Abdulla sher axloqshunoslik


Старченко H.H. Мир, интуиция и человек в ф и л ософ и и Н .О .Л осск ого / /



Yüklə 18,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/209
tarix07.01.2024
ölçüsü18,91 Kb.
#210787
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209
falsafa

1 Старченко H.H. Мир, интуиция и человек в ф и л ософ и и Н .О .Л осск ого / /
Серия «Ф илософия и жизнь», 2 /9 1 . М ., Зн ан и е, 1991. С. 24.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mutafakkiming bu fikrlari ayni haqiqat ekanini yaqin tariximizda yaqqol 
ko‘rishimiz mumkin: 1917-yilgi fevral inqilobi yutuqlarining oktabr 
davlat to ‘ntarishi natijasida chippakka chiqarilishi, undan keyingi 
fuqarolar urushi va Lenin-Stalinning misli ko‘rilmagan qatag‘onlarini 
umumiy tarzda eslashning o ‘ziyoq kifoya.
Yuqorida Losskiyning yovuzlik uchun faqat insongina javobgar 
ekanini, uning Xudo ko‘rsatgan yo‘ldan ozgani uchun yovuzlik sodir 
boMishini ta ’kidlovchi fikrlarini keltirgan edik. Yana bu borada shuni 
aytish kerakki, faylasuf har qanday yovuzlikda, agar unga falsafiy nuqtayi 
nazardan yondashilsa, ezgulikning qandaydir unsurini ko‘rish mumkin, 
degan teran m ulohazani o ‘rtaga tashlaydi. M asalan, o ‘lim ni olib 
ko‘raylik. 0 ‘lim, shubhasiz, yovuzlik, yovuzlik bo‘lganda ham, dunyodagi 
eng kuchli yovuz hodisa. Buni tan olmaydigan odam yo‘q. Lekin, ayni 
paytda, uning hayot jarayonidagi ahamiyatini ham inkor qilib b o ‘lmaydi. 
Z otan, hayotning har bir ko‘rinishi muayyan hajmdagi o ‘limning 
g‘alabasi, ya’ni tirik narsalarning yo‘q boMishi bilan bog‘liq. Hayotsiz 
o ‘lim yo‘q, hayot — mamotning manbai. 0 ‘lim nafaqat ontologik nuqtayi 
nazardan, balki axloqiy tomondan zaruriyatdir. 0 ‘zini o iim kutayotgani 
uchun ham inson axloqiy izlanishlarni hayotining asosiy maqsadi qilib 
oladi. Shu jihatdan qaraganda, oMimsiz hayot o ‘z m a’nosini yo‘qotadi. 
0 ‘limni his qilib turish uni m a’naviy, hatto jismonan yengib o'tish 
yo‘llarini qidirishga olib keladi; o ‘lim — ijodkorlik uchun turtki. Yoki 
o ‘g‘rilikni olaylik: u ham yovuzlik. Lekin Bernard Mandevilning (XVIII 
asr) aytishicha, agar Angliyada o ‘g‘rilik tarqalmaganida, temirchilik 
san’ati rivojlanmasdi. Odamlar o‘g‘rilardan saqlanish uchun tamba, 
qulf, mustahkam tem ir darvozalar, panjaralar o ‘rnatishga majbur bo‘ldilar 
va, shunday qilib, sanoatning muayyan bir sohasi yaratildi.
Yovuzlikka qarshi kurashar ekanmiz, biz uning muayyan b ir turidan 
qutilam iz, lekin oldim izda uning yana boshqa xili paydo b o ‘ladi. 
Yovuzlikning bitta turiga bir tom onlam a diqqatni jamlash va unga qarshi 
jarrohlik aralashuviga o ‘xshash inqilobiy yo‘l bilan kurashish nafaqat 
uning yangi turlarini vujudga keltiradi, balki bir joyda kesib tashlangan 
saraton shishi boshqa joydan o‘sib chiqqanidek, eski yovuzlikka qaytadan 
jon ato etadi. Xullas, Losskiyning axloqiy ta ’limoti yovuzlik bilan tolmay, 
muntazam, har kuni kurash olib borishni tavsiya etadi. Ana o ‘shandagina 
jamiyat va inson kutilgan taraqqiyotga erishib boradi.
Ezgulik va yovuzlikning paydo b o iish i, ularning inson hayotidagi 
o ‘rni, yovuzlikka qarshi kurashishning yo‘llari singari doim iy dolzarb
www.ziyouz.com kutubxonasi


axloqiy muammolar rus m um toz axloqshunosligining boshqa vakillari 
uchun ham muhim edi. Bu borada yirik ishlar qilgan m utafakkirlardan 
biri ekzistensiyachi faylasuf Nikolay Aleksandrovich B erdyayevdir 
(1874—1948). Uning ayniqsa, «Insonning vazifasi haqida» (1931), 
« 0 ‘z - o ‘zini anglash» (1939—1940), «Ilohiylik va in son iy lik n in g
ekzistensial dialektikasi» (1944—1945) kabi asarlari shu jih a td a n
diqqatga sazovor.
Nikolay Berdyayev falsafiy-axloqiy qarashlarining yaqqol ajralib 
turadigan o ‘ziga xos xususiyati shundaki, uning asosiy g‘oyasi — erkinlik. 
N im a uchun o ‘z tabiatiga ko‘ra erkin va ijodkor mavjudot b o ‘lgan 
inson Xudo bergan n e’m atlardan joyiga qo‘yib foydalana olm aydi; 
nimaga insonning o ‘ylagan narsasi o ‘rniga tarixda butunlay boshqacha 
holat ro ‘y beradi; nima uchun ilmu salohiyatni odam bolasi o ‘ziga 
o'xshaganlarni ezish uchun, y a ’ni yovuzlik y o 'lida ishlatadi; nega 
is te ’dodli odam ko‘p in c h a y o lg ‘izlikka m ah k u m ; nim aga d ah o
san’atkorlarning hayotida fojiaviylik, o ‘rtamiyonalik doim g‘olib keladi; 
nim a sababdan inson erkinlik uchun tug‘ilgan, lekin u doim va ham m a 
yerda kishanband? Faylasufni ana shu m uam m olar qiziqtiradi.
«M ening falsafamdagi o ‘ziga xoslik, eng aw alo, m en unga borliqni 
emas, erkinlikni asos qilib oldim», — deydi Berdyayev va haqiqatan 
ham har bir muammoni erkinlik haqidagi o ‘z tasaw uri prizm asidan 
o ‘tkazib tahlil etadi1. Bu esa, tabiiyki, pirovard natijada allomani barcha 
falsafiy muammolarga diniy-axloqiy nuqtayi nazardan m unosabatda 
bo‘lishga olib keladi. «Erkinlik, — deydi buyuk rus mutafakkiri, — mening 
mustaqilligim va o ‘z shaxsimni ichdan belgilovchi m urvat, erkinlik 
mening ijodiy quwatim, u oldimda turgan ezgulik va yovuzlik oralig‘idagi 
tanlovim emas, balki ezgulik va yovuzlikning o ‘zini yaratishim dir»2. 
Bunday erkinlik — faqat insonning o ‘z erkinligi, hatto unga Xudo ham
hukmronlik qilolmaydi. Inson agar o ‘z holiga qo ‘yilmaganida, uning 
inson deb nomlanishi ham m um kin emasdi. Haqiqiy insoniy hayot — 
insonning qaror qabul qilishdagi quyushqonga sig'masligidir.
Faylasuf o‘z ijodida tarixga katta e ’tibor beradi. U tarixda inson 
m a’naviyatining ichki dialektikasiga mos tushadigan uch muhim davmi 
ajratib ko'rsatadi. Birinchisi — Ahd ul-qadim Xudosi, olamning Podshosi, 
Egasi davridagi insondan m uhabbat emas, faqat b o ‘ysunishni talab

Yüklə 18,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin