DTS tahlil: Davlat ta'lim standarti bu muayyan ta'lim sohasiga qo'yiladigan malaka talablari, ta'lim mazmuni, bitiruvchilar umumiy tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasi. Bakalariat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli hamda 2013 yil 10 iyuldagi 199-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan "Oliy ta'limning Dalat ta'lim standarti. Asosiy qoidalar" talablariga qat'iy rioya etgan holda tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chigariladi. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" goidalariga muvofiq respublikada idoraviy bo'ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar ta'lim muassasalarining barcha turlari uchun maiburiy bo'lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi.
DTS va o'quv rejalar tayanch OTM rektori tomonidan imzolangan rasmiy xat bilan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Rivojlantirish markaziga takdim etiladi. Xatga ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarining amaldagi Klassifikatorga moslashtirilgan ro yxati ilova gilinadi. DTS – standartlashtipish obyektiga nisbatan me yorlar va talablarni belgilaydi hamda O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to'g'risida"gi Qonuniga muvofig tasdiqlanadi.
DTS ta'lim jarayonini va ta' lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi. DTS o'quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o'quv qo’Ilanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli me' yoriy huijatlar (ta'lim sohalarining davlat ta'lim standartlari, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o'quv rejalari, o'quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi. OT DTS oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo'ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ta' lim muassasalari uchun majburiydir.