Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209
falsafa

Axloq va fan. 
Axloqning fan bilan o ‘zaro aloqadorligi masalasi ham 
muhim. Ba’zi bir qarashlarga ko‘ra, axloqning fanga aloqasi yo q. Bunday 
qarashlarni to ‘g‘ri deb b o ‘lmaydi. Zotan, axloqning axloqshunoslik 
tadqiqot obyekti sifatidagi maqom iyoq uning fanga aloqadorligini 
ko'rsatib turadi.
Ayniqsa, axloqning ijtimoiy fanlar bilan aloqasi miqyoslidir. Chunonchi, 
ko'pgina ilmiy qarashlar, nazariyalar insonni bevosita yoki bilvosita yuksak 
axloq egasi, donishmand va halol inson boiishga chaqiradi.
Lekin, ayrim nazariyalar ham borki, ularni axloqsiz deb atash о rinli. 
Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, mashhur «Maltus 
nazariyasi». Ingliz iqtisodiyot nazariyotchisi Maltus (1766 1834) ilgari 
surgan g ‘oyaga k o ‘ra, ah o li g eo m etrik progressiyaga, iste m ol 
mahsulotlari arifmetik progressiyaga muvofiq rivojlanadi. Aholi о sa 
borib, yer yuzida qashshoqlik, oziq-ovqat yetishmovchiligi vujudga 
keladi. Shu bois urushlar olib borish tabiiy hoi sifatida о zini oqlaydi. 
Maltus bu o‘rinda urushni targ‘ib etish bilan axloqsizlikning eng yuksak 
k o ‘rinishini nam oyon etm oqda. Shuningdek, insoniyat jam iyatini 
qaram a-qarshi sinflarga b o ‘lib tashlashni, hokimiyatni zo ravonlik, qon 
to ‘kish, terror orqali qo‘lga kiritishni va shu yo sinda tutib turishni 
targ‘ib etuvchi m arkscha-lenincha sinfiylik hamda sotsialistik inqilob 
nazariyalari ham ilmdagi axloqsizlikning b o ‘rtib ко zga tashlanadigan 
namunasidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M a’lumki, barcha fanlar, xususan, tabiiy fanlarning h ar biri o ‘z 
sohasida haqiqatning ayon b o ‘lishiga xizmat qiladi. Axloqning pirovard 
natijasi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil mavjudot qilib 
tarbiyalashdir. Ana shu nuqtada axloq va fan bilvosita munosabatga 
kirishadi. Ayni paytda ilm -fand a erishilgan olam sh u m u l yutuqlar 
insoniyat jamiyati oldiga yangi-yangi axloqiy vazifalar va m uam m olar 
qo ‘yadi. C hunonchi, so'nggi paytlarda fan-texnika taraqqiyotining 
yuksak darajasi va ekologik buhronlarning yuzaga chiqishi sababli 
ekologik axloqshunoslik singari axloq ilmining yangi yo‘nalishlari vujudga 
keldi; noosferadan yoki boshqacha aytganda, texnosferadan etosferaga
— axloqiy muhitga o ‘tish zarurati insoniyat jamiyati axloqiy madaniyati 
oldidagi eng dolzarb vazifa sifatida qo'yilmoqda; zero, bu vazifaning 
faqat axloqshunoslik doirasidagi muammogina emasligini, keng qamrovli 
ekanini, butun Yer yuzining bu n d an keyin m avjud b o 'lish i yoki 
bo‘lmasligi muammosiga aylanganini bugun yaqqol sezish mumkin.
Shu bois texnikaviy fanlar taraqqiyotining navbatdagi bosqichlari 
faqat axloq talablariga mos, ta ’bir joiz bo‘lsa, axloqiy nazorat ostida 
amalga oshmog‘i lozim.
T o‘g‘ri, ba’zilar bizga, fan — m utlaq obyektiv hodisa, u m ohiyatan 
xolis, shunga ko‘ra, uni axloqqa bu qadar bo‘ysundirish nojoiz, deb 
e ’tiroz bildirishlari ham mumkin. Biroq fanni odam lar, turli hissiyot, 
ehtiroslarga moyil, turli axloqiy fazilatlar, hatto illatlarga ega b o ‘lgan 
kishilar yaratishini yodga olsak, bunday e ’tirozlarning o ‘zi nojoiz 
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Zero, har bir olim ning m a’naviy- 
axloqiy holati uning kashfiyotida qay darajadadir aks etm asligi m um kin 
emas. Xullas, fan ham bevosita, ham bilvosita axloq bilan bog'liq va 
aynan shu bog'liqlik tabiiy-texnikaviy fanlarni insoniylashtirish vazifasini 
bajaradi.
Axloq va mafkura. Axloq bilan mafkuraning aloqasi ham jam iyat 
hayotida juda katta aham iyatga ega. M a’lum ki, h a r b ir m afkura 
muayyan g‘oyalar va qarashlar tizim idan iborat b o ‘ladi. R osm ana 
mafkurani axloqiy g‘oyalarsiz ta sa w u r qilish qiyin. Lekin, g ‘oya hech 
qachon o ‘z -o ‘zicha, shunchaki mavjud b o ‘lmaydi. U alb atta insonda 
in ’ikos topadi va muayyanlashadi. Bu haqda Hegel o ‘zining «Falsafiy 
bilimlar qomusi» asarida shunday deydi: «G ‘oya haqida gapirganda
uni qandaydir olis va narigi tom ondagi narsa tarzida ta s a w u r qilish 
kerak emas. G ‘oya, aksincha, butunisicha shu yerda ish tirok etadi 
ham da, shuningdek, h ar b ir o n g d a, kam d e g a n d a , b u z ilg a n va
www.ziyouz.com kutubxonasi


zaiflashgan holda mavjud b o ‘ladi».‘ Demak, muayyan g‘oyalarni, shu 
jum ladan, axloqiy g‘oyalarni o ‘zida mujassamlashtirgan kishilargina 
mafkurani yaratadilar va uni ommalashtiradilar.
H ar bir demokratik davlat va jamiyatda bir necha mafkura mavjud 
bo‘lishi tabiiy. Lekin ular ichidan biri yetakchilik mavqeyini egallaydi. 
Bu yetakchilik zinhor boshqa mafkuralarni inkor etmaydi va jamiyat 
a’zolari ko'pchiligi irodasini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Um shuning 
uchun ham milliy mafkura deb atashadi. Erkin demokratik fuqarolik 
jamiyatini o ‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan bizning mamlakatimizda bu 
masalaga jiddiy e’tibor berilgan. Chunonchi, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasidagi birinchi b o ‘lim, ikkinchi bobning 12-moddasida
shunday yozib qo'yilgan: 
.
« 0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar,
mafkuralar va fikrlaming xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
H ech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida о rnatilishi mumkin
emas». 
. ,
Demak, bizning davlat demokratiya tamoyillariga asoslangan holda, 
barcha mafkuralarning yashash huquqini ta’minlovchi institut sifatida 
ish k o ‘radi. M illiy m afkuram iz esa boshqa b iro r-b ir m afkurani 
kamsitmasdan, ko‘pchilik jamiyat a’zolarining ijtimoiy-falsafiy, axloqiy- 
estetik g‘oyalari tajassumi sifatida mamlakat va millat taraqqiyotiga 
xizmat qiladi. Chunonchi, u, eng aw alo, yuksak axloqiylikka asoslangan. 
Milliy mafkuramiz jamiyatimizda vatanparvarlik, millatparvarlik, ziyolili 
tamoyillarini ustuvor bilib, har bir fuqaroni buyuk davlat yaratishda 
ishtirok etishga chorlaydi. Ayni paytda, um um bashariy m a’naviy 
qadriyatlarni e’zozlashga, boshqa millatlar va elatlarga hurmat bilan 
qarashga chaqiradi, tenglar ichida teng bo‘lish g‘oyasini ilgari suradi. 
Bu mafkura xalqimiz m a’naviy mezonlariga, uning ezgulik va farovonlik 
haqidagi ideallariga, erksevarlik, tinchliksevarlik tamoyillariga mos keladi,
shu sababli unga ehtiyoj bor. 
.
Tarixdan axloqiylikni chetlab o ‘tishga yoki uni axloqsizhkka mqo 
qilib, axloqni soxtalashtirib um r ko‘rishga uringan mafkuralar ham bizga 
m a ’lum. U lar, odatda, muayyan davlatning yagona mafkurasi deb e Ion 
q ilin ad i va u m illatga y o lg 'o n vositasida singdirishga urm iladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Olmoniyada hitlerchilar ilgari surgan milliy sotsializm mafkurasi yoki 
sobiq sho‘rolar ittifoqidagi komm unistik mafkura shular jum lasidandir. 
H a r ikkala m afkura ham o ‘zin i ta n o lg a n la rd a n « m afk u rav iy
dushmanlar»ni jisman yo'qotishni talab etdi — jinoyatni qahram onlik 
tarzida, eng buyuk axloqsizlikni axloqiylik sifatida targ‘ib qildi. Lekin 
niqoblangan axloqsizlikning umri uzoq emas. Bu holatni buyuk rus 
shoiri Aleksandr Pushkin «Tiklanish» degan she’rida bag‘oyat go‘zal 
tasvirlagan:

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin