Abdulla Qodiriyning "O’tkan kunlar romani"



Yüklə 282,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.07.2023
ölçüsü282,98 Kb.
#138121
  1   2
Abdulla Qodiriyning O\'tkan kunlar romani haqida. (Tohir Malik sharhi) - Civil




Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar romani” haqida. (Tohir Malik sharhi)
Islombek Abdixakimov
61 959
Badiiy kitob sharhlari
“O’tkan kunlar” asarini ilk bor o’qiganimda, kitobning so’ngida asarga Tohir Malik
tomonidan yozilgan sharhni o’qib qoldim. Ushbu sharhni o’qimagunimcha, men “O’tkan
kunlar” asarini shunchaki bir sevgi qissasi, muhabbat haqida yozilgan ilk o’zbek romani
deb o’ylagan edim. Ushbu sharhni o’qib chiqqach asar haqidagi krim butunlay o’zgardi
va asar yozilishining asl maqsadi va uning ostida yotgan xalq dardini tushunib yetdim.
Sizga ham Tohir Malik tomonidan “O’tkan kunlar” romani haqida yozilgan mazkur
maqolani o’qishni tavsiya qilaman.
(Islombek Abdixakimov)
O’tkan kunlar romani haqida. Tohir
Malik.
Ularning jisman mahv etilganlariga ellik olti yil bo’libdi. O’shanda hazrat Abdulla Qodiriy qirq to’rt
yoshda ekanlar. «O’tgan kunlar» ro’monining yozilganiga esa yetmish yil bo’ldi. Yozuvchi bilan birga
asarga ham kishan urdilar. Asarni ham o’limga mahkum etdilar. Haq yo’lidagi asarni hech qanday
hukmdor hech bir zamonda mahv etolgan emas. Abdulla Qodiriy ham, u zotning asarlari ham tirik
qolaveradi.
Kamina xizmatkoringizning maqsadi – «O’tgan kunlar» haqida uch-to’rt og’iz so’z aytish edi. Gapni
to’g’ridan to’g’ri shundan boshlasam ham bo’lardi. Ammo Abdulla Qodiriy va uning safdoshlari
otilgan kunni, onni eslamoq zarur edi. Chunki ularning o’limlari tasodi y emas, ular oxir-oqibat shu
jar yoqasiga kelajaklarini bilganlar va bu holni asarlariga singdirganlar.
«O’tgan kunlar» haqida balki yuzlab maqolalar yozilgandir. Tanqid qilingan, tahlil etilgan,
maqtalgan maqolalarning ayrimlari bilan tanishman. Men adabiyotshunos olim emasman.
Tahlillarga no’noqman. Men faqat Abdulla Qodiriyning muxlisiman. Shu bois u mo’tabar zotning
asarlaridan olgan taassurotlarimnigina bayon qila olaman.


Abdulla Qodiriy adabiyot olamida o’z maktablarini yaratganlar. Men shu maktabning boshlang’ich
sin daman. Fikrlarim ham shu darajada – ma’zur tutgaysiz.
Biz o’rta maktabda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini o’rganmaganmiz. Universitetda ham axborot
tarzidagi ma’ruzalarni tinglaganmiz. O’rta maktabda «Gulnor ( yoki Zaynab, Farhod, Majnun…) –
chin muhabbat egasi», degan mavzularda insholar yozganmiz. Farzandlarimiz esa «Otabek (yoki
Kumush, Anvar, Ra’no…) – chin muhabbat egasi», degan mavzuda insholar yozdilar. Olimlarimiz
nashr etgan ayrim maqolalarda ham shu holni uchratishimiz mumkin. Bu masalada ularga jiddiy
e’tiroz bildirmoqchi emasmiz. «O’tgan kunlar» ro’mon tarzida (janrida) yozilgan. «O’tgan
kunlar»ning poydevori – Otabek bilan Kumushning muhabbati. Men bu asarni shimoliy
ummondagi bahaybat muz tog’iga – aysbergga o’xshataman. Ma’lumki, bu tog’ning faqat
cho’qqilari ko’zga tashlanadi, asosiy qismi esa ko’rinmaydi – suv ostida bo’ladi. Har bir ulug’
asarning ulug’vorligini, umrini ana shu ko’zga ko’rinmas qismi ta’min etadi, deb o’ylayman. Abdulla
Qodiriy qo’lga qalam olganlarida ikki yoshning olovli muhabbatinigina bayon qilmoqchi
bo’lganmikinlar? Agar maqsad shugina bo’lsa asar bu qadar ulug’vorlik kasb eta olarmidiq Axir
tariximizda ishqiy qissalar kam edimi? Eslaylik: Abdulla Qodiriy adabiyotga muhabbat kuychisi
bo’lib kirib kelmaganlar. Fikrimizning dalili uchun «Juvonboz» deb atalgan hikoyalarini, «Baxtsiz
kuyav» deb atalmish pyesalarini yodga olish kifoyadir. Shunga ko’ra aytmoq mumkinki, yozuvchi
adabiyot maydoniga xalq g’amida kuyib-yonib kirib kelganlar. Xalqning taqdirini, kelajagini o’ylab
qayg’urganlar. «O’tgan kunlar» yozishga ham ana shu millat qayg’usi undagan bo’lsa kerak.
Bayt:
Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
(Hazrat Navoiydan)
«Kumushni o’ldirib qo’ydim», deb yig’lagan ekanlar. Nazarimda yozuvchi Kumush ismli go’zal
juvonning o’limidan emas, boshqa narsadan kuyib, yig’laganlar. Bu haqda bir ozdan so’ng
batafsilroq mulohaza yuritmoqqa urinib ko’ramiz.
Fikri ojizimcha, «O’tgan kunlar»ning birinchi va oxirgi jumlasi asarning asl mohiyatini belgilaydi:
«1269-inchi hijriya, dalv oyining 17-inchisi, qishqi kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom
azoni eshitiladir…»
«…O’zbek oyim qora kiyib, ta’ziya ochdi.»
Shu jumlalarni ko’p o’ylayman. Nima uchun qish kuni? (Bahor yoki yoz emas?) Nima uchun
atrofdan shom azoni (bomdod emas!) eshitiladi? Aytmog’ingiz mumkinkim, savdo ahli kunduzi ish
bilan mashg’ul, karvonsaroyga shu paytda qaytadi, Otabekning huzuriga keluvchi mehmonlar
shuni nazarda tutganlar. Shunday desangiz sizga yana bir savolim bor: ular bomdodda keluvlari
ham mumkin edimi? Yoki, Marg’ilon katta shahar emas, Otabekni bironta rastada kunduzi
uchratmoqlari ham ehtimoldan holi emasdir.
«…Tevarakdan shom azoni eshitiladir…» Balki buning ramziy ma’nosi bordir. Balki yozuvchi aynan
shom azonini ta’kid etganida faqat namozga chaqiriqni emas, boshqa narsani ham nazarda
tutgandir? Har holda menga shunday tuyuladi. Shom – qorong’ulik bosib kelishidan bir darak.
Dalvda kechalar uzun, yorug’lik kamroq bo’ladi. Shom azoni yurt boshiga yopirilib kelayotgan
qorong’ilik, zulmatdan ogoh etuvchi darak emasmikin? Donishmand adib «Hoy mo’minlar,
ko’zlaringizni ochingiz, ostonangizda g’anim turibdi. Ittifoq bo’lmas ekansiz, yorug’ kunlaringiz
uzun tun kechalariga aylangusidir», demoqchi bo’lmaganmikinlar? Bu azon chaqirig’iga e’tibor
berilmadi. Yozuvchi azon chaqirig’ini tilga olgach, uning izidan «namoz o’qildi», demaganlar. Faqat
chaqiriqni bayon qilganlar. Hujradagilar esa o’z ishlari bilan mashg’ullar. Bu ham noittifoqlikka bir
ishoramikin? Asarda azon chaqirilishi bir necha marotaba zikr etiladi. Ammo biron marta ham


namoz tasviri berilmaydi. Ajab hol: azon chaqirilganu hamma dunyo tashvishi bilan band. Adib
“qora kunlarning bostirib kirishiga diyonatsizlik sabab”, demoqchi bo’lmaganmilar?
Asarda nima uchun Otabekning onasiga «O’zbek oyim» deb ism qo’yilgan? Axir ayollarda «O’zbek»
degan ismni qariyb uchratmaymiz-ku? (Shaxsan men hech eshitmaganman.) Nazarimda yozuvchi
shu so’nggi jumla uchun ham «O’zbek oyim», deb qo’yganga o’xshaydilar. …O’zbek oyim qora
kiydi… Yurt xavfdan ogoh etuvchi chaqiriqqa e’tibor bermadi, hidoyatdan chekindi va oqibatda qora
kiydi, aza ochdi. Qorong’i tunlarga kirib keldi.
Yurtning qora kiyishiga sabab nima? Xudoyorxonning harbiy jihatdan qoloqligimi? Yo’q! Xalq
orasida totuvlik yo’qligi asosiy sabab bo’ldi. Yozuvchi tarixni to’g’ri anglab, to’g’ri tahlil qilib, o’z
xulosalarini dam ochiq tarzda, dam ramzlar orqali ifoda qilganlar. Asarning dastlabki boblarida
o’qiymiz:
«Menimcha o’risning bizdan yuqoridalig’i uning ittifoqida bo’lsa kerak,-dedi Otabek,- ammo bizning
kundan kunga orqag’a ketishimizga o’z aro niz’oimiz sabab bo’lmoqda, deb o’ylayman… Oramizda
bu qo’rqunch holatni bahaqqi tushanadirg’an yaxshi odamlar yo’q, bil’aks, buzg’uchi va niz’ochi
unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuqurig’a qarab tortadirlar…»
Diqqat qilaylik: bu gaplarni yigirma to’rt yoshli yigit – Otabek aytyapti. Mazkur satrlar
yozilayotganda adib ham taxminan shu yoshda bo’lganlar. (Taxminan, deyishimizga sabab shuki,
asar yozish g’oyasi Abdulla Qodiriyda ehtimol shu yoshlarida tug’ilgandir. Har holda ro’mon e’lon
qilinganida u zot o’ttiz yoshlarda bo’lganlar. Otabek va Kumushga yosh jihatdan yaqin bo’lganlari
uchun ham ularning dardu alamlarini bayon etishda birga yonib, birga kuygandirlar. Shuning uchun
ham asarda yolg’on dard yo’qdir?)
Otabek (nima uchun «Ota» «bek», buni ham mulohaza qilmog’imiz lozim.) – yurtning kelajagi.
Lekin Otabek yurtning kelajagini yorug’likda ko’rolmaydi.
«…Mozoristonda «hayya ala-falah» xitobini kim ham eshitardi…»
«…O’z Harazi yo’lida istibdod orqali el ustiga hukmron bo’lg’uvchilar yo’qotilmas ekanlar, bizga
najot yo’qdir…»
Yurt mozoristonga aylanayozgan, shunday joyda «najotga kelinglar», deb ming baqiring, kim
o’rnidan turadi. O’liklar qanday najotga kelishi mumkin? Yozuvchi bunda jisman murdalarni emas,
ruhi, milliy g’ururi o’lganlarni nazarda tutmadilarmikin?
Asar yozilayotgan damlarda 1937 yilda boshlangan qirg’inga hali ko’p yillar bor edi. Lekin bo’lajak
fojia bo’ronining shabadalari esa boshlaganini yozuvchi sezganlar. Chunki Behbudiy yoki
Munavvarqoridek millat uchun qayg’uruvchi ma’rifatparvarlarning qatl etilishlari yaxshilikdan
nishona emasdi. Yaqin kelajakda qirg’in bo’lajagini bilibmi, «buzg’uvchi va nizo’chi unsurlar tomir
yoyib» borayotganidan xavotirlanadilar. «Buzg’uvchi va nizo’chi unsurlar»ning tomir yoyishi faqat
Otabek yashagan davrgagina emas, balki undan keyingi davrlarga ham xosdir.
Yozuvchi asar boshlanishida biz hozir «ijtimoiy muammo» deb aytayotgan muhim masalaga
e’tiborni qaratadilar. Qora tunlar qayerdan boshlanishini ko’rsatadilar. So’ng bu muammo go’yo
unutilganday tuyulib, ishqiy mojarolarga berilganday bo’ladilar. Ishqiy mojaro hal etilganday
tuyulgach esa yana o’sha ijtimoiy muammoga endi Yusufbek hoji ishtirokida qaytadilar. Qipchoq
qirg’inini, undan Otabekning qanday larzaga tushganini tahlil etmay turaylik. Asosiy e’tiborni
Yusufbek hoji so’zlariga qarataylik. Yozuvchi endi dardlarini Yusufbek hoji tilidan qog’ozga
to’kadilar:
«…Burodarlar! O’rus ichimizdan chiqadirg’an tna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo’r to’kib
yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovga beradirgan kuchimizni o’z qo’limiz bilan
o’ldirsak, sen falonsan, deb qirilishsaq, holimiz nima bo’ladir…


…Siz o’z qipchog’ingiz uchun qabr qazigan fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadilar. Biz
qipchoqqa qilich ko’targanda, o’rus bizga to’p o’qlaydur…»
Bunda qipchoqqa qabr qazildi, unda esa tobut tayyorlandi. Uzoq yillar chirimaydigan qilib
tayyorlandi. Bunda birodarga qarshi qilich ko’tarildi, unda millatga qarshi to’plardan o’q uzildi… Bu
endi tarixiy haqiqat. Tarixni nima uchun o’rganamiz, tarixiy voqealarni nima uchun eslaymiz?
Boshqa bir xalqqa nisbatan adovat uyg’otish uchun emas, balki vaqtida yo’l qo’yilgan xatolarni
anglash uchun, bu xatolarni takrorlamaslik uchun! Dastlabki noahillik bosqin bilan tugadi. Keyingisi
o’ttiz yettinchi yil qirg’ini bilan… Yozuvchi va u zotning safdoshlari shu noahillikning qurboni
bo’ldilar…
O’zbekning hovlisi qadimda ikkiga bo’lingan edi. Ichkari va tashqari. «O’tgan kunlar» ro’moni ham
shunga o’xshaydi. «Tashqari» tomoni bilan ota-bola so’zlari yordamida qisman tanishdik. Endi
«ichkari»ga qaraylik-chi? O’zbek oyimning qora kiyishlariga sabab shu ichkaridan chiqar.
Ramzlarni, ishoralarni tushunmoqqa urinib ko’raylik.
Avvalo Kumush… Abdulla Qodiriy uni suyib-suyib yozganlar. Kumushni Otabek ko’proq sevar edimi
yo Abdulla Qodiriy sevar edilarmi, degan muammoga men hanuz aniq javob topa olmayman. Har
holda Abdulla Qodiriyning sevgilari buyukroq bo’lgandir. Yo’qsa, Otabek Kumushni bu qadar o’tli
muhabbat bilan seva olmas edi. Yozuvchi Kumushda faqat go’zal malakni ko’rganmilar? Men
o’zimcha yozuvchi Kumush timsolida go’zal Vatanni ko’rganlar, deb o’ylayman. Kumushga bo’lgan
sevgilari Vatanga bo’lgan sevgilari edi, deb xayol qilaman. Kumushni biz dastlab ko’rganimizda u
xasta edi. Ajabki o’shal zamonda yurt ham xasta edi. Otabekning muhabbati Kumushga dalda
berdi, shifo berdi. Agar yurt o’g’lonlari Vatanga shunday muhabbatda bo’lganlarida edi, Vatan
xastalikdan bosh ko’tararmidi…
«…qo’l uzatib suvdan oldi va yuzini yuvdi. Uning yuzini o’pib tushkan suv tomchilari bilan ariq
harakatga kelib chayqaldi, go’yoki suv ichida bir tna yuz bergan edi… Ikkinchi, uchinchi qaytalab
yuz yuvishida bu tna tag’i ham kuchaydi…»
Kumushning yuz yuvishi bayonida ham yashirin ma’no bormikin? Balki yozuvchi go’zal Vatan
atro dagi tnalarni aytmoqchi bo’lgandirlar? Bu tna faqat Kumush zamonasiga xos emas, undan
keyin ham davom etdi. Vatanga egalik qilish uchun bir necha mamlakat urindi. Yozuvchi shularni
nazarda tutmadilarmi ekan?
Agar Kumush timsolida Vatanni nazarda tutgan bo’lsalar, u holda Kumushning o’limidan iztirobga
tushganlari, yig’laganlarining sababi oydin bo’lar? Yozuvchi bir go’zal malakning o’limidan emas,
Vatan kelajagining zaxarlanganidan qayg’uga berilmadilarmi ekan? Kumush o’ldi. Ammo uning
o’g’li tirik. Demak, Vatan kelajagiga umid bor. Yozuvchining so’nggi so’zidan ma’lumki,
Yodgorbekning bir o’g’li sho’rolar tomonida, ikkinchisi o’sha damda «bosmachi» deyilganlar
tomonida ekan. Bunda ham ramz bordek ko’rinadi. O’sha yillari yurt o’g’lonlari ham ikkiga
bo’lingan. Bir qismi bolsheviklar gapiga ishonib, ular tomonga o’tishgan. Boshqa bir qismi esa
qarshi bo’lgan. Zamon akani ukaga g’anim qilib qo’ygan. Yozuvchi shularni o’ylab yig’lamadilarmi
ekan?
Kumushning o’limi… Zaxarlanish… Bu turmushda uchraydigan oddiy kundosh rashki oqibatimi?
Yurtni boshqaruvchi xon ahli fuqaroni birdek ko’rmadi. Qipchoq qirg’iniga fatvo berdi. Yusufbek
hojining yig’lab aytgan so’zlarini yana eslaylik. Otabek har ikki xotiniga bir hil munosabatda
bo’lmay, rashk o’tining alanga olishiga sharoit yaratib bermadimi? Xon fuqarosini urug’ga, qabilaga
ajratmay, ittifoqqa da’vat etsa, hatto kuch ishlatsa-da, totuvlikni barqaror saqlasa yurt xarob
bo’larmidi? Otabek Zaynabdan mehrini darig’ tutmasa, u Kumushga zaxar berarmidi edi?
3
Asarga «o’zbeklar turmushidan tarixiy ro’mon» deb izoh berilgan. «Sevishgan qalblar haqida» yoki
«Muhabbat fojealari»… emas, aynan «o’zbeklar turmushidan», aynan shom azoni chaqirilgan


damdagi turmushidan. Shuning o’ziyoq bizni aysbergning quyi qismini o’rganishga da’vat etadi. Bu
vazifani ta’bir joiz bo’lsa, bir hamlada uddalash mumkin emasdir. Ya’ni bir maqola yozish bilan
uddalab bo’lmaydi.
Hamonki, siz muhtaram o’quvchining diqqatini jalb etishga kirishgan ekanman, yana ayrim
qirralarini aytib o’tishim zarur.
Ro’monda ortiqcha tasvir, bayon yo’q. Men har gal uni qo’lga olganimda shuni o’ylayman. Asardan
tushirib qoldirish mumkin bo’lgan joyni qidiraman. Yozuvchi yosh, buning ustiga birinchi yirik asari,
hayajonga berilibmi yo tajribasizlik qilibmi keraksiz sahifalarni yozgandir deb o’ylayman. Bir safar
usta Alimning hikoyasi g’oyat cho’zilgandek tuyuldi. So’ng shu hikoya olib tashlansa nima bo’lardi,
deb o’yladim. Keyin krlab ko’rsam, yozuvchi buni shunchaki hikoya sifatida ishlatmagan ekanlar.
Saodatning o’limi faqatgina usta Alimning qayg’usini berish uchun olinmagan. Saodat oy-kuni
yaqinlashganida qiynalib o’ldi. Ana endi Kumushning oy-kuni yaqinlagan damlarini va Otabekning
havotirlarini eslaylik. Yoki Homidning Say ga (Saodatning ukasiga) yomon nazar, buzuq niyat bilan
qarashi oqibatida usta Alimning yangi do’kon qurishi, shu bahonada Far ning kelishi bayon etilgan
sahifalarni varaqlaylik. Tugunning yechimi shu sahifalarda boshlanmaydimi? Demak, usta
Alimning hikoyasi asarning ikki muhim nuqtasida ish beradi.
Abdulla Qodiriy asarlarida har bir jumlaning o’z xizmati bor. Asarning «Inqilob» bobidagi bir
jumlaga e’tiboringizni tortay: Azizbek xalqqa uzr aytganda, uzri qabul bo’lmaydi. Unga qarshi
aytilgan gaplar orasida shunday jumla bor: «Xanjaringni xayf ko’rib mahallalarga chayon solig’i
solgan, og’alarimizni chayon zahari bilan o’ldirgan kim edi?» Men necha marta o’qisam, shuncha
marta bu jumlaga yetarli e’tibor bermabman. Ammo birodarimiz Rustam Tojiboyev bu jumlaga
e’tiborni qaratib, kichik ilmiy tadqiqotni amalga oshiribdilar. Tarixiy asarlarni o’rganib, Toshkent
hokimi Azizbekning chindan ham mahbuslar ustiga chayon tashlab qiynab o’ldirgani, aholiga
chayon solig’i solgani, odamlar paxsa devorlarni buzib chayon qidirishga majbur bo’lganlarini
aniqlabdilar. Qarang, birgina jumla faqat Azizbekning yaramas qiliqlarini bayon eta qolmay, balki
tarixiy bir haqiqatni ham o’ziga singdirgan.
Yoki… asar boshlaridayoq Homidning shakli-shamoyili, fe’l-atvorining tasviriga alohida e’tibor
beriladi. Homid – o’ttiz besh yoshlardagi ko’rimsiz odam. «…uning shuhrati nima uchundir boyligi
bilan bo’lmay «Homid xotinboz» deb shuhratlangan». Holbuki uning ikkita xotini bor. U zamonlarda
ko’pxotinlik ayb emas, sunnat sanalgan. Nima uchun Homidga «xotinboz» laqabi tirkaldi,
Mirzakarim qutidorning qizi haqida gap ketsa nima uchun «Homidning chehrasi buzildi… bir turli
vaziyatda jiyaniga qaradi… Yuzidagi boyagi holat yana ham kuchlanib…» toqatsizlandi? Bu holatlar
bayoni bekorga tilga olinmagani keyinroq borib ma’lum bo’ladi. «Bu kungacha ikki xotin o’rtasida
turib janjalga to’ymagan» Homidning xotinni uchta qilish o’yi borligi ham bekorga aytilmagan.
Chunki uchinchi xotin uning o’yicha – Kumush bo’lishi kerak edi. Homid maqsadiga erishmoq
uchun hech narsadan qaytmaydi. Homid o’ttiz yettinchi yildagi «xolis xizmat qiluvchi» «do’st»larni
eslatmaydimi? Asarda Homid yengilgan edi, hayotda esa…
4
Asar nimalari bilan diqqatga loyiq? Eng avvalo lut bilan, qahramonlarining odobi bilan, shunday
emasmi? Bir jumlaga e’tiborni qarataylik: Rahmat Otabekka qarab: «vaqtsiz kelib sizni
tinchsizladik», deganida Otabek: «…tinchsizlamadinglar, bilaks, quvontirdingizlar… shahringizga
birinchi marta kelishim bo’lgani uchun tanishsizlik, yolg’izlik meni zeriktirgan edi», deb javob qiladi.
Shu o’rinda «birinchi marta kelishim», degan so’zlarga diqqat qilaylik. Otabek bu yerda shunchaki
emas, birinchi marta kelgani uchun zerikdi. Agar shunchaki zerikdim, desa mezbonlarga malol
kelar, balki ularga malomat, gina bo’lardi. «Shahringiz zerikarli ekan», degan ma’no ham chiqardi.
Otabek bu yerda ham lutf qildi, ham uning Marg’ilonga birinchi kelishi o’quvchiga ma’lum bo’ldi.
Yoki Otabek Hasanaliga ish buyurishdan avval «tuzukmisiz ota?» deb ahvol so’raydi.
«- Ba’zi ishlarni buyursam…


-Buyuringiz, o’g’lim.
-Rahmat ota, bo’lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.
-Xo’b, begim…»
Shu qisqa savol-javobda odobning oliy cho’qqisi ko’ringan. Otabek Hasanaliga «ota», deb murojaat
qilganida u «o’g’lim», deb javob berdi. Otabek ish buyurganida esa «begim», dedi. Bu yerda faqat
Otabekning lut emas, Hasanalining odobi, ziyrakligi, fahmi ham aks etgan. Yoki, «bu kishi
kimingiz bo’ladi?» degan savolga Otabek darrov javob bermaydi. «Hasanalini hujradan uzoqlatib,
so’ngra javob berdi: – qulimiz».
Otabek bu o’rinda to’g’ridan to’g’ri shunday deganida Xasanali ranjimas edi. Chunki u qulligini
unutgan emas. «Xo’b, begim», deyishining o’ziyoq bunga dalil. Otabek islomiy odob egasi bo’lgani
uchun ham Hasanalini hujradan uzoqlatib aytdi bu gapni.
So’z islom va iymon haqida borar ekan, aytmoq joizki, asarda iymonlilar (Otabek, Yusufbek hoji…)
va iymonsizlar (Homid, uning sheriklari, Azizbek) kurashi mavjud. Yozuvchi falonchi iymonli,
falonchining iymoni sust, degan so’zni ishlatmaydi. Buni qahramonlarning so’zlari, harakatlari ayon
etib turadi. Hayotda chin musulmon bo’lish, mustahkam iymon egasi bo’lish juda og’ir. Namoz
o’qigani bilan darrov iymonli bo’la qolmaydi odam. Homidlar, azizbeklar ham o’zlarini musulmon
sanashgan, namozlarini o’qishgan, ammo iymondan uzoq bo’lishgan. Balki o’ttiz yettinchi yilda
do’stlarining qo’llariga kishan urib berganlar ham o’zlarini musulmon sanashgandir. Balki keyinroq
gunohlarini anglab, tavbalar qilishgandir… Balki…
Bayt: Chand boshi zi maosiy mazakash,
Tavba ham bemaza nest bi chash.
(Ma’nosi: Qachongacha gunoh ishlardan zavq olasan, tavba ham bemaza emas, undan ham totib
ko’r. «Boburnoma»dan)
5
Va nihoyat, qatag’onning umri tugadi. Yozuvchining nomi oqlandi, asarlari hibsdan ozod bo’ldi.
Qariyb yigirma yil Abdulla Qodiriyning asarlarini qo’lga olish man etildi. Bu asarlarni o’qiganlar
jazoga tortildi. Gunohdan qo’rqmaganlar kitoblarni yoqib yuborib, jon saqlashdi. Ko’pchilik esa
kitoblarni sandiqqa solib, yerga ko’mdi. Qo’shsinch devor orasiga olib suvab tashladi – yoqib
tashlashga ko’ngli bo’lmadi. Ayrimlar esa hech narsadan qo’rqishmadi. Saqlanib qolgan kitoblar
qo’lma-qo’l bo’lib o’qilaverdi.
Haqiqat ro’yobga chiqa boshlagach, Abdulla Qodiriy ijodiga munosabat ham o’zgardi. Izzat Sulton
birinchilardan bo’lib yozuvchi ijodi haqida maqola yozdilar. Va… tanqidga uchradilar. Abdulla
Qodiriy ijodiga haddan tashqari yuqori baho berishda ayblandilar. «O’tgan kunlar» Sarvar Azimov
tahriri ostida kitob holida nashr etildi. Nashrga juz’iy o’zgartirishlar kiritildi. Ayrim jumlalar
qisqartirildi. Hozir, oradan qirq yil o’tib, bemalol erkin krlashimiz, kimnidir, nimanidir ayblashimiz
oson. Shuni unutmaylikki, elliginchi yillarning o’rtalarida bir dohiy o’lgani bilan tuzum yashamoqda,
tuzum yangi dohiyni minbarga ko’tarmoqda edi. «Sotsialistik realizm», «milliy masala»,
«kommunizm»… degan tushunchalar avvalgi dohiy davrida qanday bo’lsa, keyin ham o’sha holda
kun tartibida turar edi. Ya’ni tuzum imorati saqlangan, faqat u yer bu yerdagi ko’chgan suvoq
o’rinlari qayta suvalayotgan edi. Bu – birinchidan. Ikkinchidan, Abdulla Qodiriy va uning do’stlari
qo’llariga kishan urib berganlar hayot edilar. Ular ayblarini bo’yinlariga olib, osonlikcha chekina
olmasdilar. Shunga ko’ra asarni asl holicha chiqarish imkoni u davrda yo’q edi. Bir necha jumla olib
tashlanmasa, asar butunlay chiqmasdan qolishi mumkin edi.


Har narsaning vaqti, soati bo’lganidek, «O’tgan kunlar» ham vaqti kelib,asl holicha, yozuvchi hayot
ekanliklaridagi nashrga asoslangan holda kitob qilindi. Bu ishni yozuvchining nabiralari, Habibullo
Qodiriyning o’g’illari Xondamir Qodiriy amalga oshirdi.

Yüklə 282,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin