(“Oʻrtoqlar”)
Shoir koʻpgina sheʼrlarida hayotning “anglab boʻlmas murakkab” tomonlari haqidagi fikrlarni ilgari surishga intiladi. “Yolgʻiz farzand”, “Umid haqida sheʼr”, “Iltimos”, “Chivin” kabi sheʼrlarida nafaqat tabiatni, bolalarni ham asrash, qadrlash kerakligi kuyunchaklik bilan uqtiriladi. Bu sheʼrlarga xos umumiy xususiyat shundaki, ularda kattalar adabiyoti mavzusiga doir insoniy dardlar aks etgan. Shoir yosh kitobxonga ishonadi, uning nimalarnidir tushunmay qolishidan choʻchimaydi.
Soʻzimizni muxtasar qilib aytadigan boʻlsak, Abdurahmon Akbar qalamiga mansub sheʼr va tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va loʻnda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir vositalarining puxtaligi, jahon bolalar sheʼriyatining eng yaxshi anʼana va usullarini, shakllarini oʻzida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu bilan birga katta yoshdagi adabiyot, sheʼriyat muxlislari eʼtiborini ham torta oladi. Yoshlarning barkamollikda, bugunning va kelajakning egasi ekanini his etib ulgʻayishlariga koʻmak beradi.
Dostları ilə paylaş: |