ochgani — shunchaki jahon jamoatchiligini chalg'itish ekanini, ochiq
bo lmasa ham, ishora bilan aytib o ‘tadi. H ukum at ham m aning otasi,
о z fuqarosining bolalarini tarbiya qilm og‘i lozim. Rusiya hukumati
esa о gay; o ‘gay b o ‘lsa ham, u yer-bu yerda maktab ochib, bolalarni
tekin o'qitadi, deydi u. Avloniy ana shu «o‘gay tarbiyadan» ko‘ra milliy
tarbiyamiz usullarini yangilashni afzal biladi va o ‘z davrini «tarbiyaning
zamoni» — tarbiyaning ayni vaqti deb ataydi. U ning bu boradagi
qarashlari hanuz o ‘z kuchini yo‘qotm aganligini; tarbiya — hozir ham
jamiyat uchun dolzarb muammo ekanini Prezident Islom Karimov
m ashhur nutqlaridan birida (1995-yil 23-fevral) Avloniydan mana
bunday deb ko‘chirm a keltirish yo‘li bilan ta ’kidlaydi: «M a’rifatparvar
bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, «Tarbiya bizlar uchun yo hayot
— yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir»1.
Avloniy tarbiyani, qadimgilar va 0 ‘rta asrlar m usulm on Sharqi
mutafakkirlari a n ’analariga suyanib, uchga b o ‘ladi: badan tarbiyasi, fikr
tarbiyasi, axloq tarbiyasi. Shular orasidan axloq tarbiyasiga alohida ui^g‘u
berib, uni «insonlarga eng m uhim , ziyoda sharaf, baland daraja
berguvchi» tarbiya deb baholaydi. Fazilatlarni faylasuf-pedagog yaxshi
xulqlar, illatlami esa — yomon xulqlar deb ataydi. Fatonat, diyonat,
sharaf, hayo singari musulmon Sharqi uchun a n ’anaviy bo'lgan fazilatlar
sharhi bilan birgalikda Avloniy vijdon, Vatanni suymak singari Turkiston
mintaqasi uchun yangi talqinda taqdim etilgan fazilatlar haqida alohida
to ‘xtaladi. Vatanni suymoq, lozim b o ‘lsa, uning yo‘lida jonini fido
etmoq yuksak axloqiy insonga xos fazilatdir. Inson Vatanni tanlamaydi.
«Biz turkistonliklar o ‘z Vatanimizni jonim izdan ortiq suydig'im iz kabi,
arablar Arabistonlarini, qumlik issiq ch o 'llarin i, eskim o‘lar shimol
taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda
suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o ‘z
vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi», — deb yozadi bir o ‘rinda Avloniy.2
Vijdon esa Avloniy nazdida, inson niyatlari va qilmishlarini aks
ettiruvchi eng musaffo axloqiy ko‘zgudir, «inson aqli va fikrining haqiqiy
mezoni».
Shuningdek, jadid axloqshunosligining allomasi intizom , iqtisod,
idrok va zako singari o ‘sha davrlarda hali ko‘p quloq o'rganm agan
Dostları ilə paylaş: