Abdullaxon II markaziy hokimiyatni susaytirishga uringan har qanday xatti-harakat tashabbuskori hamda ishtirokchilarini sha


dunyoviy fanlarni o'qitish ikkinchi



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə4/4
tarix22.05.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#119502
1   2   3   4
Abdullaxon II ichki va tashqi siyosati

dunyoviy fanlarni o'qitish ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Lekin, ilm-fan taraqqiyoti butunlay to'xtab qolmadi. Masalan, Boboxoja ibn Xoja Orif Samarqandiy 1678-yilda falakiyot, ilmi hay'at haqida maxsus bir risola yozgan. Mullo Tursun Faroyiziy Samarqandiyning falakiyot, kimyo haqidagi risolalari bizgacha yetib kelgan. Subhonqulixonning o'zi «Lubb ul-lavoyih ul-qaraar fil-ixtiyorot» (Baxtli soatni aniqlashda oy manziilarining mohiyati) degan asar, tibbga doir «Ihyo at-tabibi Subhoniy» (Subhoniy tabobaii bo'yicha davolash) degan risola yozgan. Buxoroda madrasa qurdirib, u o'zi tibbdan dars bergan. Sa'id Muhammad Tohir ibn Abulqosim 1645—1650-yillarda «Ajoyib ut-tabaqot» asarini yozgan. Bu kitob yetti iqlim ajoyibotlari haqida hikoya qiladi.
Soqimuhammad Soni Chahoryakiy 1681—1704-yil-larda hisob bo'yicha risolalar yozgan. Qomusiy bilim sohibi Mahmud ibn Vali o'zining 1636-yilda yozilgan «Bahr ul-asror» (Sirlar dengizi) asarida Samarqand va Buxoro shaharlarda yashagan 20 nafar olim haqida ma'lumot beradi.
Saroyda emas, o'z viloyat va shaharlarida yashab ijod qilgan olimu shoirlardan Sayido Nasafiy (1637—1710), G'afur Samarqandiy (attor), Maseho (ternirchi), Manzur Samarqandiy (etikdo'z), Dog'iy Kufmiy (rangrez), Vohibi Buxoriy (sakkok — pul zarb qiluvchi), Adoiy (dehqon), Mulla Sarafroz, Fitrat Samarqandiy, Azmiy Buxoriy, Unvon Samarqandiylar shular jumlasidandir. Mirzo Sodiq munshi ashtarxoniylar sulolasi xonlarining kirdikorlarini fosh qiluvchi «Dahmayi shohon» manzumasini yozgan. Muhammad Balxiy «Subhonqulinoma» masnaviysini bitgan. XVII—XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning «Ubay-dullanoma», Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning «Muhit ut-tavorix» (Tarixlar dengizi), Abdu-rahmon Tole'ning «Abulfayzxon tarixi», Muhammad Yusuf munshining «Muqimxon tarixi», Xojamqulixon Balxiyning «Qipchoqxon tarixi» asarlari shu davrning mahsuhdir.
Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-yil vafot etgan)ning ijodi o'ziga xosligi bilan ajralib tura-di. U Subhonqulixon va uning zolim amaldorlariga qarshi ko'tarilgan xalq qo'zg'aloni qatnashchisi, she'rlarida xalqni zulmga qarshi birdamlikka, birlashishga da Vat etgan jasur shoir. Ashtarxoniylar zamonida Boborahim Mashrab (1640-1711), So'fi Ollohyor (1644-1723) va boshqa tasavvuf namoyondalari ijodi xalq mehrini qozondi. Tariqat namoyondalari insonni ulug'lab, uning Haqqa yetishuvini tashviq qildilar: mo'minlar tomonidan tasavvufning to'rt qoidasiga — shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqatga amal qilinishini targ'ib qildilar.
Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» (Podshohlar uchun dastur) asari Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir. Mutri-biyning «Tazkirat ush-shuaro», Maleho Samarqan­diyning «Muzakkir ul-ashob» (1602), mulla Sodiq Samarqandiyning «Riyoz ush-shuaro» kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasawur beriladi. XVII asrda me'morchilik sohasida ham katta yutuqlarga erishildi: Samarqand Registoni shakllandi. Yalangto'shbiy mablag'iga 1626-yil Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi qurildi. Imomqulixon Madina shahrida chorbog', Makkadagi Ka'baga kiraverish dar-vozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog'och zina qurdirganligiga tarix guvoh. Buxoroda Imomqulixon amaldori Nodir devonbegi masjid, hovuz, madrasadan iborat me'moriy majmua bunyod etdi; Samarqandda Xoja Ahror maqbarasi yonida madrasa va namozgoh bino qildi. Abdulazizxon qurdirgan Buxorodagi madrasa muh-tashamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Xon saroyida kitoblar ko'chirilib, naqsh va tasvirlar bilan bezatilgan. Xattot hoji Yodgor ko'chirgan bitiklar nafisligi bilan ajralib turadi. 1624-yili Samarqandda ko'chirilib, naqshlar bilan bezatilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» nusxasi o'sha davr kitobat san'atini o'rganishda muhim o'rin tutadi.

Adabiyotlar



  1. www.google.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.ref.uz

Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin