Abdulla sher axloqshunoslik


Ницше Ф. Сочинения в 2 т. т. 1. М ., «Мысль», 1990. С. 735



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209
falsafa

1 Ницше Ф. Сочинения в 2 т. т. 1. М ., «Мысль», 1990. С. 735.
2 0 ‘sha manba. С. 43.
3 0 ‘sha manba. С. 44.
4 0 ‘sha manba. С. 45.
www.ziyouz.com kutubxonasi


aybini lsoni dunyoga keltirganlikda ko‘radi. Isoni esa odam larni 
shalpaygan, erksiz mavjudotga aylantirib qo‘yganlikda ayblaydi.
Shuni alohida ta ’kidlab o'tm oq joizki, Nitshe - Shopenhauerning 
shogirdi. Eslaylik: Shopenhauer axloqiy illatlami birinchi o ‘ringa qo'yib, 
fazilatlarni mustaqil hodisalar emas, balki illatlarning aksi tarzida talqin 
etgan edi. Nitshe esa bu borada yana ham ilgarilab ketadi: illatlarni 
fazilat tarzida, fazilatlarni illat tarzida taqdim qiladi. Uning nazdida, 
inson o‘z illatlarini tuzatmasa ham, ularni ochiq, halol e ’tiro f etishi 
illatlarim izni fazilatlar orasida berkitib turishdan, fazilatlar bilan 
niqoblashdan afzaldir. Nitshe, shu sababdan ham ezgulik, shafqat, burch 
kabi tushunchalarni emas, to ‘g‘rilik va axloqiylikni axloqning negizi 
deb biladi. D em ak, Nitshe ta ’limotini o ‘rganish uchun ko‘p o ‘rinlarda 
unga nivelirning durbini orqali qarash, ya’ni fikrlar ortidagi teskari 
m a’noni tushunm oq lozim bo‘ladi. Chunonchi, u Isoni, nasroniylikni, 
boya aytganimizdek, aybdor deb sanaydi, ular sha niga achchiq gaplar 
aytadi, o ‘zini aksilnasroniy deb ataydi; faylasuf hatto so‘nggi asarlaridan 
biriga «Dajjol» nomini ham bergan. Lekin aslida u Isoni, nasroniylikni 
sevadi; M en qalban hech qachon nasroniylikka qarshi gunoh ish 
qilmaganman, deydi Nitshe. So‘nggi maktublariga esa uning «Xochga 
parchinlangan kimsa» deb imzo chekkanligi m a’lum. Bularning sababi 
shundaki, mutafakkir insonni ham , Isoni ham, axloqni ham sevadi, 
lekin ular o'zlari o ‘zligini namoyon qila olmaganidan, chekiga tushgan 
vazifani bajarm aganidan, ko‘tarilishi mumkin bo lgan yuksaklikka 
ko‘tarilmaganidan — maydalashib ketgan buyuklikdan g azablanadi, alam 
bilan, jahl bilan fikrlaydi. «Jahl kelganda, aql ketadi», degan maqol 
nazarimizda ko‘proq Nitshega taalluqli.
Nitshening axloqshunosligi va siyosatshunosligida bo rtib ко zga 
tashlanadigan fikr, bu — uning dem okratiyaga tish-tirn o g i bilan 
qarshiligi. Demokratiya, uning nazdida faqat bir hil «taraqqiyotga» -
odam larning maydalashuviga, o ‘zlarining teskarisiga aylanib qolgan 
mavjudot bo'lishlariga olib keladi. Ana shunday m uqarrirlik bilan 
insoniyatning qum-quyqasi paydo bo‘ladi: hammasi nihoyatda bir xil, 
nihoyatda kichik, nihoyatda dumaloq, nihoyatda yashovchan, nihoyatda 
zerikarli, deydi mutafakkir. Demokratiya va sotsializmni u past, quyi, 
maydalashgan inson hukmronligining shakllari sifatida talqin etadi. Agar 
biz hozirgi eng ilglor G £arb demokratiyasiga nazar tashlaydigan bo lsak, 
N itshening xavfsirashi bejiz emasligiga ishonamiz. M asalan, о ta 
dem okrtik mamlakatning prezidenti yo bosh vaziri, deylik aw al о z
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a m lak tid a bir nech a d a v la tla r d eleg atsiy a larin i qabul q ilish , 
shartnom alari tuzish bilan shug‘ullanib so‘ng, Afrika yoki Yaqin Sharq 
mamlakatlari bo‘ylab bir haftalik safarga chiqdi, qaytib kelgach, ikki- 
uch shtat yo viloyatda ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatlari bilan shug‘ullandi. 
Natijada u soliq deklaratsiyasini o ‘z vaqtida toMdirib berolmadi. Ayni 
shu paytda о sha mamlakatdagi xususiy etikdo‘zlik d o ‘koniga ega yoki 
tobutsozlik bilan shug ullanadigan fuqaro o ‘z darom adini kamaytirib 
ко rsatish yo llarini qidirib topishga urinib, u ham soliq deklaratsiyasini 
о z vaqtida to ldirmadi. Natijada millat, mamlakat va davlat manfaatlari 
yo lida tinim bilmagan, shu manfaatlarni qonundan ustun ko‘rgan odam
bilan o ‘z foydasini ko‘zlab, qonunni buzgan etikdo‘z yoki tobutsoz bir 
xil jazoga tortiladi. Buning ustiga, etikdo'z yo tobutsoz jarim asini to ‘lab 
qutilib ketaveradi. Prezident yoki bosh vazirning jazosi ja rim an i 
to laganidan keyin boshlanadi; gazeta, jurnal, radio, televideniye — 
hammasi rahbarning qonunni buzganligi haqida ja r soladi, uni hatto 
davlatni boshqarishga axloqiy jih atd an nom unosib odam deb atay 
boshlaydi. V aholanki, 
huquq va axloq niqobini kiyib, rah b arn i 
sh a rm a n d a qilishga k irish g a n g u ru h n in g m aq sad i b itta — u n i 
hokimiyatdan chetlatish, juda b o ‘lmasa, qayta saylanish yoki tayinlanish 
imkonidan mahrum qilish ham da shu yo‘l bilan o ‘zgalaming hokimiyat 
tepasiga kelishini ta minlash. Bu — axloqiylik niqobidagi axloqsizlik. 
M ana shu axloqsizlikni amalga oshirishda — ulkan insonni burdalab- 
maydalab tashlashda om m a va ommaviy axloq yordam beradi. O m m a 
esa Nitshe nuqtayi nazaridan faqat quyidagi uch xil yondashuvga loyiq 
xolos. ular ulug insonlarning zaif, qonsiz nusxalari, buyuklarga qarshilik 
ко rsatuvchi kuch, buyuklarning q o ‘lidagi qurol. Ana endi N itshening 
a lo odamni axloqdan, qonundan yuksak turuvchi, o ‘zi qonun yaratuvchi 
deb ta ’riflashini tushunish mumkin.
G arb dem okratiyasidagi, sotsializm dagi tenglik, b a ’zi h ollarda 
adolatsizlikka aylanishining tenglashtirish bilan aynanlashuvining xavfi 
borligini Nitshe oldindan ko‘ra bildi. « 0 ‘ta dem okratiya»ning insonga 
xavfli ekanini AQSH Prezidenti Bill Klinton ustidan olib borilgan sud 
ham ko‘rsatib turibdi. Bu yerda mamlakat, millat manfaati emas, AQSH 
Prezidentiga muholifat guruhning maqsadi, hokim iyatni q o ‘lga olish 
birinchi о rinda turibdi. Axloqiylik talab qilayotganlarning botiniy va 
dahshatli axloqsizligi shundaki, ular, jahon jam oatchiligi oldida AQSH 
davlatini, uning dem okratiyasini, xalqi saylab q o ‘ygan prezidentini 
sharmandai sharmisor qildilar, bularning ham masi m anfaat yuzasidan
161
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilingan, an’anaviy axloqiy va demokratik mezonlar doirasidagi ishlardir. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Prezident Islom K arim ovning 
O'zbekistonning o ‘z taraqqiyot yo‘li borligi, biz o‘z huquqiy davlatimizni 
kimlardandir nusxa ko‘chirish yo‘li bilan emas, balki o ‘zimizga xos 
Sharqona demokratiyani, nafaqat huquqiy balki axloqiy demokratiyani 
joriy etish yo‘li bilan qurishimiz to ‘g‘risidagi gaplari nihoyatda e ’tiborli 
va qadrlashga loyiq.
Yana shuni ham aytish lozimki, m a’lum m a’noda, Nitsheni olmon 
Nostradamusi deyish mumkin. U sotsializmning qisqa vaqt oralig‘ida 
o ‘ta terrorchilik vositasi bilangina mavjud boiishini aytadi, uni «dahshat 
hukmronligi» deb ta ’riflaydi. Darhaqiqat, Lenin, Stalin sotsializmi ham, 
Mao Sze Dun, Pol Pot, Sharqiy Ovro‘pa sotsializmi ham juda qisqa 
um r ko‘rdi va shu qisqa muddatda o ‘zini qatag‘onlar vositasidagina 
saqlab turdi. Nitshe eng tinch davrlarda, insoniyat urush xayolidan 
yiroq yillarda tarixda misli ko‘rilmagan urushlarning ketm a-ket kelishi, 
ularda yer yuzida hukmronlik qilish uchun Rossiya bilan birlashgan 
Ovro‘pa kuchlarining to ‘qnashuvi haqida yozadi. Darhaqiqat, Nitshe 
vafotidan keyin o ‘n to ‘rt yil o‘tar-o‘tmas Birinchi jahon urushi boshlandi, 
keyin Rossiya inqilobi, Antanta hujumi, fuqarolar urushi, Stalin va 
H itler qatag‘onlari, undan so‘ng Ikkinchi jahon urushi; Xirosima, 
Nagasaki fojialari, milliy ozodlik uchun olib borilgan urushlar, Vetnam 
urushi, Lotin Amerikasi va Afrikadagi partizanlik harakatlari, fuqarolar 
urushlari, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Tojikiston... Bunday urushlar hozir 
ham davom etm oqda. Uning Rossiya, Olmoniya, hatto Ovro‘pa Ittifoqi 
haqidagi fikrlarini ham bemalol bashorat deyish mumkin. U oldindan 
ko‘ra bilgan Ovro‘pa xalqlari Ittifoqida har bir alohida xalq, jug rofiy 
maqsadlariga muvofiqlashgan chegaralarda muayyan kanton о mini 
egallaydi. Ulardagi o ‘zaro munosabatlaming qurolli kuchlar emas, balki 
«o‘zaro foydalilik» tamoyili asosiga qurilishini ta ’kidlaydi. Bu Ittifoqning 
tuzilganiga, tamoyili haqiqatan «o‘zaro foydalilik» ekaniga, pul birligi 
«evro»ning m uom alaga kirganiga o ‘zimiz guvohmiz.
Biroq, bularning ham masi N itshe qiyofasining bir jih ati, uning 
ikkinchi jihati ham bor: bir tom ondan, tabiiy tanlov yo‘li bilan, ikkinchi 
tom ondan — millionlab ojiz va omadsizlarni zo‘rlik bilan yo‘qotish 
yo‘li orqali kelajak odamini yaratish kerak, deydi u. Boshqa bir o'rinda
u, hayot — urushlar natijasi, jam iyat — urush quroli, urushdan bosh 
tortish katta miqyosdagi hayotdan bosh tortmoq demakdir, degan fikrni 
aytadi. N itshe insoniyat kelajagida ikki yo‘nalishni ko‘rdi: biri —
www.ziyouz.com kutubxonasi


sotsializm , ikkinchisi 
fashizm , u so tsializm n in g te rro rla ri-y u
tenglashtirishlaridan nafratlanib, fashizmga yon bosdi. Shu m a’noda 
buyuk olmon yozuvchisi Tom as M anning, Nitshe fashizmni em as, 
fashizm Nitsheni bunyodga keltirdi, degan fikri ham diqqatga sazovor.1
Xullas, Nitshe axloqiy ta ’limoti g‘oyat o ‘ziga xos. Bu ta ’limotdagi 
ikki xil qarash о zaro dialektik munosabatni inkor etadi. Unga beqarorlik 
falsafasi — sinergetika nuqtayi nazaridan yondashmoq lozim. Nitshening 
timsolli tili bilan aytadigan b o ‘lsak, bu «yoqimsiz haqiqatlar» faylasufi 
yangi va nihoyatdamiqyosli falsafiy yo‘nalish yaratdi. Biz istaymizmi, 
yo qmi, uning ta ’limoti ko‘pgina nuqsonlarga qaram ay, jahon falsafasi 
taraqqiyotiga katta hissa b o ‘lib q o ‘shildi; hozir ham uning eng ilg‘o r 
qarashlari yangi-yangi falsafiy oqim larning yuzaga kelishi uchun turtki 
vazifasini o'tam oqda

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin