Abdulla sher axloqshunoslik


Ekzistensiyachilik axloq falsafasi



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   209
falsafa

3. Ekzistensiyachilik axloq falsafasi
XX asr axloqiy tafakkurida ch u q u r iz qoldirgan falsafiy-axloqiy 
yo nalishlardan yana biri ekzistensiyachilikdir. Ekzistensiyachilik insonni, 
eng aw alo, о z hayotini insoniylik vazifasini bajarish uchun qurbon 
qilgan mavjudot sifatida olib qaraydi. Bir jih atd an b u n d ay qarash 
an anaviydek, barcha asrlarda ham ilgari surilgan nuqtayi nazardek 
tuyuladi. Aslida esa unday emas.
G ap shundaki, awalgi an ’anaviy qarashlarda insonning o ‘z hayotini
www.ziyouz.com kutubxonasi


qurbon qilishi «oliy manfaatlar» yuzasidan ro‘y beradi: inson ideal
umumtarixiy maqsadlar o ‘zini fido etishga arzishini tushunadi. Qurbon 
bo‘lishga tayyorlik, demak, insonning ibtidodagi belgisi emas, balki 
uning aql bilan ish ko‘rishi oqibatida ro‘y beradigan hodisa sifatida 
olinadi. Ekzistensiyachilik esa fidoyilikni insonning ibtidodagi xususiyati, 
uni belgilovchi oddiy hodisa deb qaraydi. Ular, inson o ‘z hayotini 
nim agadir baxsh etmasdan mavjud bo‘lolmaydi, degan fikrni ilgari 
suradilar. Bu fldoyilik esa aynan barcha ijtimoiy barqaror qadriyatlar 
barbod b o ‘lganda, inson o ‘zi uchun munosib og‘ir, muqaddas bir yukni 
xuddi rizqi kabi izlagan bir paytda yuz ko‘rsatadi. Inson o ‘z nazoratidan 
chiqib ketgan, noratsional voqea-hodisalar girdobiga tushib qolgan 
paytid a qanday m a’naviy sabrga, chidam ga ega b o ‘lishi kerak? 
Ekzistensiyachilikning bosh muammosi mana shu. Ekzistensiyachilik 
borasida dastlabki qadamni Kirkegaard qo‘ygan b o ‘lsa, uning asoschisi 
olm on faylasufi Martin Haydegger (1889—1976) hisoblanadi.
Ekzistensiyachilik Haydeggerdan so‘ng ikki yo‘nalishda — diniy va 
dahriylik yo‘nalishlarida davom etdi. Diniy ekzistensiyachilikning eng 
yirik namoyandalaridan biri olm on faylasufi Karl Yaspersdir (1883 
1969). U o ‘z asarlarida, xususan, «Zamonning m a’naviy holati»( 1932), 
«Falsafiy e ’tiqod»(1948) degan kitoblarida inson mavjudligini XX asrda 
qanday tushunish masalasiga to ‘xtaladi va bu mavjudlikning axloqiy 
jihatlarini tahlil etadi.
Inson bilan hayvon orasidagi farq haqidagi, boshqacha qilib aytganda, 
insonning vujudga kelishi to ‘g‘risidagi masalani Yaspers eng muhim 
deb hisoblaydi. Insonni qandaydir bir boshqa narsadan keltirib chiqarish 
m um kin emas. Zero, u ham m a narsaning bevosita asosidir. Olamdagi 
bog‘liqlikning barcha turlari va barcha biologik taraqqiyot jarayonlari 
odam ning o ‘ziga emas, balki insoniy moddaga, insoniy materialga 
daxldor. «Inson doimo o ‘zi haqidagi o‘ylaganidan, bilganidan ko‘ra 
kattaroqdir. U ham ma hodisalarda bir xil bo‘lolmaydi; u — yo‘ldir», — 
deydi faylasuf. Bu fikr ham butun insoniyatga, ham alohida odamga 
taalluqli. Hech qachon inson haqida uzil-kesil xulosa chiqarish, uni na 
umum iy tarzda, na alohida odam sifatida to ‘liq tushunish mumkin 
emas.
Yaspersning fikriga ko‘ra, insonga hayvondan «taraqqiy topgan» 
jonzot deb qarash noto‘g‘ri. Chunki bilish uchun hammasi tushunarli

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin