Savol va topshiriqlar: 1. Eski turkiy adabiy tilning tayanch dialekti masalasi nimalardan iborat.
2. «Devoni lug’atut turk» asari va uning tili haqida gapiring.
3. «Hibatul haqoyiq» asarida adabiy til me’yor masalasi nimadan iborat.
4. «Qutadg’u bilig» asarida adabiy til me’yor masalasi nimadan iborat.
5. Oltoy nazariyasi va unga asos olimlar ќašida gapirib bering.
Tayanch tushunchalar: 1. Oltoy nazariyasi – Oltoy nazpriyasiga rus sharqshunos olimi V.Radlov asos solgan bo’lib, uning nazariyasiga ko’ra oltoy tillarida so’z boshida va oxirida kelgan undoshlar faqat jarangsiz bo’ladi.
2. Chigillar – turkiy qavmlardan biri bo’lib, madaniy jihatdan boshqa turkiy qavmlardan ancha ustun edilar, ya’ni ular o’z yozuv an’analariga ega edilar.
3. d’ dialekti – chigillar dialekti sanalib, Qoraxoniylar zamonida vujudga kelgan adabiy tilga asos bo’ldi. Mo’g’ullar va ulardan keyingi adabiy tilda ham o’z xususiyatlarini ham saqlab qoldi.
4. y dialekti – mo’g’ullarning O’rta Osiyodagi mavšyei pasayib mayda turkiy davlatlarning paydo bo’lishi bilan d’ dialekti elementlari, ya’ni qoraxoniylar adabiy tili an’anasi ham o’zining avvalgi ahamiyatini yo’qota boshladi. Natijada XIV asrning o’rtalaridan boshlab adabiy til an’anasi sifatida y – dialekti yuzaga chiqdi.
3-mavzu O’ZBEK ADABIY TILINING XII ASRDAN KEYINGI TAKOMILI Reja
Bu davrdagi tarixiy jarayon va adabiy til an’anasi.
Bu davrning tayanch dialekti masalasi.
«Qarluq-Xorazm» adabiy tili va uning manbalari
«Chig’atoy ulusi» adabiy tili va uning manbalari.
«Oltin O’rda» adabiy tili va uning manbalari.
O’zbek adabiy tilining XII asrdan so’nggi takomilida XP-XIU asrlardagi tarixiy vokealarning roli kattadir.
Chig’atoy tili deb atalgan adabiy til ilmiy adabiyotlarda qoraxoniylar davrida tashkil topgan qarluq-chigil-uyg’ur va g’arbiy xorazm (o’g’uz) tilining davomi hamda taraqqiy etishi natijasida yuzaga keldi, deb e’tirof qilinadi. XII-XIV asrlar adabiy tiliga qoraxoniylar davri tili negiz qilib olinganligi uchun ham, tildagi «d»lashishga aylana boradi.
XIII asrda mo’g’ul qabilalarining ta’sirida Xorazm aholisining turkiy tilga o’tishi jarayoni tugallandi.
XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida turkiy tillarda so’zlovchi aholilar faqat qishloqlarda va cho’l rayonlarda emas, balki O’rta Osiyo, Qashqarning yirik shaharlarida ham oshib bordi.
Bu esa badiiy adabiyotda kitobiy tilga nisbatan jonli xalq tiliga murojaat qilishni taqozo qila boshladi. Shu bilan birgalikda XSh- XIV asrlarda Xorazmni ham qo’shib olgan Oltin O’rda davlati tuziladi. Oltin O’rdaning bir qismi bo’lgan Xorazmda adabiy til qipchoq-o’g’uz tili elementlari asosida rivojlandi.
Xorazm orqali Oltin O’rdaning Movarounnahrga ta’siri kuchaydi. Natijada XIV asrga kelib O’rta Osiyoning markaziy qismi bilan Qashkar o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar uziladi.
O’zbek tilining taraqkiyotiga o’troq hayot kechiruvchi va ko’chmanchi qabilalar munosabati ta’sir etmasdan qolmadi.
Ko’chmanchi o’zbeklar O’zbekxon boshchiligida XIV asr boshlarida Movarounnahrga bir necha bor yurish qildi. Bu yurishlar Abulxayrxon va Shayboniyxon davrida yana xam kuchaydi.
Ko’chmanchi o’zbeklar ta’sirida «d» dialekti o’rnida «y» lashgan dialektga o’tish jarayon kuchaydi. Demak, qipchoq elementlari sezilarli o’rin egallay boshladi.
Shuningdek, Movarounnahrning g’arbi, shimoliy g’arbiga va janubiy Xorazmga o’g’uz kabilalarining ta’siri kuchaya boshladi. O’g’uzlar ham «y»lashgan dialektda gaplashar edilar.
Ana shu tarixiy jarayon natijasida qadimgi turkiy tilda mavjud bo’lgan, X-XII asr yodgorliklarida aks etgan, XII-XIV asr kitob tili tradiniyasiga aylanib ketgan «d» lashish XIV asr g’arbiy adabiy til (Xorazm) ana’nasi ta’sirida «y» lasha boshladi. Bu holat «O’g’uznoma» va Oltin O’rda sikliga kiruvchi boshqa asarlar tilida xam uchraydi. Aksincha, karluq-chigil-uyg’ur tili g’arbiy turkiy tillarga ta’siri ham bo’lgan. Bu ta’sir mo’g’ullargacha kuchli yuz bergan bo’lib, sharqiy adabiy tilning susayish bilan g’arbiy adabiy til, yoki N.A.Baskakov termini bilan aytganda qarluq-xorazm adabiy tilining taraqqiyoti boshlandi.
N.A.Baskakov fikricha, šarluq-xorazm adabiy tili keyinchalik eski o’zbek adabiy tilining yaratilishiga zamin bo’lgan.