egallab, tashqi tabiatga ta’sir ko‘rsata boshlaydi va ko‘p hollarda bundan
eng aw alo, insonning o ‘zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga
ega bo‘lmagani uchun biologik m uhitning o ‘rnini egallashga, uni asta-
sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat m a’lum nuqtadan
o ‘tganidan so‘ng esa o ‘z ijobiy xususiyatini yo‘qota boradi va insoniyat
uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron
bom balarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning
yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. B undan tashqari,
noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va
yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan
k im yoviy z a h a rla n is h g a o lib k e lm o q d a . H o z irg i k u n d a tirik
organizmlarning, o ‘simliklarning, hayvonlarning ko'pgina turlari jisman
yo‘q bo'lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab
kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz
go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko'payib
borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson k o ‘ra-bila turib,
o ‘zi o ‘tirgan shoxga bolta urishni to'xtatmayotir.
Bu m uam m olarning hal etilishi faqat a tro f-m u h itn i kimyoviy
zahardan ekologik tozalashnigina em as, balki, eng a w a lo , global
ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni
taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa
emas, balki tom m a’nodagi axloqiy m uam m olar sifatida ko'ndalang
bo‘lib turibdi. M ashhur avstriyalik etolog olim, Nobel m ukofoti laureati
Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga
begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizasiyamiz kishisidagi estetik
va axloqiy to ‘poslik aybdordir», — degan so‘zlari shu nuqtayi nazardan
diqqatga sazovordir1.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson
o ‘zini va o ‘z sayyorasini m uqarrar halokatdan qutqaram an desa — XXI
asrda etosfera davriga o ‘tishi kerak; axloqiylik har birim iz uchun har
qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga
erishish m um kin. Bunda axloqshunoslik fanining o ‘rni nihoyatda
beqiyos.
Dostları ilə paylaş: