Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209
2. Hayolilik va insoflilik
H ayolilik. 
Bu m e’yor xulqiy go‘zallikning asosiy belgilaridan 
hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan о xshash bo lsa- 
da, aslida o‘zini ko‘proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon 
qiladi, unda axloqiy m ohiyat estetik xususiyat — nafosat bilan 
uyg‘unlashib ketadi. H ayodan odatda, inson qizaradi, bu qizarish, 
ayniqsa xotin-qizlarda ichki go‘zallikning yuzga tepchib chiqishiga sabab 
bo‘ladi va alohida bir nafislikni, mayinlikni vujudga keltiradi. Insonning 
o ‘zi sodir etgan yoki boshqalar vositasida amalga oshirilgan axloqiylikka 
zid xatti-harakatlardan noqulay vaziyatga tushishi, o ‘ng‘aysizlanishi, 
mulzam bo‘lishi uyat hissida ham mavjud. Lekin bu holatlar uyatda 
ijtimoiylik kasb etgan bo 'ladi, shu sababli ular xatti-harakat sodir 
qilingandan so‘ng ham davom etadi va ko‘p hollarda vijdon azobiga 
aylanadi. Hayotda esa mazkur holatlar sof m a’naviy tabiatga ega va 
vaqt doirasida cheklangan b o ‘lib, ular xatti-harakat sodir etilayotgan 
paytdagina yuzaga chiqadi.
S h arq d o n ish m a n d lari, xususan, Abu Lays as-S am arq an d iy , 
G ‘azzoliy, Navoiy kabi allomalar, keyinroq esa Avloniy, Fitrat singari
286
www.ziyouz.com kutubxonasi


jadid m utafakkirlari, hayoni yuksak axloqiy qadriyat sifatida olib 
qaraganlar, uni ikkiga — odam lar oldidagi hayoga va A lloh oldidagi 
hayoga ajratganlar hamda nom usning bir ko‘rinishi deb t a ’riflaganlar. 
Chunonchi, «Hayo, — deb yozadi Abdulla Avloniy «Turkiy guliston 
yoxud axloq» asarida, — dilni ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson 
har vaqt shul m a’naviy num ing ziyosiga muhtojdur... Iffatning pardasi, 
vijdonning niqobi hayodir»1.
Darhaqiqat, hayolilik kishining m a’naviyatli, m a’rifatli, nomusli, 
ochiq ko‘ngilli ekanini anglatadi, uning ziddi behayolik esa, aksincha, 
m a’naviyatsizlik, nopoklikka moyillik, qalban qattiqlik kabi illatlar bilan 
xarakterlanadi.
B u g u n g i k u n d a h a y o lilik a lo h id a a h a m iy a tg a e g a . T u r li 
sivilizatsiyalarning o ‘zaro a lo q a la ri, b a ’zan esa o m u x talash u v i, 
urbanizatsiya, m odaparastlik singari zam onaviy h o d isalar o ‘zbek 
oilasidagi a n ’anaviy h ay o lilik k a m a ’lum m a ’n o d a salb iy t a ’sir 
ko'rsatayotir, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning o ‘zini tutishida, 
muomalasida, kiyinishida bu ta ’sirni yaqqol sezish mumkin. Shu sababli 
oiladagi va maktabdagi tarbiyada hayolilik xulqiy go‘zallik, nazokat; 
behayolik esa xulqiy xunuklik va 
qo'pollik ekanini uqdirish shaxs 
erkinligining doim o o ‘zgalar oldida m as’uliyat bilan bog'liqligini izchil 
ravishda tushuntirib borish m uhim vazifalardan biri.
Insoflilik. Aflotun haqida gap borganida, uning adolatni davlatga 
xos fazilat, degan fikrini keltirib o ‘tgan edik. D arhaq iq at, adolat 
m o h iy atan d av latn in g fu q aro g a , ja m iy a tn in g shax sg a n isb a ta n
m unosabati tarzid a nam oyon b o ‘ladi. B ordi-yu, o ‘za ro ad o latli 
munosabatlar haqida gap ketsa, unda odatda yuksak martabadagi tarixiy 
shaxsning quyi martabadagi shaxsga munosabati nazarda tutiladi. Insof 
esa ana shu adolatning tor qamrovli xususiy ko‘rinishi sifatida nam oyon 
bo‘ladi. U fuqarolar, jamiyat a ’zolari orasidagi o ‘zaro m unosabatlar 
m e’yoridir.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, m a’lum 
m a’noda halollikka o'xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. C hunki, 
halollik o ‘z haqi va haqqini, y a’ni moddiy va m a’naviy huquqini 
o ‘zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni 
anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam oIg‘a 
tashlangan holatdir: unda kishi o ‘z halol haqi va haqqidan o ‘zganing
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisobiga kechadi; «o‘zga»ning sharoiti o‘zinikidan nihoyatda og‘ir va 
yomon ekanini hisobga olib, o ‘z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning 
bir qismini ixtiyoriy ravishda o'zgaga beradi, m uruw at ko'rsatadi.
Misol tariqasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir xatti- 
harakatini olib ko‘raylik: u xorijda nashr etilgan kitoblaridan biri uchun 
30.000 AQSH dollari m iqdorida berilgan qalam haqini to'laligicha 
mehribonlik uyiga o ‘tkazdi. Vaholanki, mazkur qalam haqi uning halol 
aqliy m ehnati tufayli ishlab topilgan mablag1, unga hech kimning da vo 
qilishga haqqi yo‘q. Lekin u, o ‘zi va oilasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 
shu 30.000 dollarsiz h am risoladagidek b o ‘lishi m um kinligini, 
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilarining sharoiti esa 
bu darajada emasligini hisobga olib, m uruw at ko‘rsatdi: o‘zi yoki avlodi 
u ch u n h alo l ja m g ‘arm a ta rz id a olib qo ‘y ish i m u m k in bo lgan 
mablag4dan, insoflilik ko‘rsatib, ixtiyoriy tarzda kechdi.
Bu axloqiy xatti-harakatning Prezidentlik vakolati doirasiga mutlaqo 
aloqasi yo‘q; Islom Karimov uni xususiy kimsa, axloqli shaxs sifatida 
amalga oshirdi. Ana shu insof yuzasidan qilingan m uruw at esa halollikni 
yana bir pog‘ona yuksakka ko'tardi. Qani endi o ‘ziga to ‘q odamlar, 
xususan, o ‘rta va quyi bo4glin rahbarlari ana shu nam unaga iqtido 
qilsalari' Zero, insoflilik va m uruw atlilik axloqiy m e’yorlari jamiyat 
yetishtiigan moddiy boyliklami uning a’zolari o‘rtasida shaxsiy tashabbus 
asosida, og'riqsiz, huquqiy holatlarni poymol qilmagan holda qayta 
taqsimlanishiga, jamiyatning yanada farovonlashuviga о ziga xos hissa 
qo‘shadi.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin