go’yo ermish. Balki aksar turk ulusida xikmat va nuqtalari shoye’dur» va uning quyidagi baytini keltiradi:
Sonakka iliktur, erenge bilik,
Biliksiz eran ul iliksiz sonek

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin