Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham rivojlanishining mohiyati, uning sur’atlari insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Qaysi erda ma’naviy kamolot yuksak bo‘lib ma’rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu jamiyat gullab rivojlangan, taraqqiy etgan.
Biz qurayotgan demokratik-xuquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat. Bu tomonlar qancha mustahkam va baquvvat bo‘lsa kelajagimiz ravnaqi ham baqquvvat bo‘ladi.
Mustaqil O‘zbekistonimiz oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy ta’lim va tarbiya ishini takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim tizimidagi vazifalarga zamonaviy yondashuv-davlatimizning bu sohaga nihoyatda katta e’tibor berayotganida qabul qilingan bir qator hujjatlarda o‘z ifodasini topdi.
Yuksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan.
Bugungi kunda ma’rifiy va ma’naviy hayotimizda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimizning hayotimizdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda.
ularni boshqarishda psixologiya fanining o‘rni muhimligi.
Boshqaruvning asosini inson bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi tashkil etishi.